O’zbekiston rechpublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligi


Beda uzunburun qo‘ng‘izining rivojlanish giperbolasi



Download 14,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/75
Sana22.04.2022
Hajmi14,87 Mb.
#571571
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
Bog'liq
Entomologiya O\'UM 2021

Beda uzunburun qo‘ng‘izining rivojlanish giperbolasi 
Atrofdagi muhitning ayrim turga oid hasharotlarning ko‘payish tezligiga ko‘rsatadigan ta’siri 
amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. 
Zararli hasharotlarning ko‘pchiligi vaqt-vaqti bilan, ya’ni atrofdagi sharoit ular uchun qulay 
bo‘lganda yalpi ko‘payish, amaliy entomologiya termini bilan ifodalanganda a v j o l i b
k e t i s h xususiyatiga ega bo‘ladi. Hasharotlarning ko‘payishiga odamning faoliyati va tabiiy-
tarixiy faktorlar ham ta’sir etadi. Tabiiy-tarixiy faktorlardan iqlim va ob- havo, va birinchi 
navbatda, temperatura ham namlik hasharotlar ko‘payishiga xususan qattiq ta’sir etadi. 
Hasharotlarning 
ko‘payishtezligiga 
xususan 
t e m p e r a t u r a
kuchli 
t a ’ s i r
k o ‘ r s a t a d i ; hasharotlarningembrional va postembrional rivojlanishi odatda yuqori 
temperaturada tezlashishi yuqorida aytilgan edi: bunday hollarda rivojlanish sikli qisqaradi va 
hasharot tezroq ko‘payadi. Temperatura faqat ma’lum nuqtaga qadar ko‘tarilib borganda 
hasharotlarning rivojlanishi tezlashadi, bu nuqta har qaysi tur hasharot uchun har xil bo‘ladi. 
Masalan,
pchanzor kapalagi
ning rivojlanishi temperatura faqat 26° gacha ko‘tarilib borganda 
tezlashadi; temperatura bundan yuqori ko‘tarilishi bilan hasharot rivojlanishi sekinlashadi, so‘ngra 
to‘xtaydi va temperatura undan ham oshib ketsa, xasharot halok bo‘ladi. Ma’lum temperatura 
nuqtasidan pastda yoki yuqorida hasharot rivojlanishi to‘xtab qolsa, o‘sha temperatura 
rivojlanishning p a s t k i y o k i y u q o r i g i c h e g a r a s i deb aytiladi. 
Temperatura ta’siri uning bilan birlikda. bo‘luvchi boshqa meteorologik ta’sirotlarga qarab 
o‘zgarishi mumkin. Ko‘pincha yuqori temperatura bilan bir vaqtda namlikning yuqori bo‘lishi ham 
hasharotlarning rivojlanishiga qulay sharoit tug‘diradi. Temperatura yuqori bo‘lib, namlik kam 
bo‘lsa, hasharotning rivojlanishi sekinlashadi. Hasharotlarning ko‘payish sur’ati temperaturaning 
o‘zgarish darajasi va tezligiga bog‘liq. Nihoyat, hasharotning rivojlanishiga temperaturaning ta’sir 
etishi hasharotning fiziologik holatiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni temperatura ta’siri faqat meteorologik 
sharoit o‘zgarishi bilangina emas, balki ko‘pgina boshqa sharoitga - oziqning miqdori va sifatiga va 
hokazolarga qarab ham o‘zgarishi mumkin. 
Yuqori temperatura faqat embrional va postembrional rivojlanishinigina emas, balki, 
ko‘pincha imago jinsiy mahsulotining etilishini ham tezlashtiradi.
Hasharotlar rivojlanayotgan paytda temperaturaning anchagina, ya’ni 10° atrofidagi 
o‘zgarishiga ham bardosh beradi. Temperaturaning qisqa muddat ichida bundan ham katta 
o‘zgarishi hasharotlarning rivojlanishi va ko‘p miqdor tuxum qo‘yishi uchun noqulay bo‘ladi. 


81 
Ko‘pgina hasharotlar juda past temperaturaga ham bardosh beradi, chunki qishlash oldida ular 
organizmida juda ko‘p miqdor yog‘ to‘planadi va suv kamayib ketadi. Hasharotlar yilning sovuq 
paytlarida, odatda, to‘kilgan barglar ostiga, chimga, tuproq, daraxt po‘stlog‘i, yorig‘i va 
boshqalarga yashirinadi. Qishki tuban temperatura vaqtidagi yuqori namlikda ko‘pchilik hasharotlar 
og‘ir ahvolga tushadi. 
Hasharotlarning sovuqqa bardosh berish xususiyati ko‘pincha ularning fiziologik holatiga 
bog‘liq bo‘ladi. YOg‘ochda yashovchi ba’zi qo‘ng‘izlar lichinkasi -12° temperaturada halok 
bo‘ladi, shu qo‘ng‘izlarning yoz paytida to‘plangan, ya’ni qishki sovuqqa tayyorlanmagan 
lichinkalari -1° temperaturada halok bo‘ladi. Bunday lichinkalarning halok bo‘lishiga asosan, ular 
tanasidagi to‘qimalarda anchagina suv bo‘lishidir. 
Temperatura hasharotlar yashaydigan joy uchun normal bo‘lgan nuqtadan birdaniga keskin 
pasayib ketsa, odatda hasharotlar hayotining har qanday davrida ham halok bo‘laveradi.
Hasharotlarning temperaturaga qarab rivojlanish tezligini haqi- qatga yaqinroq qilib aniqlash 
va 
yil 
mobaynidagi 
generatsiya 
miqdorini 
belgilash 
uchun 
r i v o j l a n i s h
g i p e r b o l a s i n i n g grafik usuli qo‘llanadi. Bu usul tubandagidan iborat. 
Har qaysi tur hasharotning rivojlanishi uchun rivojlanish nuqtasidan yuqori o‘rtacha sutkalik 
temperatura yig‘indisidan iborat bo‘lgan ma’lum miqdor issiqlik kerak, ya’ni e f f e k t i v
t e m p e r a t u r a l a r n i n g m a ’ l u m y i g ‘ i n d i s i kerak. Buni belgilash uchun hasharot 
rivojlangan temperatura
( T )
ko‘rsatgichidan rivojlanish temperatura nuqtasi ko‘rsatgichi (s) olinadi 
va rivojlanish kuni miqdori (t) ga ko‘paytiriladi. SHunday qilib,
 X
=
 (T – s) t
formulasini tuzamiz, 
bu erda
 
T
– effektiv temperaturani ko‘rsatadi. Hasharotlarning bir necha xil (kamida ikki xil) 
temperaturada rivojlanishi uchun kerak kun- lar miqdori, termostatdan foydalanib, eksperimental 
usulda aniqlanadi. Bundan so‘ng rivojlanish nuqtasi, so‘ngra hasharotlarning har qanday 
temperaturada rivojlanish tezligi ham matematik yo‘l bilan aniqlanadi. Ixtiyoriy ravishda olingan 
temperatura (T) da rivojlanish kuni miqdori 1 ga teng deb faraz etaylik, rivojlanish temperaturasi

Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish