O’zbekiston rechpublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligi



Download 14,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/75
Sana22.04.2022
Hajmi14,87 Mb.
#571571
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75
Bog'liq
Entomologiya O\'UM 2021

Melanoplus
lar 27 daraja issiqda minutiga 25,6 marta nafas olish harakatini 
amalga oshiradi, 9 darajada 9 martagacha. Dam olish paytida asalari 40 ta nafas olish harakatini 
bajarsa, aktiv “ish vaqtida” 120 ta harakatni amalga oshiradi. 
Hasharotlarning imagosida ko`pincha 10 juft nafas teshikchalari bo`ladi. Birinchi jufti o`rta 
ko`krakda, ikkinchisi orqa ko`krakda, qolganlari qorin bo`limlarida bir juftdan. 
Asalarilarda havo oldingi nafas teshikchalari (stigmalar) orqali kirib, murakkab traxeya 
sistemalari orqali harakatlanib. orqa tomondagi stigmalardan chiqib ketadi. 
Primitiv hasharotlarda stigmalar doim ochiq bo`ladi; murakkab tuzilishga ega hasharotlarda 
esa stigmani yopadigan maxsus tuzilmalari bo`ladi. Shuningdek, nafas teshikchalarida turli chang 
zarralarini tutib qoladigan “filtr” yoki mayda “panjaralar” bo`ladi. 
Stigmalar hasharotlar lichinkalarida imagolariga nisbatan ko`rinarli bo`ladi, jumladan, ular 
katta va ko`pincha aloxida ranglar bilan ajralib turadi. 
Ba’zan stigmalar atrofi havoni mexanik tozalovchi tukchalar bilan qoplangan bo`ladi. 
Hasharotlarni rivojlanishi davomida stigmalar soni va tuzilishi o`zgarishi mumkin. Masalan, 
qattiqqanotlilar lichinkalarida stigmalar soni imagolariga nisbatan ko`p bo`ladi, pashshalar 
lichinkalarida esa faqatgina tananing orqa qismida bir juft bo`ladi. So`zanak lichinkalarida jabra 
bo`ladi. Ko`pgina suv hasharotlarida yopiq traxeya tizimi bo`lib, nafas teshikchalari bo`lmaydi. 
Nafas olishda maxsus jabralar orqali suvda erigan kislorod olinib, traxeyalar tarmog`iga o`tkaziladi. 
Yupqa traxeyalar jabra yuzasini o`rab olib, ular orqali kislorod diffuziyalanadi. Rucheyniklar, 
vesnyankalar imagolarida va so`zanak lichinkalarida nafas olish shu tarzda sodir bo`ladi. 
Lichinkalar voyaga yetgandan so`ng jabralar reduktsiyalanib, traxeya tizimi yopiq xolatdan ochiq 
tizimga o`tadi. 
Ayrim suv hasharotlarida nafas olish atmosfera havosidan ochiq traxeya tizimi orqali amalga 
oshadi. Ular suv yuzasiga ko`tarilib, traxeyalarni havoga to`ldiradi va kislorod zaxirasi tugagunga 
qadar suv ostida bo`ladi. 
Shu sababli ularning nafas sistemasida 2 ta asosiy xususiyat mavjud. Birinchidan ularda 
maxsus xavo qopchalari bo`ladi, ikkinchidan nafas teshikchalarini maxsus berkitish tizimi 
shakllangan. 
Suzuvchi qo`ng`izlarda nafas teshigi – stigma tanasining orqa qismida joylashgan bo`lib, 
nafas olish uchun suv yuzasiga ko`tariladi va tanasini vertikal (qorin qismi yuqoriga) holatda tutib, 
stigmasini suvdan tashqariga chiqarib ochadi va atmosfera havosidan nafas oladi.
Oddiy chivinlarning lichinkasida qorin qismining 8, 9-bo`g`inlari tutashadigan qismida 
maxsus nafas trubkalari bo`lib, suv satxida joylashishiga qarab uzaytirib yoki qisqartirib turadi. 


34 
Odatda, traxeya jabrasi bargsimon shaklda bo`lib, teri burmalariga o`xshaydi, qorin qismida 
stigma joylashgan joyda bo`ladi. Eng ingichka traxeollar jabra yuzasiga yaqinlashadi, lekin hech 
qachon tashqi tomon ochilmaydi. Ular suvdan diffuziya orqali kirib boradigan kislorodni ushlab, 
uni raxeya naychalari bo`ylab tarqatadi va barcha hujayralar va to`qimalarga yetkazib beradi. 
Ba’zi podenoklarda jabralar “qopqoq” ostida yashiringan. Masalan, Baetiska. Prosopistomada 
esa orqa ko`krak tergitlar va qanotlar asoslaridan hosil bo`lgan jabra kamerasi mavjud. Unda uchta 
teshik bo`lib, ular orqali jabralar suv bilan yuviladi.
Ko`pchilik parazit hasharotlarda nafas olish tizimi soddalashgan bo`lib, ularda traxeya tizimi 
mavjud emas. Ayrim parazit bo`lmagan sodda tuzilishga ega hasharotlarda (Protura; Collembola) 
ham traxeya tizimi yo`q. 
Suv yaydoqchisi (Anagrus)da traxeya tizimi butun hayoti davomida suyuqlik bilan to`lgan 
bo`ladi va nafas olishda ahamiyatga ega emas. 
Yuqoridagi kabi hasharotlarda nafas olish teri orqali amalga oshadi. Parazit pashshalar 
lichinkalari, yaydoqchilarning lichinkalarida ham butun tana yuzasi orqali yoki ayrim parazit 
hasharotlar lichinkalarida aloxida nafas olish tuzilmalari orqali nafas oladi. Jumladan, Apanteles 
pashshalari lichinkalarida “dum pufakchalari” deb nomlangan “a’zosida” intensiv nafas olish sodir 
bo`ladi. 
Otlarning oshqozonida yashaydigan parazit lichinkalarda “qizil organi” bo`lib nafas olishda 
ishtirok etadi. 
Kislorod traxeyaga qanday kirishidan qat’iy nazar, biokimyoviy nafas olish kislorod qabul 
qilishning oksidlovchi jarayoni hisoblanadi. Kislorod organizmga kirgandan so`ng oziq-ovqat 
tarkibidagi oqsillar, yog`lar, uglevodlar molekulalarini oksidaza fermenti yordamida oksidlaydi. 
Buning natijasida energiya ajralishi va metobolitlar hosil bo`lishi kuzatiladi. Ajralib chiqqan 
energiya hasharotlar organizmi extiyoji uchun sarflanadi. Qabul qilingan kislorod bilan ajratilgan 
korbanad angidrid nisbati doimiy bo`lmaydi. Korbanad angidridning asosiy qismi traxeyalar orqali 
chiqarib yuborilsa, oz miqdorda gemolimfaga so`rilib, diffuziya yo`li bilan teri orqali ham chiqib 
ketadi.


35 

Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish