MUSTAQILLIK VA YANGI QADRIYATLAR TIZIMINING ASOSLARI
Tarixiy rivojlanishning har bir bosqichiga xos qadriyatlar tizimi bo‘lishi
to‘g‘risida fikr yuritdik. Mustaqil O‘zbekistonda ham ana shunday tizim
shakllanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida O‘zbekistonning milliy istiqloliga
asoslanadigan yangi qadriyatlar tizimining shakllanish jarayonidagi asosiy
yo‘nalishlarni o‘rganishni zaruriyatga aylantiradi.
Ushbu masalani oydinlashtirish uchun tarixga murojat qilish, undan tashbehlar
izlash mumkin. Holbuki, dunyodagi eng qadimiy sivilizatsiyalardan biriga mansub
bo‘lgan, o‘z ildizlari bilan asrlar qa’riga borib taqaladigan va uch ming yildan
ko‘proq davrni o‘z ichiga oladigan xalqimizning tarixi mustaqil O‘zbekiston va
mintaqamiz davlatlarida shakllanayotgan yangi qadriyat tizimlari va ularga
munosabatimizning tamal toshlarini qo‘yadigan ma’naviy asosdir. Mustaqil
O‘zbekistonning rivoji qanchalik yuqori bosqichlarga ko‘tarilib boraverar ekan, tarix
sahifalariga murojaat qilish, undan tashbehlar izlash ehtiyoji ham shunchalik ortib
boraveradi.
Ammo hayot faqat tarixdan iborat emas, tarix shaqadar serqirra va serma’no
bo‘lmasin, bugungi va kelajakdagi o‘zgarishlarni tula-to‘kis qamrab ololmaydi, balki
kelajakda tarixga aylanadigan jarayonlarga asos bo‘ladi xolos. Ijtimoiy taraqqiyot
esa tarix silsilalari, tarli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar orasidan o‘ziga yo‘l
ochib boradi. Uning zamondagi bunday ilgarilanma harakati jamiyat hayotining
umumijtimoiy qonuniyatidir. Bu qonuniyat qadriyat tizimlari, ularning tarkibiy
qismlaridagi o‘zgarishlar dialektikasi uchun ham umumiydir. Qadriyat tizimlarining
zamona zayllari ta’sirida o‘zgarishi va davr realliklariga mos holatga kelishi
hamana shu qonuniyatga bo‘ysunadi. Bu jarayonda o‘zgarishlar voqea, hodisalarning
zamondagi ketma-ketligi tarzida ro‘y beradi. Dialektik tafakkur esa ana shu
davomiylikning in’ikosi, uni anglab olish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi va
qadriyatlarning o‘zgarishi, yangi qadriyat tizimlarining vujudga kelishi jarayonini
anglab olish imkonini beradi. Hozirgi davrdagi zamonda silsilalari va muammolari
orqali shakllanayotgan qadriyatlar tizimining vujudga kelish jarayonini tasavur
qilmoq uchun ham dialektik tafakkur usullariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
Ammo jamiyatning tub burilish davrlarida qadriyatlar tizimi, kishilarning
ularga munosabati o‘zgarishi shunchaki shiddatli tus oladiki, bu jarayonning tezkor
sur’atlarini anglash, izohlash va asoslashga eng dialektik tafakkur usuli ham ulgura
olmay qoladi. biz tadqiqodlarimiz davomida bu fikrning to‘g‘riligiga ishonch hosil
qildik. Bu davr (1991-1995 yillar davomida) umrimizning sobiq SSSR qadriyatlar
tizimi bilan bog‘liq davri h tmishga aylandi. Zaminimizda yashayotgan va bizga
zamondosh bo‘lgan kishilar xdyotida yangi davr boshlandi, ya’ni mustaqil
O‘zbekistonning milliy istiqloliga asoslangan yangi qadriyatlar tizimini barqaror
qilish, bu tizimda umuminsoniy, milliy, mafkuraviy, sinfiy, diniy, iqtisodiy va
boshqa qadriyatlarning dialektik uyg‘unligiga erishish, inson qadri, qobiliyat,
is’tedodini namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish borasidagi dolzarb
vazifalarni hal qilish hozirgi avlod umirining mazmuniga aylana boshladi.
Xo‘sh, O‘zbekistonda yangi qadriyatlar tizimining vujudga kelishini qanday
sharoitlar tayyorladi? Bunda inkor va vorislik dialektikasi qay tarzda namoyon
bo‘ladi?
Bu savollarga asosli va ilmiy javob bermoq uchun sobiq SSSR hayotining
so‘nggi yillaridagi tanazzul atroflicha tahlil qilmoq lozim. Ammo bunga kitobning
hajmi imkon bermaydi. Qolaversa, bizning maqsadimiz bu emas va bunday tahlilsiz
ham natija ma’lum. Biz bu jarayonning umuminsoniy, milliy, shaxsiy qadriyatlar,
o‘ziga xos «sotsialistik maqbullik» asosida o‘rin olgan qadriyatlar tizimi
73
www.ziyouz.com kutubxonasi
o‘zgarishining umumaksiologik qoidalarga mos keladigan jihatlarini qisqacha tahlil
qilamiz.
Avvalo, eski qadriyatlar tizimining sovet jamiyati umumiy bo‘hron holatiga
kirgan 80-yillarning oxirlaridagi manzarasi, unda asosiy qismlar hamda
umuminsoniy, milliy va shaxsiy qadriyatlarning o‘rni, jamiyat miqiyosida
umumijtimoiy va milliy qadriyatlarning amaliyoti hamda ularga nisbatan butun
jamiyat az’olarining munosabati qanday bo‘lganligiga e’tibor berish lozim. Sobiq
SSSR umumiy krizis holatiga kirgan 80-yillarning oxirlarida, ittifoqqa xos
omonat bo‘lib qolgan qadriyatlar tizimida ba’zi qismlar, ularning o‘rni, mavqei,
amaliyotidagi qarama-qarshi hamda ziddiyatli holatlar quyidagi tarzda edi: tizimning
asosiy va Markaziy qadriyatlari kommunizm g‘oyasi, sotsialistik tuzum, kommunistik
mafkura va sovet ijtimoiy tizimi bilan bog‘liq bo‘lib, ijtimoiy, hayot, ichki va
tashqi siyosat, jamiyat a’zolari va ularning qadriga ham ana shu qadriyatlar manfaati
va ularni barqaror qilish maqsadlari nuqtai nazaridan qaralar edi. Buning
oqibatida mamlakatda asosiy qadriyatlarning mazmuni mafkura manfaatlariga mos
ravishda sun’iy o‘zgartirildi, kishilar umrining asosiy mezonlari bo‘lgan
qadriyatlar omili haqiqiy mazmunidan ajralib qoldi, butun jamiyat miqiyosida so‘z
hamda ishning bir emasligi bilan bog‘liq ma’naviy beqaror holat vujudga keldi.
Asosiy maqsadlari shiorlari aylantrilib qo‘yilgan, buyruqbozlik asosida markazdan
yakka partiya boshqargan mamlakatda sotsializm g‘oyalariga nisbatan jamiyat
a’zolarining ishonchi so‘na boshladi. Eng achinarlisi shundaki, ijtimoiy fikrlar
tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan g‘oyani sobiq ittifoqda vujudga keltirilgan totalitar
tuzum va yakka partiya hokimligida boshqariladigan jamiyat bilan ayniylashtirish ro‘y
berdi. jamIyatdagi sub’ektiv nuqsonlar ham g‘oya bilan bog‘lab qo‘yildi. Natijada
g‘oyaning mazmuni sarobga aylanib, o‘z qadrini yo‘qotib qo‘ydi. Sirasini aytganda, «Biz
hozir o‘zgartirayotgan sovet sotsialistik davlati halqimiz ho‘yotiga chetdan zo‘ravonlik
bilan joriy etilgan edi. bu davlatning shakli va mohiyati halqismizning axloqiy,
ma’naviy va ruhiy qadriyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan, mos kelmaydigan tuzumga
asoslangan edi… bu tuzum esa o‘z xaqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o‘z
avlod-ajdodlarini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi… Xuddi shu bois bu
davlatning ijtimoiy tizimi bilan xalq ehtiyojlari o‘rtasida jarlik paydo bo‘ldi.
ya’ni inson, uning moddiy, ma’naviy shu jumladan, milliy qadriyatlari bu tizimda
orqa o‘rinda turar edi. binobarin, bunday davlatning avval boshdanoq istiqboli yo‘q
edi».24 aynan ana shu istiqbolsiz tuzumning qadriyatlar tizimi uzoq yillar davomida
xalq ma’naviyatining asosiy mezoni sifatida qarab kelindi, ularga asoslanib
ko‘pgina umuminsoniy qadriyatlarning mazmuni mafkura talablariga mos ravishda,
o‘zgartirildi.
Xullas, qadriyatlar tizimida asosiy qismlarga nisbatan munosabat borasida
yuqoridagidek salbiy hollar kuzatayotgan sobiq sovet ittifoqida, biz tahlil
qilayotgan sohasida ham o‘ziga xos quyidagi xolatlar yuzaga keldi:
1. Umuminsoniy qadriyatlar borasida: a) 80-yillarning o‘rtalarigacha
Do'stlaringiz bilan baham: |