Sayohat jaxozalari: Jihozlar bir kunlik sayohatlarda unchalik ko’p talab etilmaydi. Faqat oddiy kiyimlar, yengil oyoq kiyimlari, zarur oziq-ovqatlarni olib yurishga to’g’ri keladi. Ko’p kunlik sayohatlarda yetarli darajadagi oziq-ovqatlar, kiyimlar, gigiyenik vositalarni olish zarurdir. Guruh uchun esa chodir, ovqat pishirish, tibbiy vositalar g’amlanadi. Esdaliklar olish uchun esa foto, video vositalarni olish mumkin. Dam olishlarshshg mazmunli o’gishi uchun musiqa asboblari, to’plar, magnitafon, durbin va h.k.larni olish mumkin.
Yo’l yurish varaqasi (marshrutniy list): Bu hujjat sayohatlarni uyushtirish, o’tkazish va yakunlashning asosiy omilidir. Chunki, sayohat uyushtirish uchun ota-
onalar, ish joyi, o’quv yurti rahbarlarining ruxsati va rasmiy tasdiqlar shartdir. Unda sayohat qatnashchilarining ro’yxati, yurish yo’li, muddatlari va sayohat uchun javobgar rahbar ifoda etiladi. Sayohatlarning haqiqiyligi isbotlash uchun esa, eng muhim joylarda (qishloqlar, o’rmon xo’jaligi, qo’riqxona, sayohat maskani-turbaza va h.k.) belgilatish, muhr bostirish zarur bo’ladi.
Sayohat yakuni: Boshida ta’kidlanganidek sayohatga yakun yasash so’nggi gulxan atrofida o’tkaziladi. Bunda ishtirokchilarning amaliy faoliyatlari, kelajak sayohatlar haqida rahbar ma’lumot beradi. Qatnashchnlarga gerbariylar yasash, devoriy gazetalar, fotoalьbomlar chiqarish, videotasvirlarni namoyish qilish va b.q. topshiriqlar beriladi. Ertasiga yo’lga tushish tartib-qoidalari va uyga yetib borish extiyojliklari aniq belgilanadi. Faol sayohatchilar bilan hamkorlikda rahbar (o’qituvchi) yoshma ravishdva hisobot tayyorlashadi.
Toqqa chiqish sayohati.
Sayohatning bu turini o’tkazish uchun eng kamida 2-3 kun talab etiladi. Shu sababdan unga tayyorlanish jarayonlari ko’p faoliyatlarni talab etadi, ya’ni:
Guruhni belgilash, yo’llarning varaqasini tasdiqlatish.
Zarur jixozlar, tibbiy vositalarni yig’ish.
Oziq-ovqat, maxsus kiyimlarni jamg’arish.
Uzbekiston sharoitida tog’larga sayohat uyushtirishni mo’ljallagan shaharliklar va viloyat, tuman markazlarida istiqomat qiluvchilar tog’ldi joylariga yaqinlashish maqsadida avtoulovlardan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, tog’ yonbag’irlariga (mashina yurish qiyin bo’lsa) turli xil ulovlardan (ot, eshak) ham maqsadli foydalanishga to’g’ri keladi.
O’zbekistonning tog’li xududlari sayohatining bu turi uchun eng qulay joylardir. Ayniqsa Farg’ona vodiysi, Toshkent viloyatining Chorvoq suv ombori atroflari, Chimgan, Parkent, Piskent, Angren, Olmaliq va b.q. joylari tog’ sayohatlari uchui juda qulaydir. Zamin, Baxmal, Forish (Jizzax viloyati), Urgut, Omonqo’ton, Ohalik, Oqsoy (Samanrqand viloyati) va Qashqadaryo va Surxondaryo vohasshshng deyarlik barcha tog’li xududlari o’quvchi-yoshlar hamda talabalarning yozgi dam olish oromgohlarshsh 5'ziDa joylashtirgan. Bunday joylarda rejali sayohatlar va o’z ixtiyori (havaskorlik) bilan sayohat tashkil qilganlar ko’ngildagidek tog’ sayohatlarini o’tkazishi mumkin. Lekin bunda tog’ sayohatlarini yaxshi biladigan jismoniy tarbiya o’qituvchilari yoki maxsus tashkilotchilarning (instruktor) rahbarligi zarurdir.
Tog’ sayohatlari jarayonlarida ham xuddi piyoda yurish sayohatlaridagi kabi jixozlar, oziq-ovqatlar va b.q. vositalarni jamg’arish zarur bo’ladi. Bunda sayohatchilardan maxsus jismoniy tayyorgarliklar talab etiladi. Baland qirlar, chakalakzor yoki toshloq soylardan o’tish, bir necha dovonlar oshib o’tish, ba’zan tezoqar suvlardan kechib o’tish, arqonlardan foydalanish holatlari ham yuz berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |