Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqotning asosiy masalalari konfessiyalararo munosabatlarda diniy bag‘rikenglik masalalari, ularning ilmiy-metodologik asoslari hisoblanadi. Shuningdek, diniy bag‘rikenglikning evolyusiyasi, uni rivojlantiruvchi omillar tahlil qilinib, mazkur sohada o‘z echimini kutayotgan muammolar o‘rganildi.
Tadqiqotning farazlari esa, jamiyatda diniy bag‘rikenglikni shakllantirish mamlakat tinchligi, barqarorligi, oxir-oqibatda esa taraqqiyotiga xizmat qilishi bilan izohlanadi. O‘z fuqarolarida diniy bag‘rikenglik, tolerantlikni shakllantira olmagan davlatlarda barqarorlik izdan chiqib, turli nizolar, hatto mamlakat fuqarolar urushiga yo‘l ochiladi. Diniy to‘qnashuvlarning xavfi, ko‘lami bundan ham kengaysa, butun jahonni o‘z komiga tortishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |