Harakatli o‘yinlar.
Dorboz (askiya va kulgu aralash o‘yinlar).
Tosh ko‘tarish (gir).
Bilak kuchini sinash.
Arqon tortishish.
Arg‘umcha (Halganchak uyish-qizlar o‘yini)
Bu o‘yinlarning tarkibida ko‘p sonli qiziqarli o‘yinlar, faol harakatlar, so‘z o‘yinlari, kulguli va masqarabozlik ham mavjuddir.
Xalq orasida qadimdan qo‘llanilib kelinayotgan ot o‘yinlari va ba’zi milliy harakatli o‘yinlarga izohlar berish zarur bo‘ladi. Chunki, ularning kelajakda sport darajasiga etishiga umid qilish mumkin.
Ot o‘yinlari: Bu o‘yinlar o‘zoq tarixga ega bo‘lib, qadimgi ajdodlarimizning ijtimoiy turmush madaniyatlaridan guvoh beruvchi eng muhim omillar tirkibiga kiradi. Ular haqida xalq og‘zaki ijodi durdonalari, rasmiy tarixiy va arxeologik manba’larda 5% ifodalarini topgan.
Ot o‘yinlari yaqin o‘tmishimizda quyidagi turlardan iborat bo‘lib, turli xil an’anaviy marosimlar, udumlar, sayllar, bayramlarda qo‘llanilib kelingan, ya’ni ular:
Ot o’yinlari- Samarkand, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Surxon, Qashqadaryo vohalarida keng tarqalgan va katta to‘ylarda hozir ham ko‘p qo‘llaniladigan o‘yindir.
Uloq-ko‘pkarining aynan o‘zi bo‘lib, Toshkent. Sirdaryo viloyatlari va farg‘ona vodiysida shu nom bilan yuritiladi.
Otda yurish: Otda uloqni olib qochish va belgilangan manzilga (chortoq, yalov va h.k.) etkazishdir. Bu tur uloqsiz otni choptirib, mo‘ljalga tez etib kelishdir. Bunda otlarning turi (zoti), yoshiga qarab har xil masofalar belgilanadi. Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ot poygalari 40-60 km masofalarga egadir. 2003 yil avgustda O‘zbekiston otlari va chavondozlari Moskva atrofida o‘tkazilgan xalqaro turnirlarda ishtirok etdi va jaxon chempioni unvoniga ham sazovor bo‘ldi. («Sport» gazetasining 2003 yil 20 avgust soniga qarang).
Otdan ag‘darish, qiz quvmoq turlari ko‘proq qirg‘iz va qozoq xalqlari orasida uchraydi. Bizda keyingi yillarda bu turlar an’ana emas. Otda qilichlashiga, nayza uloqtirish, sanchish, kamondan nayza (o‘q) uzish kabi turlar qadimdan jang usuligina emas, balki yoshlarni jangovorlikka tayyorlashga vositasi ham bo‘lagan.
Hozirgi davrda chegaralarni qo‘riqlash, tog‘li sharoitlarda turli xil o‘yinlarni o‘tkazishda otlar muhim ahamiyatga egadir.
Dorboz, arqon tortish, bilak kuchini sinash, tosh (gir) ko‘tariga kabi milliy o‘yinlar ham sayllar, an’anaviy bayramlar, kata to‘ylarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Ular yoshlarni ijtimoiy va ma’naviy jihatdan tarbiyalashda xizmat qilmoqda.
Harakatli o‘yinin O‘zbek xalq milliy o‘yinlarining turlari beqiyo ko‘p va ular qadimgi avlodlarimizning mehnat, turmush va madaniyatlarini aks ettiruvchi o‘ziga xos ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlardir. Bu xaqda professorlar M.Murodov U.Qoraboev, T.Usmanxo‘jaev va boshqa bir qator mutaxassislar juda ko‘p mulohazalar yuritishgan va o‘zlarining kitoblarida o‘yinlarning mazmuni, ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlarini batafsil yoritib berishgan.
O‘zbek milliy o‘yinlari o‘quv yurtlarining «Jismoniy tarbiya» dasturlari va turli xil nufazli xalq milliy o‘yinlari dasturlaridan o‘rin olganligi bilan muhim ahamiya kasb etmoqda. Ularning nomlari va kelajakdagi muammolari haqida boshda eslatildi.
Harakat tushunchasi o‘z-o‘zidan ma’lumki, insonlar doimo nimalar bilandir band bo‘ladi. Bir o‘tirib ishlasa, ikkinchisi yurib, turib ishlaydi. Bu bilan tanadagi a’zolarning (qo‘l, oyoq, gavda, bo‘g‘in, yurak, o‘pka, qon tomirlari, asab tolalari va h.k.) me’yorida ishlashini ta’minlaydi. Bular tabiiy bir holda bajariladi. Bolalar, o‘smirlar, talabalar o‘z ixtiyorlari bilan doimo qandaydir o‘yinlar bilan band bo‘lishadi. Hozirgi davr sharoitida shahar va qishloq yoshlari bekorchi yoki bo‘sh vaqtlarida fotbol, voleybol, basketbol, tennis kabi sport o‘yinlarining elementlari bilan shug‘ullanishadi. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari asosan to‘p o‘yinlari, sakrashlar va turli xil harakatli o‘yinlarni eshik, hovli, ko‘chalarda doimo o‘ynashadi. Bu faol harakatlar bolalarning harakatchanligini rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda.
Takidlash zarurki, aksariyat barcha o‘yinlarni bog‘cha yoki maktablarda o‘rgatishgan, ularni bolalar sevib o‘ynaydi. O‘yinlarning ko‘pchiligi xalqaro miqyosdagi turlardir. O‘zbek milliy harakatli o‘yinlarini ko‘pchiligini yoshlar bilishmaydi yoki bilish uchun sharoitlar etishmaydi. Shu sababdan mahalla ahillari, qishloqdagi faollar milliy harakatli o‘yinlarni tashkil qilishda yordam berishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |