23-variant
1 .Mif va badiiy ijod. Mif va jahon adabiyoti. Mifning jahon adabiyoti tadrijidagi o‘rni.
2. Nemis ma’rifatchilik adabiyoti.
3.“Dekameron” va “Ming bir kecha” o’xshash va farqli tomoni
Kafedra mudiri: Dotsent N.Yuldashev
Tuzuvchi: PhD Xudoymurodova H, o’qituvchi E.Jabborov
Mif qadimgi odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui bo’lib, koinotning yaratilishi, inson, o’simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo’lishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma’budlar va ilohlar to’g’risidagi e’tiqodiy qarashlarni o’z ichiga olgan.
Lug’atlarda mif - ma’budlar, afsonaviy qahramonlar, dunyoning yaratilishi va yer yuzida hayotning paydo bo‘lishi haqidagi qadimiy xalq rivoyatlari, afsona, - deya izohlangan.
Mifologiya - miflar haqidagi fan; biror xalqning miflari, afsonalari majmui hisoblanadi
Ajdodlarimizning dunyo tuzilishi to‘g‘risidagi tushunchalari, tabiat va kishilik jamiyatida sodir bo‘layotgan barcha hodisalarni tushuntirishga intilishlari miflarda o‘z aksini topgan.
Hali o’zini tabiatdan ajratib olmagan qadimgi odam o’z atrofidagi moddiy mavjudlikning paydo bo’lish sabablarini mifologik tasavvurlar vositasida izohlashga, tushuntirishga harakat qilgan.
Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, mif yaratilgan va ommalashgan joyida o’z ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqatda bo’lib o’tgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan.
Qadimgi yunonlarning tasavvurlariga ko’ra, olamning tuzilishi anchayin sodda: Olimpda xudolar, yerda odamlar yashaydi, olam shu ikkisining birligidan tashkil topadi.Mifologik maktab. Mif XIX asrga kelganda ilmiy o‘rganildi,
uning tabiati, genezisi, mazmun-mohiyati, yo‘nalishlari haqida il-
miy mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Natijada fanda mifologik mak-
tab nomi bilan ataladigan alohida yo‘nalish paydo bo‘ldi. U haqida
o‘zbek adabiyotgunos olimlari – D. Quronov, Z. Mamajonov va
M. Sheraliyevalar tomonidan tayyorlangan “Adabiyotshunoslik
lug‘ati”da quyidagilarni o‘qish mumkin: “Mifologik maktab – XIX
asr Yyyevropa adabiyotshunosligida vujudga kelgan ilmiy yo‘nalish.
M.m.ning falsafiy negizini F.Shelling, A.Shlegel va F.Shlegel kabi
mutafakkirlar ta’limoti tashkil etadi. Bu mutafakkirlar estetikasida
miflar juda katta o‘rin tutadi. Ularga ko‘ra, adabiyot va san’atning
vujudga kelishiga miflar asos bo‘lgan, mif – poeziyaning javhari-
dir. Ma’lumki, romantizm ekzotikaga moyillik bilan xarakterlanadi,
ayni shu narsa xalq og‘zaki ijodiga qiziqish kuchayganining bosh
omili bo‘ldi. Zero, klassitsizm davri sig‘ingan antik etalonlardan,
ma’rifatchilik topingan aql kultidan bezgan romantizm vakillari
xalq og‘zaki ijodida chinakam ekzotika, bitmas-tuganmas xazinani
ko‘rdilar. Shuning uchun xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plash
va nashr qilish, ularni atroflicha tadqiq etish ishlari avj oldi. Bunda
nemis olimlari – aka-uka Grimmlar, ayniqsa, jonbozlik ko‘rsatdilar:
1812-yilda ular to‘plagan ertaklarning ilk jildi chop etildi; folk-
lorshunoslik sohasidagi tadqiqotlari asosida “Nemis mifologiya-
si” (1835) asari yaratilib, unda M.m.ning nazariy qarashlari tugal
shakllantirildi. Aka-ukalar adabiyotning paydo bo‘lishini nemis
romantizm falsafasidagi xalq ruhi tushunchasi bilan bog‘laydilar:
g‘aybdan ilhomlantiriluvchi xalq ruhi avval miflarni yaratadi, keyin esa miflardan epos, ertak, lirik qo‘shiq va sh.k. boshqa janrlar
tug‘iladi; ilohiy ilhom tufayli yaralgani uchun ham folklor – xalq
ruhining anglanmagan ijod mahsuli, uning shaxssizligi ham shu
bilan bog‘liqdir. Aka-uka Grimmlar turli xalqlar folklorini qiyosiy
o‘rganishadi, ularda kuzatiluvchi o‘xshashliklarni esa, xuddi barcha
hind-Yyyevropa tillari uchun umumiy bobo til (sanskrit) bo‘lgani
kabi, barcha xalqlar (xususan, hind-Yyyevropa xalqlari) uchun umu
miy qadimgi mifologiya mavjud bo‘lgani bilan izohlashadi. Yyyev-
ropaning turli mamlakatlarida ko‘plab izdoshlari bo‘lgan M.m.ning
ilmiy izlanishlari, asosan, ikki (etimologik va analogik) yo‘nalishda
kechdi. Birinchi yo‘nalish (A.Kun, M.Myuller, F.Buslayev va b.)
o‘z oldiga qadimgi miflar mazmunini tiklash, ularning paydo bo‘lish
sabablarini aniqlashni maqsad qilib qo‘ysa, ikkinchisi (V.Shvars,
V.Manxard va b.) turli xalqlar folklorini qiyosiy o‘rganish orqali
o‘xshashliklarni aniqlash yo‘lidan bordi. M.m.ning bir qator qarash-
larini keyingi davr adabiyotshunosligi inkor qilgan bo‘lsa-da, u ad-
abiy nazariy tafakkur taraqqiyotida sezilarli iz qoldirdi. Jumladan,
xalq og‘zaki ijodi namunalarini yozib olish va chop etish ishlarining
yo‘lga qo‘yilgani, mifologiya, folklor va yozma adabiyot namunala-
rini qiyosiy o‘rganishning boshlab berilgani bevosita M.m. faoliyati
bilan bog‘liqdir. Shuningdek, M.m.ning nazariy qarashlarini ijodiy
rivojlantirib (ritual-mifologik tanqid) yoki inkor qilgan holda (sayy-
Do'stlaringiz bilan baham: |