KIRISh
Magistrlik disseretatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng Vatan tarixini o’rganish va tadqiq etish, o’zlikni anglashga qiziqish ortdi. Shuningdek, fan va ta’lim sohalariga ham davlat miqiyosida katta ishlar amalga oshirildi. Zero, davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev o’zining “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” asarida ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoli tanqidiy tahlil qilib, bir qator vazifalarni amalga oshirishga e’tibor berdilar1.
O’zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng xalqimiz tarixini xolisona o’rganish bilan bog’liq ijobiy jarayonlar yurtimiz mustaqilligini yanada mustahkamlashga bevosita zamin yaratmoqda. Mustaqillikning o’tgan qisqa davrida qadimiy an’analar va milliy qadriyatlarimizni qayta tiklashga, shuningdek, jamiyatimizninng ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini xolisona tahlil qilish orqali tarixiy haqiqatni yuzaga chiqarishga va eski mustabid tuzum asoratlarini yangicha tahlil qilishga doir ko’p ishlar qilinmoqda. Ammo o’zbek xalqining tarixiy o’tmishini haqqoniy yoritib berish uchun hali ko’plab ilmiy tadqiqotlar olib borilishi lozim.
Mirzacho’l vohasi aholisining etnik tarkibi, uning shakllanishiga tabiiy sug’orish tarmoqlari, vohaning o’zlashtirishi, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Mirzacho’lga rus aholisining kirib kelishi, ularni vohaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sirini chuqur o’rganish, bu уerda tashkil topgan rus qishloqlarining voha tarixida tutgan o’rnini keng miqyosda tadqiq qilish juda katta ahamiyatga egadir. Bugungi kunga qadar mazkur masala maxsus o’rganilmagan bo’lib, tadqiqot mavzusining xronologik doirasida tadqiqot olib borilmagan. Ayniqsa, vohada tashkil topgan rus qishloqlari aholisi bilan mahalliy aholi o’rtasidagi munosabatlar masalasiga yetarli e’tibor qaratilmagan. Mirzacho’l vohasida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ro’y bergan ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni, rus qishloqlari tarixini o’lkamiz tarixida yuz bergan siyosiy va iqtisodiy voqealarga bog’lagan va arxiv hujjatlaridan imkoni boricha to’laqonli foydalangan holda haqqoniy yoritish, voha aholisining o’sishi va joylashuviga ta’sir etuvchi tabiiy va mexanik harakatlarini tahlil qilish va Mirzacho’lni o’zlashtirish siyosatining demografik oqibatlarini o’rganish bugungi kunda muhim ahamiyatga egadir, shu nuqtai nazardan tadqiqot mavzusining dolzarbligini asoslash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |