Oʻzbekiston MOQ Prezidentlari
Prezidentlar
|
Boshqaruv yillari
|
Bosh kotib
|
Obid Nazirov
|
1992-1994
|
prof. Xamrakulov Abduxamid Kadirxanovich
|
Sobirjon Roʻziyev
|
1994-2003
|
2001-yildan Malik Babaev
|
Aziz Nosirov[10]
|
2003-2005
|
Malik Babaev
|
Rustam Qurbonov
|
2005-2009
|
Malik Babaev
|
Malik Babaev [11]
|
2009-2013
|
Muhammadali Karimov
|
Mirabror Usmonov[12][13]
|
2013-2017
|
Oybek Kasimov
|
Alisher Sultonov
|
2017-2018
|
Oybek Kasimov
|
Umid Ahmadjonov
|
2018-2019
|
Jasur Matchanov
|
Rustam Shoabdurahmonov
|
2019-2022
|
Oybek Kasimov
|
Olimpia_shiori'>Olimpia shiori tezroq, balandroq, kuchliroq, chaqiriqlar o‘yinlarni asosiy shioridir.
Olimpia olovi - olimp (Gretsiya)dagi sun’iy olovdan mash’ala yoqib, o‘yin o‘tkaziladigan joyga etkazish an’anasi.
Olimpia ramzi (talisman) - o‘yin o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan tayyorlanadigan belgi. T: 1980 yil Moskvada ayiq, shaklini talisman (timsoli) qilib olingan edi.
Olimpia harakati - Olimpia o‘yinlari bo‘yicha ko‘ngillik mamlakatlarning harakati va bevosita ishtiroklari.
Xalaqaro olimpia qo‘mitasi (XOQ) - Fransiya adibi P’erde Kuberten tashabbusi bilan 1894 yil XOQ tashkil etildi va 1896 yil birinchi olimpia o‘yini Afinada o‘tkazi di.
Xalqaro Olimpia qo‘mitasiriing prezidentlar:
GDH.Vikalis, Gretsiya, 1894-1896
P’erde Kuberten, 1896-1925
Z.A.de Bays-Latur, Belgiya, 1925-1942
E.Edetram, SHvetsiya, 1942-1952
E.X.Brendejd, AQSH, 1952-1972
Lord M.Killanin, Irlandiya, 1972-1980
X.Antonio Samaranch, Ispaniya, 1980-2001
Jak Rogg, Belgiya, 2001
Tomas Bax (2013-yildan hozirgacha)
G‘o‘janak bo‘lib aylanish (akrobatika) va suvga sakrash-tizzalarni bukib, ko‘krakka qisish va qo‘llar bilan tizzalarni mahkam qisish (gruppirovka).Ritual (Tantana)-nufuzli xalqaro sport musobaqalarida g‘olibning sha’niga bag‘ishlab, u yashaydigan davlatning madhiyasi chalinishi va bayrog‘ining baland ko‘tarilishi marosimi.
Rekord-sport musobaqalarida yakka xolda eng yuqori natijalarni kashf etilishi. Masalan: 100 m.ga yugurish, balandlikka sakrash, shtanga ko‘tarish va h.k.
Ryukzak - alpinistlar va turistlarning xaltasi (to‘rva).
Salto-sakrash havoda muallaq aylanish (akrobatika, suvga sakrash) sauna-issiq va bo‘g‘li-quruq hammasi. Sport olamida tiklanish va hordiq chiqarishda qo‘llaniladi.
Terma jamoa-sportning jamoa bo‘lib o‘ynaladigan tartibi. Xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun sport turlari bo‘yicha eng kuchli sportchilarni yig‘ish, birlashtirish. Bu «Umid nixolari», «Barkamol avlod», Universiada musobaqalarida ham qo‘llaniladi.
Kuch (sila) - odam tanasidagi harakat faoliyatlarining eng yaxshi natijalariga erishish uchun qilingan harakati. Bu barcha jismoniy sifatlarning mazmuniga qarab ishlatiladi. Masalan: tezlik kuchi, chidamlilik kuchi, ko‘tarishdagi kuch bilai zarba berish va h.k.
Jismoniy madaniyat jamoasi kengashi - har bir jamoada tashkil etiladigan boshlang‘ich jismoniy madaniyat jamoasi va boshqaradigan Kengash oliy yuquv yurtlari, yirik ishlab chiqarish korxonalarida sport klub tashkil etiladi.
Sotsiologiya, sport sotsiologiyasi jismoniy mehnat va turmushda sodir bo‘ladigan xolatlar, ya’ni mehnatkash va ziyolilarning siyociy, madaniy, iqtisodiy, xo‘jalik va b.q. sohalardagi ishtiroklari, ularning munosabatlarini jismoniy doirasi deb aytiladi. Bu jarayonlar sport olamida ham o‘zining mazmun va shakllari, maqsad hamda vazifalariga ega. Masalan: Sportchilarning o‘z shaxsi, jamoasi va Vatan sharafi uchun musobaqalarda kurash, ularning mas’uliyatlari va h.k.
Jismoniy tayyorgarlik - umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka ajratiladi. Umumiy shaklida sportchilarni har tomonlama jismoniy rivojlanish, ya’ni jismoniy sifatlarni egallashga qaratiladi. Maxsus jismoniy tayyorgarlikda esa bironta sport turi yoki alohida faoliyatga tayyorlaganda qo‘llaniladi. Masalan: Futbolda tez yugurib kelib, to‘pni darvozaga kiritish. Gimnastikada bir qo‘llab turnikda to‘la aylanish va h.k.
Spartak - meloddan avvalgi 74-71 yillarda tug‘ilgan va Rimda ozod qullardan gladiatorlar tashkil topgan maxsus harbiy tayyorgarlik maktabining o‘rgatuvchisi va qullar qo‘zg‘olonining dohiysi.
Spartakiada - gladiatorlar va spartak xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan sport musobaqalarining jami. Bunda sportning o‘nlab turlari bo‘yicha mamlakat yoki xududlardagi terma jamoalar ishtirok etadi. Masalan: 1956 yilda Moskvada SSSR xalqlarining 1 sportakiadasi tashkil etilib, barcha ittifoqchi Respublikalarning moxir sportchilari ishtirok etgan. Bu musobaqalar har uch yilda bir marotaba o‘tkazilib, eng so‘nggi X-spartakiada 1991 yilda tashkil etilgan.
Sumo-yaponlarning milliy kurashi.
Tatami-kurash gilami.
Titul (unvon) – har bir mamlakatda sportchilarga beriladigan unvondir. Masalan: O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi va h.k.
Tromplin-gimnastika, suvda suzish sport turlarida qo‘llaniladgan maxsus uskuna, u egiluvchan va tezda o‘z xolatiga qaytish (prujina simon) xususiyatiga egadir.
Universiada - jaxondagi talabalarning o‘yinidir. Buni Fransiyalik Jak Petijaning tashabbusi bilan tashkil etilib, Varshava (2017), Rim (2016), Dortmund (2015), Turin (2014), Parij (2013), Monte-Karlo (2012) kabi shaharlarda o‘tkazilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin 2013 yil Parijda o‘tkaziladi. 2017-2018 yillarda yoshlar festivallari doirasida tashkil etilib, unda SSSR ham ishtirok etgan. 2014-yil Turin shahrida talabalar (universiadasi) sporti federatsiyasiga (FISU) Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, SSSR CHexoslavakiya kabilarni a’zo qilib oladi.
O’zbekistonda universiada 2021-yil toshkentda 170-nafardan ziyod talabalar qatnashdi 61-kg dan 100 100+ qatnashishdi.
Yozgi o‘yinlar har toq yilda va qishki o‘yinlar esa juft yillarda o‘tkazib kelinadi. I universiada Sofiyada bo‘lib o‘tadi. Mustaqallik davrida yurtimiz talabalari jaxon Univesiadalarida qatnashmoqda.
2021-yilgi avgust-sentyabrda xalqaro talabalar Universiadasi Janubiy Koreyada o‘tkazildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi talabalari ham muvofaqiyatli qatnashdi, 2 ta oltin, bitta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Chempionat-eng yirik musobaqa. Jamoa, tuman-shahar, viloyat, Respublika miqyosida tashkil etiladi. Sport turlari bo‘yicha Markaziy Osiyo, Osiyo, Jaxon bo‘yicha o‘tkaziladigan birinchilik musobaqalarini xam chempionat deyiladi.
Chempion - eng g‘olib sportchi.
Eks chempion - sobiq chempion.
Emblema - belgi, timsol. Besh xalqali Olimpia o‘yinlari bayrog‘i.
Estafeta - yugurib kelib qo‘ldagi tayoqchalarni o‘z sheriklariga uzatiga (engil atletika keng qo‘llaniladi).
Yadro-engil atletika itqituvchi sport asbobi. Yoshlarga qarab uning og‘irligi har xil (bolalar-5 kg, o‘smirlar, ayollar-6 kg, katta yoshdagilar uchun-7,257 kg va h.k.) bo‘ladi.
O‘quvchi-yoshlar, talabalar, ayniqsa sportchilar hamda sport ixlosmandlari atamalar, iboralar, nomlar hamda tushunchalar bo‘yicha o‘zlarining «lug‘at daftari»ni tutishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki ba’zi yillar, joylar, raqamlarni doimo esda saqlash qiyin kechadi. Qolaversa istagan nomlar voqeliklarni tezda topish qiyin. Chunki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar juda oz nusxada chiqarilmoqda ularda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi barcha zarur iboralar, tushunchalarni topish ham qiyin. Ayniqsa sport turlari bo‘yicha alohida lug‘atlar davlat tilida deyarlik uchramaydi. Shularni e’tiborga olgan xolda lug‘aviy atamalarni yig‘iga, ularni doimo kengaytirish, yozib borish nazariy bilimlarni kengaytirishda, ayniqsa bosqich (kurs), bitiruv (diplom) ishlarini tayyorligida yaqindan xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya va sport sohasidan ba’zi iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqishini uyg‘otishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |