O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish



Download 1,8 Mb.
bet70/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

8.6. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish


(Muallif – yuridik fanlar doktori, professor G.Z.To‘laganova)

Sud-tibbiyot yoxud sud-psixiatriya ekspertizasini o‘tkazishda statsionar kuzatuv zarurati bo‘lsa, prokuror, tergovchi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qo‘llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Ushbu chiqarilgan qaror prokuror tomonidan o‘rganib chiqilib, sudga iltimosnoma kiritish yoki kiritmaslik masalasi hal qilinadi. Ushbu jarayonda prokuror shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. Sudya shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida yoki shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqaradi.


Shaxs tibbiy muassasaga ko‘pi bilan bir oy muddatga joylashtirilishi mumkin. Alohida hollarda shifokorlarning statsionar ekspertiza o‘tkazish jarayonida olingan xulosasiga asosan bu muddat sudning ajrimi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va muddatni yanada uzaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.


8.7. Protsessual majburlov choralari, protsessual majburiyatlar va sud majlisida tartibni buzganlik uchun javobgarlik


(Muallif – yuridik fanlar doktori, professor G.Z.To‘laganova)

Sud majlisida tartibni buzgan, raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunmagan yoki sudga hurmatsizlik qilgan taqdirda tartibbuzar bunday harakatlarning takrorlanishi uni sud majlisi zalidan chiqarib yuborishga sabab bo‘lishi haqida, bundan tashqari ma’muriy javobgarlikka tortilishi ham mumkinligi xususida ogohlantiriladi. Bu ogohlantirish ta’sir qilmasa, protsess ishtirokchisi sudning ajrimiga, boshqa shaxslar esa, raislik qiluvchining farmoyishiga muvofiq sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi. Ishni ko‘rish chiqarib yuborilgan shaxslarsiz davom ettiriladi. Sud majlisida tartibni buzganlik uchun jiddiy hollarda esa ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Jinoyat ishini yuritish chog‘ida Jinoyat kodeksining 230–241-moddalarida nazarda tutilgan odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatni sodir etgan protsess ishtirokchilari Jinoyat-protsessual kodeksining umumiy qoidalariga binoan javobgarlikka tortiladilar.





Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish