Jamoatchi instruktor: Har bir jamoa yoki o‘quv yurtlarida bir kunlik sayohatlarni tashkil qiluvchilarni jamoatchi instruktor deb ataladi. Ularni maxsus seminarlarda tayyorlanadi (10-15 kun). Bunda yuqori sinflarning o‘quvchilari va talaba yoshlar ham faol qatnashishlari mumkin.
Kichik instruktor: Guruh yoki jamoada sayohatlarni tashkil qilish, rahbar bo‘lish uchun bu unvonga ega bo‘lish shartdir.
2.1. Xalq milliy o‘yinlakida ishlatiladigan iboralar haqida.
Xalq milliy o‘yinlarining turlari:
Xalq milliy o‘yinlari tushunchasi keng qamrovli urli xil san’at, madaniyat, ma’rifat, amaliy harakatli o‘yinlar va hozirgi zamon sportiga aylangan kurashlar, ot o‘yinlari kabilardan iborat. Jismoniy madaniyat bilan bevosita aloqador va jismoniy tarbiya vositalari sifatida quyidagi eng muhim turlarni etirof etmoq zarur, ya’ni:
O‘zbek kurashlari (Buxoro, Farg‘ona (Belbog‘li kurash) usullari, turon qo‘l jangi san’ati.
Ot o‘yinlari (ko‘pkari-uloq, poyga, otdan ag‘darish, qiz quvloq, sovg‘on va h.k).
Dorboz (askiya va kulgu aralash o‘yinlar).
Tosh ko‘tarish (gir).
Bilak kuchini sinash.
Arqon tortishish.
Arg‘umcha (Halganchak uyish-qizlar o‘yini).
Do'stlaringiz bilan baham: |