Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- o‘zbek xalqiga xos diniy bag‘rikenglik xususiyatlari demokratik qadriyatlarga tayangan holda ochib berilgan;
- islom dinidagi bag‘rikenglik O‘zbekiston milliy-ma’naviy taraqqiyot konsepsiyasidan kelib chiqqan holda tolerantlikka oid yondashuvlar misolida ochib berilgan;
- jahon dinlaridagi gumanizm g‘oyalari va diniy bag‘rikenglik mezonlarining uyg‘unligi asoslangan;
- konfessiyalararo munosabatlarda bag‘rikenglikni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |