84
Oziqning mo‘l-ko‘l bo‘lishi hasharotlarning ko‘payishi uchun qulay sharoit tug‘diradi.
SHuning uchun bir joyga muttasil bir xilda ekin ekish bu o‘simlik
bilan oziqlanadigan
zararkunandalarning ko‘payib ketishi uchun qulay sharoit tug‘diradi.
H a s h a r o t l a r b i l a n o ‘ s i m l i k l a r o ‘ r t a s i d a g i o ‘ z a r o m u n o s a b a t
hasharotning o‘simlikka etkazadigan zarari bilangina cheklanib qolmaydi; hasharotlarning o‘simlik
dunyosiga ko‘rsatadigan ta’siri anchagina kengdir.
Gulli yuqori o‘simliklarning ko‘pchiligi faqat hasharotlar yordami bilan chetdan
changlanishga moslangan. Hasharotlarning changlatuvchilar sifatidagi roli tubandagi misollar bilan
yaxshi namoyish qilinadi. YAngi Zelandiyaga
tukli ari
keltirilmaguncha u joyda qizil sebargadan
urug‘ olish mumkin bo‘lmagan; O‘zbekistonning olmazor bog‘lariga asalari uyalari qo‘yilsa, olma
hosili juda oshadi.
O‘simlik gullarining tuzilishi va ularda nektarning bo‘lishi ularni changlatuvchi hasharotlarga
bog‘liqdir va hasharotlar og‘iz apparati va boshqa qismlarining tuzilishi,o‘z navbatida,
gullar
tuzilishiga moslangan.
H a s h a r o t l a r
o ‘ r t a s i d a g i ,
s h u n i n g d e k
h a s h a r o t l a r
b i l a n
b i o t s e n o z n i n g b o s h q a h a y v o n l a r i o ‘ r t a s i d a g i x i l m a-xil o ‘ z a r o
m u n o s a b a t l a r t u b a n d a g i asosiy gruppaga bo‘linadi.
1. S i m b i o z yoki o‘zaro foyda keltirish bilan birga yashash – masalan,
chumoli
ko‘k
kapalak
qurtidan chiqadigan shirin sharbatni eb, qurtni yirtqich va parazitlardan himoya qiladi; ko‘k
kapalak qurtlari g‘umbakka aylanish oldida hatto chumoli iniga kiradi. Bunday munosabat
chumolilar bilan o‘simlik bitlari o‘rtasida ham bo‘ladi. CHumolilar shiralar ajratib chiqaradigan
shira suyuqligini yalaydi va ularni dushmandan saqlaydi. Ba’zan esa chumolilar shiralarni yangi
o‘simliklarga ko‘chiradi.
1.
S i n o y k i y a – birga yashovchilar turining biriga foydali
va ikkinchisiga ahamiyati
bo‘lmagan hamxonalik. Masalan, bir indan birga foydalanish, bunda zaifroq hamxona ikkinchi
hamxona himoyasi ostida yashaydi, yoki yirik turlar mayda turlarni o‘z ustida olib yurib, ularning
tarqalishini osonlashtiradi.
2.
K o m m e n s a l i z m yoki t e k i n x o ‘ r l i k – bunda bitta hasharot ikkinchi
hasharot tayyorlagan
oziq zapasi hisobiga yashab, o‘z navbatida unga hech qanday foyda
85
keltirmaydigan hamxonalik; masalan, (Me1os1ae)
oilasiga
kiruvchi
qo‘ng‘izlar
lichinkasi yolg‘iz
yashaydigan yovvoyi asalarilar uyasida yashab, asalarilar o‘z lichinkalari uchun tayyorlagan chang
va asalni eb qo‘yadi.
3.
P a r a z i t i z m – bunda «hamxona» xo‘jayinni «talon-taroj»
qilibgina qolmay, balki
uning o‘ziga hujum qiladi. Hasharotlar o‘rtasida parazitizm xrdisasi juda xilma-xil bo‘ladi va
parazitlardan ba’zilari o‘simliklarni himoya qilish uchun zararkunandalarga qarshi kurashda
foydalaniladi.
Hasharotlar boshqa hayvonlarda qanday parazitlik qilsa, boshqa hayvonlar ham hasharotlarda
shunday parazitlik qiladilar. Ko‘pincha hasharotlar hasharotlarda parazitlik qiladilar.
O‘z xo‘jayinining tanasi ustida oziqlanuvchi parazitlar e k t o p a r a z i t l a r yoki s i r t q i
p a r a z i t l a r
deb aytiladi; bunday parazitlardan, masalan, qon so‘ruvchi
chivin
,
taxta qandalasi
,
burga
va ko‘pgina parda qanotlilar hamda ikki qanotli hasharotlar lichinkasi ektoparazitlarga kiradi;
ikki qanotlilar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi zararkunandalarining parazitlari ham bor.
Xo‘jayin tanasi ichida yashovchi parazitlar e n d o p a r a z i t l a r yoki i c h k i
p a r a z i t l a r deb ataladi; masalan, ot oshqozonida yashovchi
so‘na
ning
lichinkalari ot
oshqozonida yashaydi va boshqa hasharotlar, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari uchun
zararli bo‘lgan hasharotlar tanasi ichida parazitlik qiluvchi ko‘pgina
parda qanotlilar va ikki
qanotlilar lichinkalari ham endoparazitlarga kiradi.
Parazit bo‘lib yashaydigan hasharotlarning o‘z paraziti ham bo‘li shi mumkin, bu parazitlar
i k k i n c h i t a r t i b d a g i parazitlar deb ataladi. Ikkinchi tartibdagi parazitlarning ham o‘z
paraziti bo‘- lishi mumkin, ular u c h i n c h i t a r t i b d a g i parazitlar deb ataladi.
Xo‘jayin bilan parazitlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xilma- xil va murakkabdir. Agar
biror hasharot qishloq xo‘jaligi o‘simliklari zararkunandalarida parazitlik qilsa, bu hasharot foydali
bo‘ladi, ammo ikkinchi tartibdagi parazit zararkunanda hisoblanadi, uchinchi tartibdagi parazit esa
foydali hisoblanadi. Tabiatda shunday hodisalar ham uchraydiki,
ayrim tur parazitlar ham
birlamchi, ham ikkilamchi parazit bo‘lishi mumkin.
Deyarli hamma hasharotlarning paraziti bo‘ladi, ammo ularning
Do'stlaringiz bilan baham: