Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
Maktabgacha yoshdagi bolalarga har xil turdagi matnlarni tuzishni o’rgatishga doir ishlar shakllari va metodlarini metodik jihatdan asoslang.
Lug’at ishining bosh vazifasi qaysi metodlar, usullar orqali amalga oshirilishi lozim? (lug’at zahirasini boyitish, kengaytirish va faollashtirish).
Bolaning ona tilidagi nutqi mazmunini rivojlantirish uchun qaysi shartsharoitlar zarur? O’z javobingizni aniq misollar orqali asoslang.
Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirishga doir ishlar mazmuni nimalardan iborat? Bolalarda ona tilidagi grammatik jihatdan to’g’ri nutqni shakllantirish metodlari va usullarini tavsiflang.
Bolalarda nutqning tovush jihatini rivojlantirish va takomillashtirish uchun qaysi metodlar, usullar va vositalarni qo’llash zarur?
Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlarning ustuvor yo’nalishini ayting. Har bir yo’nalishni tavsiflang.
5. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TEVARAKATROFNI BILISHDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLIGIYASI.
Reja:
Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish.
MTTda bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi.
Maktab yoshdagi bolalarni tevarak-atrofni bilishda bog’lanishli nutqini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: ma’nodosh, uyadosh, xususiyat, shaxsiy qobiliyat, jarayon, shaxsiy hayot, tevarak-atrof, rivojlantirish, texnoligiya.
Tilni to’g’ri o’rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib so’zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar o’rtasidagi bog’lanishning turli ko’rinishlarini anglab еtishga olib keladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog’lom, tbiiy muhit yaratish, ularning to’g’ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gaplashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo’ladi. Buning uchun bolalar nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga erishish muhim bo’lib, ular quyidagilardan iboratdir: - dastlab bola o’z lug’at boyligiga ega bo’lishi;
bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniqshakllantirishga e’tibor berish;
bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalash;
dialogik nutq, ya’ni so’zlashuv nutqini o’stirish;
hikoya qilib berish;
bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish;
bolalarni savod o’rgatishga tayyorlash va boshqalar.
Bu talablar maktabgacha tarbiyaning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Lekin ularning har birida bolalarning yosh xususiyati, shaxsiy tayyorgarlik darajasi, albatta, hisobga olinadi.
Bolalarning tevarak-atrofni kuzatib borishi natijasida talaffuzi ham ijobiy tomonga o’zgara boshlaydi; tovushlarni to’g’ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik tomondan gapni to’g’ri tuza boshlaydilar, lug’at boyligi ham ortadi. Bolalarning o’zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu hikoyalarni erkin bayon qila oladilar. Ularda kattalar bilan muloqotga kirishish, o’z fikrini erkin bayon etish kabi xislatlar paydo bo’la boshlaydi. Shunga ko’ra bolalar nutqida tovush madaniyatini takomillashtirish, atrofdagi narsalar, predmetlar, hodisalar nomini ifodalovchi so’z boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning oddiy shakllariga rioya etish, o’z fikrini grammatik jihatdan to’g’ri va aniqifodalay olish ko’nikmalarini paydo qilish muhim va zarur hisoblanadi.
Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tushunish, his etish, hikoyalar tuzish, o’z fikrini bayon qila olish, ifodali o’qish faoliyati jarayonida tarkib toptiriladi.
Ma’lumki, bog’lanishli nutqda bolalarning atrofdagilar bilan voqea-hodisalar ta’siri natijasida o’zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o’z aksini topishi mumkin.
Nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o’ynaydi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning og’zaki nutqqa doir, malaka va ko’nikmalari mavjud bo’lganligini hisobga olib, ularda bog’lanishli nutqni shakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona-Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Bunda «Bolalar bog’chalari uchun dastur»da bolalarda mustaqil O’zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, uning o’tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo’qon kabi tarixiy shaharlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lish, «Mustaqillik kuni» (1991 yil 1 sentyabr), O’zbekiston ramzlari: gerbi, bayrog’i, madhiyasi bilan tanishtirish, O’zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bolalarning o’z mahallasi, ko’chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; O’zbekistonning tabiati, еr-osti va usti boyliklari, tog’lari, cho’l va adirlari, tog’u soylari, o’rmonu-bog’lari, iqlimi; buyuk siymolari, sarkardalari, ulug’ mutafak-kirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o’zbek xalqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalarning otaonalari, aka-opalarining O’zbekiston xalq xo’jaligining turli sohalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar haqidagi bilimlarni aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog’lanishli nutqini o’stirishga yordam beradi.
Bunda, birinchi navbatda, bolalar so’z boyligini kengaytirishda Respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq xo’jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalarning o’ziga xos belgilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar, nom va so’zlar bilan boyitish zarur. Shuningdek, xalqog’zaki ijodi namunalarini o’rganish; ona tilidagi antonim, sinonim, omonim so’zlarni tushunish va to’g’ri qo’llashga doir tushunchalar, so’zlar bilan boyitishga erishish lozim. Bolalarni narsalarning nomlarini to’g’ri aytishga, ularning o’xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yo’naltiruvchi lug’atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutqmadaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o’rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bog’lanishli nutqi yoshiga ko’ra orqada qolib, qator kamchiliklar mavjud. Shuning uchun biz ularning nutqini kuzatishda odatdagi hayotiy faoliyatidan chetga chiqmaslikka harakat qildik. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi:
Ona tili boyligidan unumli foydalanish.
Nutqni rivojlantiruvchi omillarni to’g’ri belgilash.
Nutqni o’stirish jarayoni.
Nutqni o’stirishda uzviylik va uzluksizlik.
Nutqni o’stirish mazmuni.
Nutqni o’stirish shakllari.
Nutqda ijtimoiy-maishiy omillarning o’zaro aloqasi.
Sayrlar, o’yin va mehnat jarayoni – nutqni o’stirishning muhim vositasi ekanligi.
tashkilotlarida Nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan so’zlashishdir. So’zlashish og’zaki nutqning eng oddiy shakli bo’lib, unda bola o’zini tutishi, ko’z qarashi, xatti-harakati, ovozining past-balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So’zlashish – dialogik nutq, asosan kattalar yordamida amalga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida, ko’pchilik o’rtasida nutqmadaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi.
Bunda bir-birining nutqini to’ldirib borish, tuzatishlar kiritish, so’rash, so’rab bilib olish dialogik nutqqa o’rgatishning usullari sanaladi.
Ma’lumki, muloqot ikki shaklda – erkin va maxsus tayyorlangan mashg’ulotlarda amalga oshiriladi. Kundalik hayot va taassurotlar asosida uyushtiriladigan muloqot erkin muloqot bo’lib, yo’l-yo’lakay o’tkazilsa-da, bola nutqining ifodali bo’lishiga yordam beradi, ularda jumlalarni grammatik jihatdan to’g’ri tuzish malakalarining paydo bo’lishiga, so’z zahirasining boyishiga olib keladi. Shu bilan nutqmalakasining o’zlashtirilishiga zamin bo’ladi. Bolalarda ko’proqguruh bilan qilingan sayrlarda tevarak-atrofni kuzatib, tarbiyachisi va do’stlari bilan so’zlashadi, uyda esa oila a’zolari bilan muloqot natijasida nutqi shakllana boradi. Maxsus tayyorlanadigan muloqotlar esa dastur asosida muayyan mavzular bo’yicha uyushtiriladi.
Masalan, maxsus tayyorlangan suhbatlar quyidagicha tuziladi: dastlab mavzu belgilanadi, uning maqsadi, vositalari aniqlanadi, savollar tuziladi. Lekin bularning har biri Nimaga? Nima uchun? Nimadan? Qanday qilib? kabi izlanuvchi va muammoli savollar tarzida bo’lishi zarur. Shu bilan birga, savollar, umumlashtiruvchi xarakter kasb etishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |