O’zbekiston rechpublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligi



Download 14,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/75
Sana22.04.2022
Hajmi14,87 Mb.
#571571
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
Bog'liq
Entomologiya O\'UM 2021

Ventral tanalar 
prototserebrumning eng pastki qismida joylashgan. Ular shuningdek bir-
biriga bog'langan bo’lib, turli xil qismlari bir-biridan uzoqda joylashgan va kengaygan komissura 
yordamida o'zaro bog'langan. Ularda kamdan-kam o’tkazuvchi neyronlar mavjud. Barcha 
hasharotlar ichida bu hosilalar kapalaklarda eng yaxshi rivojlangan. Hasharotlarning ko'pgina 
vakillarida qo'ziqorin tanalari qanchalik ko'p rivojlangan bo'lsa, ventral tanalar shunchalik taraqqiy 
etmagan bo’ladi. 
Birlamchi miyaning mejcerebral qismi 
qo'ziqorin tanalari o'rtasida joylashgan. 
Ko'rinishidan, bu birlamchi ko’ruv markazidir. Aynan shu qismdan hasharotlarning oddiy dorsal 
ko'zlariga tomon nerv tolalari ketadi. 
Ko’ruv qismlari 
- protocerebrumning katta qismi bo’lib, uning boshqa qismlaridan 
ajralgan va yon qismida joylashgan bo’ladi. Har bir bo'lak bir-biriga bog'langan uchta alohida 
ganglionik massani o'z ichiga oladi. Ko’ruv qismlarda neyronlar ham mavjud. Hasharot ko'zining 
kattaligi va uning ko'rish qobiliyati qanchalik yaxshi bo'lsa, ko’ruv qism shunchalik katta bo'ladi. 
Masalan, asalarilar oilasida trutenlarining ko'zlari eng katta va ularda aynan shu tuzilmalar eng 
yaxshi rivojlangan. 
Qorin nerv zanjiri - bu tananing ko’krak va qorin bo‘limi bo'ylab yotadigan juft nerv 
gangliyasidir. Har bir juftga sezuvchi nervlar kelib tutashadi va undan tananing tegishli 
segmentlariga harakatlantiruvchi nervlar chiqadi. Hamma hasharotlarning ham qorin nerv zanjiri bir 
xil tuzilishga ega emas. Ba'zida ikki yoki undan ko'p gangliyalar birlashib, bitta tuzilmaga 
birlashadi. Ayrim holatlarda, masalan, chivinlarda, qorin bo'shlig'idagi nerv zanjirining barcha 
gangliyalari odatda bitta massaga to'planib, undan organlar va to’qimalarga nervlar tarmoqlanadi. 
Odatda, gangliya tananing har bir segmentiga to'g'ri keladigan (bir juft zanjirli) ko'plab 
tuzilmalar asalari lichinkalarida uchraydi. Ammo, ipak qurti kapalagi lichinkasida qorinning 
sakkizinchi gangliysi ettinchi segmenti gangliysiga qo’shilib, nerv tuguni hosil qilgan. Xuddi 
shunday, ninachilarning lichinkalarida birinchi qorin gangliysi oxirgi ko’krak gangliysi bilan 
qo'shilib ketadi. Voyaga yetgan asalarilarida orqako’krak gangliysi bilan ikkita oldingi qorin 
gangliylari birlashadi.
Sarcophaga chivinlarida barcha ko’krak va qorin gangliyalari ko'krak qafasida joylashgan 
bitta massaga (singangliy) birlashgan. Ammo qorin bo‘limida nerv zanjiri yo'q, faqat organlarga 


39 
boradigan periferik nerv tizimlari joylashgan. Xuddi shu narsa Lachnosterna xrushlarida ham 
kuzatiladi. 
Ba'zi hollarda bir xil turdagi, ammo har xil jinsdagi hasharotlar qorin nerv zanjiri turli xil 
gangliyalarga ega. Masalan, erkak burgada 8 ta qorin gangliyasi, urg'ochi sida 7 ta bo’ladi. 
Rivojlanishning turli bosqichlarida xuddi shu hasharotdagi asab tizimining tuzilishi ham 
mutlaqo boshqacha bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, hasharotlar imagosida lichinkalarga 
qaraganda qorin nerv zanjiri ko'proq to'plangan (ya'ni gangliyalarning ko'p qismi birlashgan) 
bo’ladi. Asalari lichinkasi nerv zanjirida 10 gangliya bor, voyaga yetgan asalarida esa 7 ta. Ba'zi 
hollarda qorin bo‘limi nerv zanjirining "qisqarishi" tananing umumiy qisqarishi bilan bog'liq. Bu, 
ayniqsa, plastinkasimon mo’lovli qo'ng'izlari va komstok qurtlari uchun to'g'ri keladi. 
Tananing ma'lum bir qismiga tegishli bo'lishiga qaramay, qorin bo’limi zanjirining nerv 
tugunlari simpatik nerv tizimi va miya elementlari orqali bir-biri bilan bog'lanib turadi, shuning 
uchun har bir ganglion boshqalar bilan hamkorlikda ishlaydi. Shu bilan birga, nerv tugunlari ma'lum 
darajada avtonomdir. Masalan, asalari chaqqan paytida oxirgi gangliy nish bilan birga tanasidan 
ajralib chiqib ketadi. Lekin, qisqa vaqt davomida jarohat joyida o'z faoliyatini davom ettiradi. 

Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish