O‘zbekiston milliy universiteti Falsafa fakulteti O‘zr fa falsafa va huquq instituti



Download 0,91 Mb.
bet35/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#263118
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
qadriyatlar falsafasi lotin2

Mustaqil O‘zbekistonda vujudga elayotgan qadriyatlar tizimining sotsial-
iqtisodiy asoslarini yaratish jarayonidagi ijtimoiy realliklarga nisbatan
tadrijiy rivojlanish modelining dialektik mohiyatini quyidagi tarzda ifodalash
mumkin: «Asosiy vazifamiz hech qanday ijtimoiy larzalarsiz, ochlik, qashshoqliksiz,
odamlarga ziyon etmaydigan tarzda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yangi
bosqichiga o‘tishdan iborat»
30.

Har qanday tadrijiy o‘zgarishning asosi ijtimoiy barqarorlikdir,


barqarorlikning asosi esa jamiyatdagi asosiy ijtimoiy sub’ektlar, guruhlar,
qatlamlar, sinflar va boshqalar o‘rtasidagi muayyan qadriyatlarga asoslangan kelishuv,

hamjihatlik va hamkorlikdir.

Bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchisga o‘tilayotgan davrda davlatning zimmasida
eng qiyin, eng murakkab va eng serqirra vazifallar qoladi: davlat ijtimoiy
barqarorlikni saqlab turishi, xalqning nihoyatda qashshoqlashib ketishining oldini
olishi, eskilikning o‘rniga yangilikning vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan
ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf qilishi, o‘zgarishlarni bosqichma-
bosqich amalga oshirishni ta’minlab turishi lozim. Bunday sharoitda davlat
aholining barcha qatlamlarida qonunlarga rioya qilish borasida sobitqadamlik bilan
harakat qilish uchun kurash olib borishga majbur bo‘ladi. bir qadriyatlar tizimidan
ikkinchi qadriyatlar tizimiga o‘tishning O‘zbekiston sharoitidagi tiqtisodiy-
ijtimoiy asoslarini yaratish bilan bog‘liq amaliyotida»… davlat asosiy islog‘otchi
bulishi kerak, u eng muhim sohalarni belgilab berishi, islohatlar siyosatini ishlab
chiqishi va uni izchil amalga oshirishi, jaholatparastlar va konservatorlarning
qarshi-ligini sindirishi lozim »
31.

Bizningcha, mustaqil O‘zbekitsonda yangi qadriyatlar tizimining shakllanish


istiqbollari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va mintaqamizda kechadigan jarayonlar
bilan uzviy bog‘liq bo‘lib qoladi. MDHning vujudga kelishi, unga a’zo bo‘lgan
davlatlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni qonuniy va teng huquqlik asosida
vujudga keltirishga intilish borayotganligi, MDH davlatlari o‘rtasidagi
munosabatlarni «Evropa hamkorligi» (Maastrixt shartnomasi asosida tuzilgan
davlatlar uyushmasi) mamlakatlari orasidagi aloqalarga o‘xshatish uchun harakat
qilinayotganligi bejiz emas.

Xalqlari azal-azaldan qondosh va qardosh bo‘lgan mintaqamiz davlatlari


orasidagi munosabatlar oddiy qo‘shnichilik aloqalaridan farq qilishi, bu borada
umumiy o‘tmish, tarixiy, madaniy, ma’naviy yaqinlik o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatishi
tabiiy. Ularning har biridagi qadriyatlar tizimini barqaror qilishda o‘ziga xoslik
bo‘lishi bilan birga umumiy yaqtinlik, o‘xshash istiqbol bo‘lishi mumikn. SHuning uchun
ham mintaqamizdagi yangi qadriyatlar tizimining shakllanish istiqbollari ijtimoiy
rivojlanishning muayyan yo‘llarini tanlab olish bilan ham bog‘liq.

29 Karimov I.A. YAngi uy qurmay turib, eskisini buzmang. - T.: O‘zbekiston, 1993. 5-bet.

30 Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. -T.: O‘zbekiston, 1996. 249-bet

31 Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. - T.: O‘zbeiston, 199149-bet

80

www.ziyouz.com kutubxonasi

O‘zbekistonda yangi qadriyatlar tizimining vujudga kelishi, bunda eskining
o‘rnini yangi egallashi, barqaror tizimga aylanishi eski ijtimoiy tizimdan yangisiga
o‘tish davriga mos keladi. bu jarayonda qadriyatlarni barqaror qilish, ularning
amaliyotdagi turli farqlar, tafovutlar, qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, bu
boradagi rang-barang ehtiyoj, qiziqish, maqsad va intilishlarni hisobga olish
zaruriyati paydo bo‘ladi. aynan ana shu zaruriylik esa bu jarayonning samarali amalga
oshish yo‘llarini va usullarini tanlashda va amalga oshirishda adashmaslik, ehtiyot
bo‘lish va sobitqadamlikni talab qiladi. SHu bilan birga, nafaqat ijtimoiy-siyosiy,
balki iqtisodiy va ma’naviy sohalarda tub o‘zgarishlar bo‘lishini zaruriyatga
aylantiradi. Bu masala nihoyatda keng mavzu bo‘lganligidan, unga alohida va atroflicha
yondashish lozim.

81

www.ziyouz.com kutubxonasi



XULOSA

Qadriyatshunoslik masalalari hozirgi davrda ham nazariy, ham amaliy ahamiyat


kasb etmoqda. Mustaqillik yo‘lidan borayotgan O‘zbekistonda qadriyat-larning jamiyat
hayotidagi ahamiyatini atroflicha o‘rganish, hayotimizda umuminsoniy tamoyillarning
ustivorligini ta’minlash nuqtai nazaridan bu masalalarning ahamiyati yanada oshib
bormoqda. Avvalo, yurtimiz sivilizatsiyasigaxos qadriyatlar rivojini, bu
sivilizatsiya tarixida o‘chmas nom qoldirgan olim, mutafakkir va allomalarimizning
merosini o‘rga-nish, bu boradagi xayrli ishlardan biridir. Ana shu yo‘nalishdagi
ishlar sivilizatsiyamizning umuminsoniy qadriyatlar taraqqiyotiga juda katta hissa
qo‘shganligi, boshqa sivilizatsiyalar va xalqaro madaniyatiga omilkor ta’sir
o‘tkazganligini, yurtimiz jahon madaniyatining o‘choqlaridan biri bo‘lgan-ligini
yanada zamonaviy dalillar bilan boyitadi. SHu bilan birga bu dalillar biz
tavsiflayotgan qadriyatlar sohasiga oid tarixiy asoslarni, zamonaviy aksilogiyaning
sharqona ildizlarini, uning hozirgi zamondagi yo‘nalishlarini aniqlash imkonini
beradi.

Qadriyatshunoslikning fan sifatidagi o‘rnini belgilaydigan muammolarning


echimlari, bu fanning bahs mavzui, asosiy qonun qoidalari, tushuncha va kategoriyalari
bilan bog‘liq maslalarni o‘rganish ham nihoyatda muhim. hozircha bu maslalarga oid
bilimlar oz bo‘lishiga qaramasdan, ularning mohiyati, mazmuni, ahamiyati to‘g‘risida
dastlabki bilimga ega bo‘lish imkonini tug‘ilmoqda.

Sobiq SSSRning parchalanib ketishi, uni qadriyatlar sistemasining o‘tmishiga
aylanishi, MDHning tashkil topishi, ittifoq hududida vujudga kelgan mustaqil
davlatlar, jumladan O‘zbekitsonda ham o‘ziga xos, yangi qadriyat tizimlarining
shakllanish jarayonini o‘rganish nihoyatda muhim. Bunda, ilmiy bilishning bir qator
usullari bilan birga, tarixni aksiologik tushunish uslubiga tayanish yaxshi natija
beradi. Tarixni aksiologik tushunish uslubiga tayanish yaxshi natija beradi. Tarixni
aksiologik tushnilganda, o‘tmishdagi qadriyatlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarni, tarixiy
rivojlanish bosqichlariga xos qadriyat tizimlarining shakllanishi. Amal qilishi,
o‘rin almashinuvi, bundagi inkor va vorislik dialektikasini tavsiflash osonlashadi.
Ana shular asosida olingan dalillar esa, hozirgi davrda qadriyatlar sohasida ro‘y
berayotgan o‘zgarishlarni aniqlash, jamiyatdagi aksiologik jarayonlarni to‘g‘ri baholash
imkonini yaratdi. Hurmatli kitobxon, bu boradagi barcha masalalarniatroflicha qarab
chiqishning iloji yo‘q, ammo ularga kelajakda qaytish imkoni ochiq. sizni ushbu
kitobni o‘qish jarayonida, mavzu borasidagi masalalarning echimlaridan ko‘ra,
qadriyatlar sohasidagi bilimlarni izohlashga oid ko‘pgina muammolar borligi
yo‘naltirgan bo‘lishi tabiiy. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. zero aksiologiyani
qadriyatar to‘g‘risidagi bilimlar sistemasi sifatida izohlashga ilk urinishlar
endigina namoyon bo‘lmoqda. Mazkur kitobning maqsadi-nafaqat ana shu urinishlardan
birini sahifalarda ifodalash, balki bu boradagi echimini kutayotgan masalalarga
mutaxassislar va tadqiqodchilarning e’tiborini yana bir karra qaratishdan iborat
edi. mazkur masalalarning echimlari esa, qadriyatlar mavzusida tadqiqotlar olib
borayotgan mutaxassislarning hamkorligiga bog‘liq. Oldinda turgan asosiy vazifalar
orasida bir nechasini alohida ajralib ko‘rsatish mumkin.

Avvalo, istiqlol yo‘lidan borayotgan O‘zekistonda shakllanayotgan yangi,


demokratik qadriyatlar tizimini aksiologik asosda tavsiflab berish, bunda,
I.A.Karimov asarlarida ilgari surilayotgan qadriyatlar borasidagi fikr, xulosa va
mulohazalarga asoslangan holda, respublikamizda barqarorlik va hamjihatlikning
qadriyatlari bilan bog‘liq negizlarini ko‘rsatish, bu boradagi vazifalarni echishning
samarali yo‘llarini izlab topish nihoyatda muhim.

Ikkinchidan, mustaqillikka asoslangan yangi, demokratik qadriyatlar


tizimining shakllanish va taomillashish, uning umumjahon qadriyatlar tizimining

82

www.ziyouz.com kutubxonasi

tarkibiy qismiga hamda mamlakatimiz aholisining birligini ta’minlaydigan
ma’naviy mezonga aylanish imkoniyatlarini ko‘rsatish katta ahamiyat kasb etadi. bu
boradagi serqirra jarayonni umumiy boshqarishni to‘g‘ri tashkil qilish maqsadida,
«Mustaqil O‘zbekistonda yangi, demokratik qadriyatlar tizimini

takomillashtirishning kompleks dasturi»ni ishlab chiqish hozirgi davrda qadriyatlar
borasidagi amaliyotning eng asosiy masalasiga aylanib qoldi.

Uchinchidan, qadriyatshunoslik muammosi bilan bevosita shug‘ullanuvchi


mutaxassislar, falsafiy bilimlarning shu sohaga aloqador olim tadqiqotchilari
zimmasiga nihoyatda katta vazifalar tushmoqda. Qadriyatlar omilining
ta’sirchanligini oshirish, kishilarda zamonaviy aksiologik dunyoqarashni
shakllantirish borasida ya’na bir qator vazifalar bor. Qadriyatlar mavzusi bilan
bog‘liq muammolarni tadqiq qilish doirasini kengaytirish, uning jahon, mintaqa va
respublikamizga xos namoyon bo‘lib xususiyat va jihatlarini tahlil qilishni
zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish borasida aniq rejalarni ishlab chiqish va
ular asosida faoliyat olib borish zarur. Qadriyatshunoslik qonuniyatlarining
mahalliy sharoitimizda qay tariqa amal qilishini namoyon qilish asosida, bu fanning
istiqbollarini va samarasini ko‘rsatish uchun, mustaqil ruspublikamiz jahon
qadriyatshunosligi yutuqlarini keng targ‘ib qiladigan qo‘llanma va kitoblarni chop
etishni, aksiologiyaning zamonaviy muammolariga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar
o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish lozim. Bu mavzu bilan muntazam shug‘ullanadigan
mutaxassislarning tadqiqotlarini umumiyligi manfaatlar va istiqlol ehtiyojlariga
xizmat qilishni ta’minlash maqsadida «Qadriyatshunoslik muammolarini o‘rganish
markazi»ni tashkil qilish, O‘zbekistonda shakllanayotgan yangi qadriyatlar tizimining
istiqbollariga xizmat qiladigan, aholining bu jarayon bilan bog‘liq fikr va
mulohazalarini o‘rganishga qaratilgan ruspublika, viloyatva tuman tashkilotlari uchun
amaliy qo‘llanmalar yaratishda zarur bo‘lgan dalillar to‘plash imkonini beradigan
aksiologik tadqiqotlar o‘tkazish zaruriyati etilgan. Olim va mutaxassislar hamkorli-
gida «Qadriyatshunoslik» darsligini yaratish va o‘quv yurtlari ijtimoiy bilim bilim
fakultetlarida uni maxsus darslar (spetskurs) sifatida o‘qish va o‘r-ganishni tashkil
qilish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish mustaqil respublikamizda qadriyatlar


mavzusini yanada ommalashuvi, qadriyatshunoslikning esa yangi rivojlanish bosqichiga
ko‘tarilishi uchun imkoniyat yaratadi. Ana shu imkonoyatni voqealikka aylantirish
istiqlol qo‘yayotgan talablarning bir qismi sifatida tadqiqodchi uchun mas’uliyat
yuklaydi. Mas’uliyat hissini sezish esa insonning eng qadrli xususiyatlaridan
biridir. U kelajakda qadriyatlar sohasida oid kitob va risolalar dunyoga kelishi
uchun ma’naviy asoslarini tayyorlaydi.

Xulosa qilib aytganda, qadriyat biror bir tarzda va shaklda zohir bo‘ladigan,


sub’ekt uchun muayyan ta’sirini namoyon qiladigan voqelikning turli-tuman shakllari,
ko‘rinishlari, narsalar, hodisalar, jarayonlar, munosabatlar, turli sifatlar,
xususiyat, axloq va ma’naviylik mezonlari hamda boshqalarning sub’ekt uchun
ijtimoiy ahamiyati va qadrini ifodalaydigan umumiy aksiologik kategoriyadir.

Turli xil jihatlar har qanday qadriyatning qarama-qarshi tomonlarini


tashkil qilada. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga ko‘ra bir-
biriga mutlaqo ziddek bo‘lib ko‘rinadigan yaxshilik va yomonlik, haqiqat va haqsizlik,
baxt-saodat va am-kulfat, evolyusiya va revolyusiya taraqqiyot va tanazzul, borliq va
yo‘qlik kabi tushunchalar hayotning bir-biriga zid va chambarchas bog‘langan tomonlarini
ifodalaydi.

SHuni alohida ta’kidlash kerakki, qadriyatlar va jamiyatning rivoji va


kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruriyatga
mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog‘onasiga

83

www.ziyouz.com kutubxonasi

chiqib oladi, boshqalarini xiralatirganday bo‘lib tuyuladi. Natijada ijtimoiy
rivojlanish va taraqqiyot qonuniyatlariga mos ravishda, oldinga chiqib olgan
qadriyatni barqaror qilishga nisbatan intilish kuchayadi. Masalan, yurtni yov bosganida
- ozodlik, ipmeriya hukmronligi nihoyasida - istiqlol, urush davrida - tinchlik,
tutqunlikda - erkinlik, kasal va bemorlik onlarida - sihat-salomatlikning qadri
oshib ketadi, ularga intilish kuchayadi.

84

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish