Xalq milliy o’yinlarida ishlatiladigan iboralar haqida.
Xalq milliy o’yinlarining turlari.
Xalq milliy o’yinlari tushunchasi keng qamrovli turli xil san’at, madaniyat, ma’rifat, amaliy harakatli o’yinlar va hozirgi zamon sportiga aylangan kurashlar, ot o’yinlari kabilardan iborat. Jismoniy madaniyat bilan bevosita aloqador va jismoniy tarbiya vositalari sifatida quyidagi eng muhim turlarni e’tirof etmoq zarur, ya’ni:
1.O’zbek kurashlari (Buxoro, Farg’ona (Belbog’li kurash) usullari, turon-qo’l jangi san’ati).
2.Ot o’yinlari (ko’pkari-uloq, poyga, otdan ag’darish, qiz quvloq, sovg’on va h.k.).
Z.Dorboz (askiya va kulgu aralash o’yinlar). 4.Tosh ko’tarish (gir). 5.Bilak kuchini sinash. Arqon tortishish.
Arg’amchi (Halganchak uchish-qizlar o’yini).
Harakatli o’yinlar.
Bu o’yinlarining tarkibida ko’p sonli qiziqarli o’yinlar, faol harakatlar, so’z o’yinlari, kulgu va masqarabozlik ham mavjuddir.
Xalq orasida qadimdan qo’llanilib kelinayotgan ot o’yinlari va ba’zi milliy harakatli o’yinlarga izohlar berish zarur bo’ladi. Chunki, ularning kelajakda darajasiga yetishiga umid qilish mumkin.
Ot o’yinlari: Bu o’yinlar o’zoq tarixga ega bo’lib, qadimgi ajdodlarimizning ijtimoiy turmush madaniyatlaridan guvoh beruvchi eng muhim omillar tirkibiga qiradi. Ular haqida xalq og’zaki ijodi durdonalari, rasmiy tarixiy va arxeologik manba’larda 5% ifodalarini topgan.
Ot o’yinlari yaqin o’tmishimizda quyidagi turlardan iborat bo’lib, turli xil an’anaviy marosimlar, udumlar, sayllar, bayramlarda qo’llanilib kelingan, ya’ni ular:
Ko’pkari-Samarkand, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Surxon, Qashqadaryo vohalarida keng tarqalgan va katta to’ylarda hozir ham ko’p qo’llaniladigan o’yindir.
Uloq-ko’pkarining aynan o’zi bo’lib, Togakent, Sirdaryo viloyatlari va Farg’ona vodiysida shu nom bilan yuritiladi.
Poyga: otda uloqni olib qochish va belgilangan manzilga (chortoq, yalov va h.k) yetkazishdir. Bu tur uloqsiz otni choptirib, mo’ljalga tez yetib kelishdir. Bunda otlarning turi (zoti), yoshiga qarab har xil masofalar belgilanadi. Xalqaro miqyosda o’tkaziladigan ot poygalari 40-60 km masofalarga egadir. 2015 yil avgustda O’zbekiston otlari va chavondozlari Moskva atrofida o’tkazilgan xalqaro turnirlarda ishtirok etdi va jaxon chempioni unvoniga ham sazovor bo’ldi. («Sport» gazetasining 2015 yil 20 avgust soniga qarang).
Otdan ag’darish, qiz quvmoq turlari ko’proq qirg’iz va qozoq xalqlari orasida uchraydi. Bizda keyingi yillarda bu turlar an’ana emas. Otda qilichlashiga, nayza uloqtirish, sanchish, kamondan nayza (o’q) uzish kabi turlar qadimdan jang usuligina emas, balki yogalarni jangovorlnkka tayyorlaga vositasi ham bo’lgan.
Hozirgi davrda chegaralarni qo’riqlash, tog’li sharoitlarda turli xil o’yinlarni o’tkazigada otlar muhim ahamiyatga egadir.
Dorboz, arqon tortshp, bilak kuchini sinash, tosh (gir) ko’tariga kabi milliy o’yinlar ham sayllar, an’anaviy bayramlar, katta to’ylarda keng qo’llanilib kelinmoqda. Ular yoshlarni ijtimoiy va ma’naviy jihatdan tarbiyalashda xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |