Ilmiy tadqiqotlar haqida: O‘zbekistan sharoitida olib borilayotgan juda ko‘p ilmiy tadqiqotlar qatorida jismoniy tarbiya va sport sohasi ham ancha salmoqlidir. Ularning eng muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat, ya’ni:
doktarantura (3 yil, sirtqi o‘qish 5 yil) yo‘li bilan ilmiy kadrlar tayyorlashda asosiy tamoillar amalga oshiriladi;
doktorantura (3 yil) yili bilan eng yuqori malakali olimlar tayyorlanadi.
professor-o‘qituvchilar rahbarligida doktarantlar, magistrlar, talabalar, o‘quvchi yoshlar va mustaqil ravishda ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchilar u yoki bu mavzuda ish olib borishadi. Natijada dissertatsiya, bitiruv (diplom), bosqich (kurs) ishlari va referatlar tayyorlanadi. Tayyor ishlar maxsus himoya ilmiy kengashlari, fakultet, kafedra yig‘ilishlarida muhokama qilinadi, hamda baholanadi (tasdiqlanadi).
nomzodlik va doktorlik ishlari, dotsent va profcsorlik unvoni uchun tavsiya etilgan hujjatlar Respublika Oliy attestatsiya komissiyasida tasdiqlanadi va ilmiy darajalar hamda unvonlar beriladi.
O‘zbekiston sharoitida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar quyidagi yynalishlarga egadir, ya’ni:
Jismoniy tarbiya, ommaviy sog‘lomlashtirish va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubi.
Jismoniy tarbiya va sportning tibbiyot bilan aloqadorligi.
Jismoniy tarbiya va sportning fiziologik, biologik, biomexanika va shunga o‘xshash sohalari bilan bog‘liqligi.
Jismoniy tai’biya va sportning iqtisodiyot, sotsiologiya, tarix va jamiyatshunoslik sohalari bilan uzviyligi.
Yuqoridagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlarda o‘quvchi yoshlarning jismoniy tayyorgarligi, mashqlarning ta’siri, sportchilarni texnik-taktik jihatdan tayyorlash va ular bilan sohador jarayonlar o‘rganiladi.
Ilmiy tadqiqotlarning asosiy usullari quyidagicha bo‘lishi mumkin, ya’ni:
-kuzatish, suhbat, muloqotlar.
-maxsus varaqalar (anketa) orqali sotsiologik izlanishlar.
-sinov-tajriba (eksperiment) yo‘li bilan aniq ma’lumotlarni to‘plash, ularni ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilish va h.k.
Ta’kidlash lozimki, har qanday izlanish, o‘rganish va tadqiqot jarayonlari rasmiy va maxsus adabiyot manba’larini chuqur o‘rganish hamda ularni tahlil qilishni taqazo etadi. Shu sababdan ham mavzu va muammoga doir adabiyotlar, texnik vositalar hamda tegishli ma’lumotlarni yig‘ish eng dastlabki faoliyatlardan hisoblanadi. Uquvchi yoshlar va talabalar bilan sohalardagi bilim va ko‘nikmalarini yaxshi o‘zlashtirishlari maqsadga muvofiqdir.
Aholining, ayniqsa o‘quvchi yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan munosabatlari, qiziqishlari, turli sharoitlar haqidagi ma’lumotlarni aniqlashda maxsus varaqalar (anketa) muhim rol o‘ynaydi. Varaqa savollarini tuzishda mavzuga doir asosiy muammolar echimini topishga diqqat-e’tibor qaratiladi. Bu yo‘lda test savollariga o‘xshash holatlar foydalaniladi. Lekin savollarning boshida berilgan javoblari aniq, ijobiy va mavzuni to‘la ochib berishda xizmat qilishi kerak. Shu sababdan o‘quvchi yoshlar va talabalar varaqalarning turli yo‘nalishlaridagi turlarini yigish, o‘rganish va ulardan o‘z maqsadlari yo‘lida samarali oydalanishlari kerak bo‘ladi.
Biron sohani aniq belgilashda raqamlar, doimiy voqe’alar muhim ahamiyatga egadir. Shu sababdan sport qo‘mita, sport jamiyatlari, uyushmalar, klublar xalq ta’limi va boshqa jamoalardagi ma’lumotnomalar, hisobotlar, statistik ko‘rgazmalarni yig‘ishi gazetalardan samarali foydalanishlari kerak.
Olingan eng muhim tadqiqot natijalari hamda ular asosida ishlab chiqarilgan amaliy tavsiyalarni gazetalar, jurnallar, ilmiy to‘plamlarda yoritib borishi zarur. Ilmiy anjumanlar, maxsus seminar trenganglarda chiqishlar, ma’ruzalar o‘qishi lozim. Bularning hammasi ilmiy tajribalarning oshishiga olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |