Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo’nalishi magistranti: Shohsanam MAHMUDOVA Reja: - Axborot haqida umumiy tushuncha.
- Axborot jamiyatining asosiy xususiyatlari.
- Axborotlashgan jamiyatni vujudga keltiruvchi omillar.
- O'zbekistonda jamiyatni axborotlashtirish islohoti.
Axborot biror voqea, hodisa haqida xabar, ma'lumotlarni bildiradi.
Uni
Uni
texnik
siyosiy
iqtisodiy
huquqiy
axborot inqiloblari - Birinchi axborot inqilobi yozuv ixtirosi bilan bog'liq. Yozuv bilimlarni to'plash va tarqatish, kelajak avlodlarga yetkazish uchun imkoniyat yaratdi.
- Ikkinchi axborot inqilobi (16-asr o'rtalari) tipografiyani ixtiro qilinishi bilan yuzaga keldi. Bu sanoat jamiyatini, madaniyati va faoliyatini tashkil qilishni tubdan o'zgartirdi.
- Uchinchi axborot inqilobi (19-asr oxiri) aloqalarning rivojlanishi bilan bog'liq. Telegraf, telefon, radio har qanday masofada ma'lumotlarni tezkor ravishda uzatishga imkon berdi.
- To'rtinchi inqilob (XX asrning 70-yillari) mikroprosessor texnologiyasini ixtiro qilish va shaxsiy kompyuterlarning paydo bo'lishi bilan bog'liq. Mikroprosessorlar va integral mikrosxemalar kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, ma'lumotlar uzatish tizimlarini (axborot kommunikatsiyalari) yaratadi.
ELVIN TOFFLER (1928-2016) - Amerikalik olim Elvin Toffler “Uchinchi to‘lqin” asarida insoniyat tarixda o‘zgarishlarning ikki ulkan to‘lqinini boshidan kechirganligini yozadi. O‘zgarishlarning birinchi to‘lqini – qishloq xo‘jaligi inqilobi bo‘lib, u ming yil hukmronlik qildi. Ikkinchi to‘lqin – sanoat sivilizatsiyasi bo‘lib, atigi uch yuz yil davom etdi. Olimning aytishicha, texnikaviy taraqqiyot bundanda kuchayib, natijada uchinchi to‘lqin –superindustrial jamiyat shakllanadi.
Axborotlashgan jamiyat - Akademik V.A. Izvozchikov axborotlashgan jamiyat xususiyatlarini ifoda etuvchi quyidagi ta'rifni keltirgan: "Axborotlashgan jamiyat deb, jamiyatning barcha sohalari hamda a'zolari hayoti va faoliyatida kompyuter, telematika va boshqa vositalar aqliy mehnat qurollari sifatida ishlatiluvchi, kutubxonalardan foydalanish, katta tezlik va aniqlikda axborotlarni qayta ishlash, real va prognozlashtirilgan hodisalarni modellashtirish, ishlab chiqarishni boshqarish, ta'limni avtomatlashtirish va boshqa vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo'lgan jamiyatga aytiladi."
O‘zbek olimlaridan professor A. M. Qodirov axborotlashgan jamiyat yaralishi zaminida quyidagi jarayonlar yotadi deb hisoblaydi: - texnika va texnologiyalarning tez almashinuvi;
- AKTning keng qo‘llanilishi natijasida mehnat unumdorligining oshishi;
- mintaqaviy mehnat taqsimotida tarkibiy o‘zgarishlarning amalga oshirilishi;
- nazariy bilim va ta’lim rolining oshishi;
- transport va telekommunikatsiya infratuzilmalarining takomillashishi;
- Internet bilan bog‘liq biznesni tashkillashtirish yangi shakllarining paydo bo‘lishi (virtual firmalar, internet-kommersiya, internet banking va boshqalar)
- autsorsingning keng tarqalishi.
axborot jamiyatining o'ziga xos xususiyatlari: - jamiyat bilimlarni avtomatlashtirilgan tarzda yaratish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanishga asoslanadi;
- axborot iqtisodiyoti rivojlanishning asosiy shakliga aylanadi;
- eng yangi axborot texnologiyalari va texnologiyalaridan foydalanish;
- axborot inqirozi muammosi yechimini topadi;
- axborot texnologiyalari insoniyatning ijtimoiy faoliyatining barcha sohalari qamrab oluvchi global xarakterga ega bo'ladi.
ommaviy axborot vositalarining erkinligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari 29-modda. Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin. 67-modda. Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. XULOSA Har qanday inqilob odamlar hayotiga turli ijobiy yangiliklar bilan birga, yangi tushunchalar, mafkuralar, g'oyalar, qadriyatlarni ham olib kiradi. Mana shunday jarayonlarda turli mafkuraviy tahdidlardan saqlanish, axborotni tahlil qila olish, baholash, to'g'ri talqin qilish nafaqat ommaviy axborot vositalari, balki, jamiyatning har bir a'zosidan sergaklik va bu borada ma'lum bilimlarga ega bo'lishni taqozo qiladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |