“Devoni Hikmat” Ahmad Yassaviy
Xusnida Abdug’afforova | 1907-group
Ahmad yassaviy hayoti
Ahmad Yassaviyning tug'ilgan yili ma’lum emas. Manbalarda shoirning vafoti 1166-yil tarzida ko'rsatiladi. Ulug‘ shoir bolalikdan payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom sunnatlariga qat’iy amal qilgan. Allohning so‘nggi rasuli Muhammad alayhissalom 63 yoshlarida bu foniy dunyodan o'tganliklari bois Ahmad Yassaviy ham shu yoshga yetganida o‘zi ucun yer ostidan makon qiladi. Xonaqohning bir tarafida bir joy qazdirib, xom g‘isht bilan lahad shaklida hujra barpo etadi va umrining qolgan qismini mana shu chillaxonada riyozat va ibodat, irshod va mujohada bilan o'tkazadi. Rivoyatlarda bayon etilishicha, shoir o‘sha yerda 120, 125 yoki 133 (yana oltmish yildan ko'proq) umr ko'rgan.Ko'rsatilgan ushbu raqamlar shoirning tug'ilgan yilini belgilashda ma’lum qo'nimga kelish imkoniyatini bermaydi.
Devoni hikmat “Devoni hikmat’’ islom dini asoslaridan bahs etuvchi, shariatning ahkomi va ahli sunnatning aqidalaridan saboq beruvchi, tasavvuf sirlari va tariqatning odobu arkoni yoritilgan qomusiy harakterdagi asardir. Unda ilohiy ishq gʻoyasi va didaktik mazmun yoʻnalishi yetakchilik qiladi. "D.h."da munojot, qasida, munozara janri talablariga muvofiq keladigan sheʼrlar bilan bir qatorda, "Meʼrojnoma" (Hazrat Muhammad alayhissalom madh etilgan manzuma) ham oʻrin olgan. Asar sarlavhasi Yassaviyning oʻzi "Devoni hikmat" nomi bilan biron bir kitob yaratmagan. Ushbu nodir asar uning murid va izdoshlari tomonidan tartib berilgan. Lekin bu narsa hikmat majmuasining Yassaviyga aloqasi yoʻq, degan daʼvoni ilgari surishga asos bermaydi. Soʻfi Olloyor Yassaviy haqida fikr bildirib, yana shunday degan: Shariatda edi ul oftobe, Qolibdur bizga ul erdin kitobe. Asar mavzusi "Devoni hikmat"da ilohiy ishq va oshiqlik, maʼrifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari nihoyatda samimiy va taʼsirli ohanglarda yoritib berilgan. "Devoni hikmat"dagi barcha sheʼrlar ham Yassaviyga mansub emas. Unga Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan. Bu esa, tabiiyki, hikmatlar tili va uslubida maʼlum oʻzgarishlar hosil qilgan. Lekin Yassaviyning oʻnlab izdoshlaridan hech biri ustozlari boshlagan gʻoyaviy, axloqiy, maʼnaviymaʼrifiy va mafkuraviy yoʻnalishni oʻzgartirmagan. Buni Yassaviy hayoti, tariqati va ijodiyotidan bahs yuritilgan oʻnlab qadimiy manbalar, ayniqsa, Sulton Ahmad Haziniyning "Javohir ul-abror min amvojil bihor" asari ham toʻla tasdiqlaydi. Asarninng asosiy g’oyasi Ahmad Yassaviy nikmatlarida ishq yo'liga kirgan Odam Ato farzandlarimng eng katta dushmani bo‘lgan nafsga nisbatan murosasiz bo‘lishga undash g‘oyalari yetakchilik qiladi. Shuningdek, shoir she’rlarida yolg'onchilik,munofiqlik, hirs, ta’magirlik. kibrlilik singari nomunosib insoniy iilatlar qattiq qoralanadi hamda o‘tkinchi hoy-u havaslar-u mol-u muikka berilmaslikka da’vat etiladi: Dunyo tepib haqni suygan topdi murod, Haq sharobin ichkan oshiq shavqi ziyod. Qiyomat kun kazzoblarning yuzi uyot, Yolg‘onchilar haq yodini etkoni yo‘q .
Ahmad Yassaviy insoniyat tarixida g‘oyatda muhim ahamiyatga ega bo'lgan tarixiy va afsonaviy shaxslar timsollaridan mahorat bilan foydalangan hamda she’rdagi asosiy g‘oya tavhid – Alloh bilan birlashish yo‘li haqida o'zining nihoyatda teran mulohazalarini badiiylashtirishga muvaffaq bo'lgan.
Badiiy asarda mavjud obraz turlari
Shoir
ijodidagi oshiq, darvesh, eranlar, murid, murshid, piri mug‘on singari obrazlar
, Qorun, Faridun, Muso, Vomiq, Uzro, Yusuf, Farhod, Majnun, Od,
Mansur, Shibli, Boyazid, Junayd, Zunnun, Ya’qub, Zulayho, Zol, Arslonbob,
Zikriyo, Ayyub kabi juda ko‘p afsonaviy va tarixiy shaxslar timsollarining
qo‘llanishida o'ziga xos teran falsafiy ma’no mujassamlashganligi kuzatiladi.
Ayyub sifat qurt ranjig'a sobir bo’lsam,
Yahyo sifat ko’zlarimdin qon yosh to’ksam.
Muso sifat Tur tog'ida toat qilsam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
Asarning lingvistik tahlili
Toponimlar(joy nomlari)-Tur tog’i, Sirot,Arsh
Tarixiy so’zlar
Yoronlar,xonoqoh,dargoh,munglug’,rixlat,ayo,ondog’,analhaq
Do'stlaringiz bilan baham: |