O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/156
Sana15.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#553635
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   156
Bog'liq
ulug\'bek hamdamov jahon adabiyoti

MIF VA BADIIY IJOD
REJA:
1. Mif va uning paydo bo‘lishi.
2. Mif va ertak.
3. Mif va badiiy adabiyot.
4. Qadimgi xalqlar miflari va ularning o‘ziga xosligi.
5. Qadimgi yunon miflari.
6. Mifologik maktab.
7. Folklor, mif va yozma adabiyot mushtarakligi. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Mif, mif va badiiy ijod, mif va ertak,
 
qadimgi xalqlar miflari, mif va jahon adabiyoti, mifologik maktab: 
aka–uka Grimmlarning “Nemis mifologiyasi” asari, mif, folklor va 
zamonaviy adabiyot munosabatlari.
Mif (yunoncha mythos – rivoyat, hikoya, masal) – xalq xalq 
og‘zaki ijodining eng qadim davrlarida paydo bo‘lib, odamlarning 
olam haqidagi o‘sha paytdagi tasavvurlarini aks ettiradi. Ammo 
tasavvurlarni shunchaki aks ettirmaydi, balki konkret obrazlar vosi-
tasida bo‘rttirib aks ettiradi. Miflar olam va odam haqidagi rivoy
-
atlar bo‘lishiga qaramay, zamonaviy inson tushunchasidagi san’at 
hodisasi bilan bir hodisa emas. Miflar o‘z vaqtida odamlarning ta
-
fakkur shakli hisoblanib, ular vositasida atrof-javonibni, olamu 
odamni, tabiat hodisalarini bilishga urinishgan. Miflar vositasida 
“olam yoki odam qanday yaralgan, nega kunduzi quyosh chiqib ke-
chqurun botadi, shamol qayerdan paydo bo‘ladiyu chaqmoq nima 
o‘zi?” degan savollarga javob izlangan. Deylik, yunonlar chaqmoq 
chaqishini Zevsning, dengizdagi dahshatli dovullarni Poseydonning 
g‘azablangani bilan izohlaganlar, inson taqdiridagi turfa evrilish-
larda ilohlarning aralashuvini ko‘rganlar. Mifologiya esa miflarni 
o‘rganuvchi fan hisoblanadi.


29
Sodda til bilan aytganda, ertalab quyosh chiqadi, odamlar 
uyg‘onishadi. Kechqurun quyosh botganda, odamlar uyquga toli-
shadi. Osmonda esa yulduzlar paydo bo‘ladi. Har doim shunday 
bo‘lgan. Qadimda ham, hozir ham shu hodisalar takrorlanadi. Lekin 
qadimda bu hodisalarga boshqacha qarashib, quyoshning chiqishi 
va botishi, dengiz suvlarining ko‘tarilishi va tushishi, suv toshqi-
ni, quyosh va oyning tutilishi, vulqonlar otilishini tushunmoqchi 
bo‘lishgan. Tushunish va tushuntirish yo‘lidagi urinishlar miflarni 
paydo qilgan. 
Mif haqida rus olimi A.F. Losev o‘zining “Filosofiya. Mifologi
-
ya. Kultura”
10
kitobida mifni qadimiy odam uchun g‘oya yoki tush-
uncha emas, balki reallik, hayotning o‘zi sanalgan, deb yozadi.
Miflar hamma xalqlarda bor. Ular qayerdadir bir-birlaridan farq 
qilsa, qayerdadir o‘xshaydi, qayerdadir syujet chiziqlari kesishadi, 
qayerdadir biron bir detal mushtarak chiqib qoladi. Xo‘sh, nima uc
-
hun? Albatta, bu borada xalqlarning geografik jihatdan joylashuv 
o‘rni, turmush tarzi va darajasi ko‘p narsani belgilab beradi. Ma
-
salan, dengiz bo‘yida yashagan xalqlarning miflarida suv, baliq, kit 
kabi atributlarning qatnashishi, voqealar ularning ishtirokida sodir 
bo‘lishi tabiiydir. Xuddi shunday, Avstraliya miflarida kenguri va it
-
ning ko‘p uchrashi ham geografik joy bilan bog‘liq hodisa. Bir xil 
turmush tarzi, bir xil muammolar ham mushtarak miflarni, ulardagi 
o‘xshash syujet chiziqlarini paydo qilgan. Ayni paytda, xalqlarning 
bir-birilaridan ta’sirlanishi, bir-biridan o‘rganish faktini ham inkor 
qilmaslik kerak. Masalan, rim miflarida yunon miflarining, yunon 
miflarida esa shumer miflarining izlari bor.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish