O’zbekiston rechpublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligi


Beshiktervatarsimonlar (Mantodea) turkumi



Download 14,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/75
Sana22.04.2022
Hajmi14,87 Mb.
#571571
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
Bog'liq
Entomologiya O\'UM 2021

Beshiktervatarsimonlar (Mantodea) turkumi. 
Ushbu turkumga mansub hasharotlar ko‘proq 
yirik, cho‘ziq va yassi gavdali bo‘ladi. Ular yirtqich hasharotlar hisoblanadi. Beshiktervatarlar issiq 
iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Ko‘pchilik turlari yashayotgan muhitdagi narsalar rangiga 
moslasha oladi. Beshiktervatarlar tuxumlarini suvaraklar kabi ooteka ichiga joylashtirib qo‘yadi. 
Etuk beshiktervat va lichinkalar, asosan turli hasharotlar bilan oziqlanadi. Tropic mamlakatlarda 
uchraydigan yirik turlari, hatto qushlar, sudralib yuruvchilar, baqalarga ham hujum qiladi. 2000 dan 
ortiq turi fanga ma’lum. 
Beshiktervatlar 
(Manteidea) oilasiga ko‘p va keng tarqalgan turlar kiradi. Old elkasi ikki 
yonboshiga bo‘rtib chiqib, kenggaygan (oldingi oyoqlariga o‘rnashgan qismida). Oldingi oyoqlar 
sonining ichki tomonidagi tikanlar uzunligi teng. 
Oddiy beshiktervat 
(Montis religosa L.) ko‘proq daraxtlarda uchraydi. Uning rangi yashil yoki 
to‘q yashil, kattaligi 40-70 mm. old ko‘kragi uzun, uning chetlari g‘adir-budur (urg‘ochilarida) yoki 
tekis (erkaklarida). Oddiy beshiktervatga o‘xshagan Hierodula tenuidentata Sanss. tur uchraydi. 
Uning qanotlari oqish rangli va nuqtali, orqa oyoqlari soni uchida ingichka tikanchalari bor, 
kattaligi 50-60 mm. 
Termitlar (Isoptera) turkumi 
Termitlar
-(Isoptera) mayda yoki o‘rta o‘lchamli, odat yorug‘likdan o‘zini olib qochadigan 
va erda, yog‘och-taxta yoki kartonsimon materiallardan uya qurib, oila hosil qilib yashovchi 
hasharotlardir. Boshqa jamoa hosil qilib yashovchi hasharotlar singari, uyadagi jamoa to‘dasi bir xil 
emas. Termitlar chala o‘zgarish hisobiga rivojlanadilar va nafaqat to‘liq rivojlangan imagolik 
shaklida, balki jinsiy voyaga etmagan individlari ham faollik ko‘rsatadilar. SHuning uchun ham 
termitlarning tabaqalari chumoli tabaqalariga nisbatan turli-tuman va keskin ifodalangan bo‘lib, 
rivojlanish jarayonida barcha termitlar bir qancha stadiyalarni o‘tab, ularning har biri 1 yoki bir 
necha yoshga kiradilar. Natijada har bir zot o‘ziga xos ixtisoslashgan morfologik qiyofa va 
funksional xususiyatlarni mujassamlashtiradilar.
Tuxumdan lichinkalar differensiyasiyasi belgilari bo‘lmagan holda ochib chiqadilar. Bir 
qancha tullashlardan keyin lichinkalar nimfaga aylanib, ularning qanot murtaklari yoshdan yoshga 
o‘tgan sari yiriklashib boradi. Odatda yiliga bir marta vaqti-vaqti bilan uyada ko‘psonli ayrim jinsli 
qanotli shakllilari hosil bo‘lib, ular uyadan biryo‘la uchib chiqadilar va qisqa vaqt uchgandan so‘ng 
erga qo‘nib, maxsus elka choklaridan o‘z qanotlarini sindiradilar, juftlarini izlab va juftlari bilan 
pana joy topib, u erda yangi oilaga asos quradilar. Bu termit asoschilarini shoxona juftlar deyiladi. 
Boshqa qolgan lichinkalarda qanot murtaklari rivojlanmaydi, bunday lichinkalar o‘sgan sari haqiqiy 
ishchilar yoki psevdoergatlarga aylanadi. Maxsus tabaqa xosil qilgan ishchi zotlari odatda bir 
qancha yoshga kiradilar (masalan Turkiston termiti ishchi tabaqalari 8 yoshni o‘taydilar) va boshqa 
turlarda navkarlarga (soldat) aylanishi mumkin. Termitlardagi bunday unikal tabaqa 
differensiatsiyasi ular chala o‘zgarish natijasi xususiyatlaridan biridir.
Oilaning asosiy massasini ishchi va lichinka tashkil qiladi. Ishchilar oziqa to‘plash, uni 
uyaga etkazish, jinsiy zotlarni, navkar va lichinkalarni, oziqlantirish, tuxumlarga g‘amxo‘rlik qilish 
va uyada hamda uning tashqarisida qurilish ishlarini amalga oshirish bilan band bo‘ladi. Haqiqiy 
ishchilar – qanotsiz, erkaklik yoki urg‘ochilik jinsiy a’zolari rivojlanmagan zotlardir. Ular nimfaga 
aylanmaydilar va shunga muvofiq, xech qachon jinsiy voyaga etmaydilar. 
Anoplotermes (Termitidaae) 
avlodidan tashqari barcha termitlarda askar tabaqasi bo‘ladi. 
Ayrimda bir vaqtning o‘zida ular ikki yoki uch ko‘rinish shaklida uchraydi. Bu qanotsiz zotlarda 
boshi va mandibullari ixtisoslashgan bo‘ladi. Navkarlarning vazifasi uyani dushmanlardan, ayniqsa 


53 
chumoli va boshqa termit turlardan himoya qilishdir. Har xil turlarda u turlicha amal qiladi: navkar 
dushmani tutib olib, kuchli mandibullalari (jag‘lari) bilan u tishlash, uyada teshiklar hosil bo‘lsa, 
uni boshi bilan bekitish, yohud peshana bezi sekretini dushmanga qarata purkash va h Har bir usul 
ular bosh tuzilishi morfologiyasiga mos keladi. (29 - rasm). 
Uyadagi ko‘p sonli termitlar orasidagi o‘zaro bog‘langanlik faoliyati va ular tabaqalar 
tarkibining boshqarilishi feromonlar yordamida amalga oshiriladi. Termitlar yog‘och-taxta, qurigan 
o‘simlik qoldiqlari yoki gumus bilan oziqlanadilar. Ayrim termit turlari uyalarida zamburug‘larni 
ham o‘stiradilar. 
Ko‘pchilik termitlar-ksilofaglardirlar. Ular yog‘och bilan oziqlanishida va oziqaning hazm 
bo‘lishida zamburug‘lar, bakteriyalar va ixtisoslashgan sodda hayvonlar ishtirok etadilar. 
Zamburug‘lar ko‘pchilik termitlar uchun muhim oziqa komponenti hisoblanadi. Bundan tashqari 
yog‘ochda qo‘ng‘ir chirishni keltirib chiqaradigan ko‘pchilik bazidiomitsetlar, yog‘ochning 
kimyoviy tarkibini o‘zgartirib, termitlar klechatka va ligninni o‘zlashtirishlarini bir muncha 
engillashtiradilar. Bunday yog‘ochlar bilan termitlar bir muncha yoqtirib oziqlanadilar va bunda 
ular yaxshi rivojlanadilar. 

Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish