O’zbekiston rechpublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligi


Miyada uchta bo'lim ajralib turadi



Download 14,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/75
Sana22.04.2022
Hajmi14,87 Mb.
#571571
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
Bog'liq
Entomologiya O\'UM 2021

Miyada uchta bo'lim ajralib turadi: 
1
-
birlamchi miya (prototserebrum); 2- ikkilamchi 
miya (deutocerebrum); 3- uchlamchi miya (tritotserebrum). 
Tritoserebrum
ichakdan yuqorida joylashgan bo'lib, u noaniq shakldagi massa 
ko’rinishida bo’ladi, o'ng va chap yarimlarga bo'linadi. O’ng va chap yarimlar o'rtasida ichakning 
old qismidan o’tuvchi, uni yoy shaklida o'rab turuvchi peremichka mavjud. 
Protocerebrum yoki birlamchi miyada 
ma'lumotni tahlil qilish va qayta ishlash uchun 
javob beradigan juda ko'p miqdordagi neyronlar to'plangan. Hujayra tanalari asosan bo'limning 
tashqi qatlamlarida joylashgan bo'lib, kiruvchi va chiquvchi nerv tolalar protoserebrumning ichki 
qismida yotadi. Bunday tuzilish hasharotlarning miyasini ba'zi odamlar va yuqori hayvonlarning 
miyasiga o'xshatib qo'yadi, bunda prototserebrum katta yarim sharlarning ma'lum bir analogidir. 
Hasharotlar protocerebrumi ichida nerv hujayralari o’simtalari neyropillar deb ataladigan 
tolali massalarni hosil qiladi. Ularning yordami bilan miya qismlarga bo'linadi. Quyidagi – 
markaziy tana, protocerebral lopast, qo’ziqorinsimon tana, protocerebral ko'prik, ventral tana, 
mejserebral qism, ko’ruv qismi protocerebrumning bo’limlari bo’lib, ularni alohida ko’rib 
chiqamiz. 
Markaziy tana 
qismida u bilan maxsus bog'lanadigan hujayralar yo'q, ammo miyaning 
turli qismlarida joylashgan neyronlar o'z o’simtalarini markaziy tanaga yetkazib berishadi. Shunday 
qilib, markaziy tana - bu “ma'lumot almashish” nuqtasidir. 
Qo'ziqorinsimon tanalar miyaning muhim assotsiativ markazlari hisoblanadi. "Qo'ziqorin 
shaklidagi" nomi ushbu tuzilmalarning g'ayrioddiy shaklini aks ettiradi: ularning har biri "shapka" 
va "oyoq" dan iborat. Yuqori qismidagi "shlyapa" yoki "chashka" ko'p miqdorda kiruvchi nerv 
hujayralarini o'z ichiga oladi. "Oyoq" har bir qismdan chiqadi, pastda ular bitta umumiy "oyoq" ga 
birlashadi.
Qo'ziqorinsimon tanalar miyaning boshqa qismlari va bir-biri bilan, shuningdek, qorin nerv 
zanjiri elementlari bilan ko'plab aloqalarni hosil qiladi. Shu asosda ular hasharotlar hayotiy 
faoliyatining eng muhim muvofiqlashtiruvchisi hisoblanadi. Hasharot qanchalik rivojlangan bo'lsa 
va uning xatti-harakati qanchalik murakkab bo'lsa, qo'ziqorinsimon tanalari shuncha katta bo'ladi. 
Ularning rivojlanishining maksimal darajasi jamoa bo’lib yashovchi hasharotlar - 
asalarilar, chumolilar, arialarda kuzatiladi. Qizig'i shundaki, hatto bitta tur ichida ham, hasharotlar 
miyasining tuzilishida farqlarga ega bo'lishi mumkin. Masalan, Lasius umbratus turlarining ishchi 


38 
chumolilarida qo'ziqorinsimon tana yirik, urg'ochlarida kichikroq, erkaklarda esa eng kichik bo'ladi. 
Shu asosda biz chumolilar oilasining ayrim a'zolarining xatti-harakatlarining murakkabligi 
to'g'risida xulosa chiqarishimiz ham mumkin. 
Shuningdek, qo'ziqorinsimon tanalar shartli reflekslarning shakllanish joyidir. Ular 
qanchalik yaxshi rivojlangan bo'lsa, ularda hujayralar qancha ko'p bo'lsa, hasharotda o'rganish 
qobiliyati shunchalik yaxshi bo'ladi. Agar ushbu shakllanishlar yo'q qilinsa, hasharotlar hayot 
davomida olingan barcha ko'nikmalarni yo'qotadi, faqat shartsiz reflekslari qoladi. 

Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish