O‘zbekiston respubikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


O’zbek milliy kurash bo’yicha Shavkat Mirziyoyev 04.11.2020yil qarori



Download 0,62 Mb.
bet8/33
Sana19.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#564181
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
mumtoz solihov BMI 2022-yil yangi taxriri 1997

O’zbek milliy kurash bo’yicha Shavkat Mirziyoyev 04.11.2020yil qarori.
Buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan kurash sportining boy an’analari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish, o‘zbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirish, yoshlarning milliy sportga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning, shuningdek, jahon xalqlarining mazkur sport turi bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsad qilingan.
1.O‘zbek kurashi (Buxoro usuli) bo‘yicha jahon chempionatlari o‘tkazil moqda. 1999 yil Toshkentda ilk bor bu musobaqa tantanali tashkil etildi. 2000 yil - Antaliya (Turkiya), 2001 yil Vengriya, 2002 yil - Armaniston, 2003 yil Angliyada tashkil qilindi. Belbog‘li kurash (Farg‘ona usuli). Turon-qo‘l jangi san’ati kabi milliy kurashlarimiz bo‘yicha ham halkaro sport musobaqalari tashkil etilib, ularni ham jahon sporti tarkibidan o‘rin egallashlariga zamin tayyorlamoqda.
2.Xalq milliy o‘yinlarini ko‘paytirish va milliy qadriyatlarni yangidan tiklash, ma’naviy-ma’rifiy madaniyatimizni boyitish yo‘lida turli xil o‘yinlar va musobaqalar tashkil etilmoqda. Forishda (Jizzax) xalq milliy o‘yinlari Respublika musobaqalari o‘tkazildi. Keyinchalik bu o‘yinlar «Alpomish o‘yinlari» (2012 yil - Termiz, 2015 yil - Farg‘ona, 2008 yil — Guliston), «To‘maris o‘yinlari» (1999 yil — Jizzax, 2001 yil Shahrisabz, 2003 yil Namangan) Respublika festivallari o‘tkazildi. Ularning dasturlarida milliy kurashlar, ot o‘yinlari, harakatli o‘yinlar( «Bo‘ron», «Soldi», «Qirqtosh», «Shuvoq», «Qo‘l kuchini sinash», arqon tortish va h.k) o‘rin egalladi.
3.Ot o‘yinlari (ko‘pkari-uloq, poyga) ham haqli ravishda o‘z maqomlariga erishmoqda. Respublikaning ko‘pgina tog‘li hududlari va qishloq joylaridagi to‘ylarda ko‘pkari(uloq) va poygalar qadimdan asosiy usul hisoblanib kelinmoqda.
To‘maris o‘yinlari:
O’zbekistonning mustaqilligi tufayli yurtimizda juda ko’p milliy qadriyatlar timsolida yangi tadbirlar tashkil etilmoqda. Ular orasida «Milliy qadriyatlarni tiklash», «Ulug’ allomalarni xotirlash», «Amir Temur tavalludi», sog’lom avlod, onalar va bolalar yili, ayollar yili, qariyalarni qadrlash yili va hokazo rasmiy hamda nufuzli tadbirlar amalga oshirib kelindi. Ular orasida «Ayollar yili» har tomonlama e’tiborga loyiqdir. Yurtimizning istiqloli va istiqboli yo’lida ayollarning xizmati cheksiz, olqishga sazovor bo’lmoqda. Ularning tarkibida xotin-qizlarning salomatligini yaxshilash, sog’lom ona sog’lom bola shiori ostida olib borilayotgan tibbiy, madaniy, ijtimoiy-ta’limot va sport tadbirlari e’tiborga moyilikdir.
Shu sababdan bu o‘yinlarni o‘z ichiga oluvchi Respublika ko‘pkari-uloq va ot sporti federatsiyasi (2002 yil) tashkil etildi. Bu qishloq yoshlari orasida chavandozlarni ko‘payishi, mohir sportchilarni tayyorlash manbaiga aylanadi, deb umid bog‘lash mumkin.
Sport inshootlari nufuzli va yirik sport musobaqalarini o‘tkazish, ularda tomoshabinlarga zarur imkoniyatlar yaratish va ularda san’atkorlar, yozuvchi shoirlar, atoqli arboblarning chiniqishlari uchun stadionlar, maishiy sog‘lomlashtirish sport markazlari madaniy xizmat qiluvchi koshonalar hisobiga kiradi. Bunda «Paxtakor» stadionini va uning tarkibidagi Shaxmat klubi, «Yoshlik», «Kamondan otish»,«Qilichbozlik», «Tennis kortlari, yugurish hiyobonlari, «Morjlar» (suzuvchilar) maskani va hokazolar muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa mustaqillik yillari davrida qurilgan «Yunusobod», «Jar» kabi sport koshonalari (Toshkent shahri), viloyatlarning markazlaridagi sog‘lomlashtirish sport markazlari (futbol maydoni, engil atletika sektorlari, yopiq va ochiq suv havzalari, gimnastika, kurash, boks sport o‘yinlari zallari va h.k. milliy madaniy manbalardan o‘rin egalladi. Ularning har yili bir necha yuz minglab kishilar tomosha qilishmoqda. Eng muhimi shundaki, bunday xalqaro andozalar talabiga to‘la javob beruvchi sport inshoatlari Respublika va Xalqaro nufuzli musobaqalar o‘tkazilmoqda. Sport turlari bo‘yicha terma jamoalarning mashg‘ulotlari uchun barcha shart-sharoitlar, madaniy xizmatlar doimo muhayyodir.
1 .Musobaqalar: kalendar (taqvim) rejalari odatda har bir jamoa, tuman (shahar), viloyat va Respublika sport musobaqalarning o‘tkazish uchun yillik va istiqbolli (nerspektiv) rejalar ishlab chiqiladi va ular rasmiy ravishda tasdiqdan o‘tkaziladi. Bunda mutaxassislar, sport tashkilotlari (jamiyatlar, uyushmalar, federatsiyalar va h.k.) faol ishtirok etadi. Shuningdek, Sport qo‘mitalari va mutasaddi idoralar (xalq ta’limi, oliy ta’lim, kasaba uyushmalari «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va h.q.) bilan o‘tkazish joyi, muddati va tashkilotchilar moddiy ta’minot masalalari musobaqalar nizomida aniq belgilanadi.
2.Sport musobaqalarining turlari. Musobaqalar ko‘lami jihatidan nomlari bir xil bo‘lsada, mazmun va mohiyat jihatidan ular o‘z xususiyatlariga egadir. Ularni quyidagi turlar va toifalarga ajratish mumkin, ya’ni:

Turlari:
-sport turlarini bo‘yicha birinchiliklar, chempionatlar,
-o‘rtoqlik uchrashuvlari, xotira kunlariga bag‘ishlash;
-jamoalarning majmuiy spartakiada (kompleks) musobaqalar.
Toifalar:
-tuman (shahar) birinchiliklari;
-viloyat birinchiliklari, chempionatlar, xotira musobaqalari;
-Respublika birinchiliklari, chemshyunatlari, xotira va xalqaro turnirlar.
Respublika mustaqilligi yillarida ta’limning uzviyligi bilan bevosita bog‘langan ko‘p bosqichli sport musobaqalari vujudga keldi. Ular asosan «Polvonjonlar» (bog‘cha bolalari). «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada», «Maxalla polvonlari», «Sog‘lom oila» sport o‘yinlari va boshqalardan iboratdir.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish