Psixologiya fanining nazariy vazifalari:
– psixik hodisalarning paydo bo‘lish xususiyatlarini o‘rganish;
– uning mexanizmlari va qonuniyatlarini ilmiy jihatdan yoritib berish;
– psixik jarayonlarni fiziologik jarayonlar bilan birga talqin qilingan;
– psixik hodisalarni hayotda, amaliyotda, turli faoliyatlar jarayonida
paydo bo‘lishi omillarini o‘rganish;
– intellekt (zehn, aql, idrok), abstrakt tafakkur qilingan qobiliyatini
shakllanishini tezlatish muammosini hal qilingan;
– insonda «mudrab yotgan layoqatlarni qobiliyat darajasida shakllanishini ilmiy asoslab berish»;
– yangicha fikrlash, ya’ni yangicha tafakkur qilinganning psixologik masalalarini yoritib berish. Shuningdek, aqliy taraqqiyotga, kasb-hunar o‘rganishga, yosh va individual xususiyatlarni o‘rganish, ijodiy faoliyat,badiiy ijodiyot, mehnatda ijodning paydo bo‘lishi, axborot vositalari va pedagogik texnologiyaning bilim egallashga ta’sirini o‘rganish, ta’lim jarayonini takomillashtirish va uni hayotga tatbiq qilingandan iboratdir.
Psixologiyaning amaliy vazifalari
Psixologik bilimlarni keng jamoatchilik ommasiga yetkazib berishdan iboratdir.
- Hozirgi sharoitda ota-onalar,tarbiyachilar bola tarbiyasida psixolog-pedagoglarning psixologik bilimlariga muhtojdirlar. Turli yoshdagi bolalarning yoshlik va individual farqlarini ajratish, ularga individual munosabatda bo‘lish, iqtidorli bolalar bilan ishlash, yakka bola tarbiyasi, tarbiyasi qiyin bolalarga o‘zaro munosabat, turli yot oqimlarga kirib ketuvchilar bilan ishlash, sust o‘zlashtiruvchi bolalar bilan ishlash, psixik rivojlanishida orqada qolgan, psixik taraqqiyoti tutilib qolgan yoki rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan ishlash kabi masalalarda ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan keng jamoatchilikni, ota-onalar, mahalla faollarini bahramand qilingandan iboratdir.
- Jamoatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilingan, (ro‘znoma va oynoma) gazeta va jurnallarda maqolalar chop etish, radio va teleko‘rsatuvlarda turli eshittirishlar tashkil qilingan, ota-onalar bilan suhbatlashish, shahar va viloyatlarda ota-onalar universitetlarini uyushtirish va uning ishini faollashtirish, mahallalarda bola tarbiyasi haqida ma’ruza, davra suhbatlarini uyushtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bu vazifalarni amalga oshirish jamiyatimiz taraqqiyotida, komil insonni shakllantirishda, sog‘lom turmush tarzini barpo qilinganda muhim rol o`ynaydi.
Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo’nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o’rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o’ziga xos va yetakchidir.
Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo’lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va uning rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi.
Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga o’tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko’lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |