O‘zbekiston milliy universiteti Falsafa fakulteti O‘zr fa falsafa va huquq instituti


partiyaviy, sinfiy va mafkuraviy qadriyatlarni ustuvor bilish, ularni butun xalq



Download 0,91 Mb.
bet31/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#263118
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
qadriyatlar falsafasi lotin2


partiyaviy, sinfiy va mafkuraviy qadriyatlarni ustuvor bilish, ularni butun xalq
maqsadlariga davob beradi, deb hisoblash oqibatida ko‘pgina umuminsoniy
qadriyatlarning mazmuni o‘zgarib ketdi. Mazmuni o‘zgartirilgan qadriyatlar esa
nazariyada ustuvor hisoblangani bilan, siyosatda quruq shiorlarga aylanib qoldi; b)
80-yillarning o‘rtalarida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi nazariy
jihatdan e’tirof etilgani bilan, bu qoida hayotga tadbiq qilinmadi, eng umumiy
krizis davriga kirgan jamiyat esa e’lon qilingan umuminsoniy qadriyatlar mezoni

24 Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. - T.: O‘zbekiston, 1995. 8-
bet.

74

www.ziyouz.com kutubxonasi

talablarini qabul qila olmaydi; v) kishilarning shu davrigacha eng asosiy
umuminsoniy qadriyat sifatida e’tirof etib kelingan g‘oyalarga nisbatan ishonchi,
rtangi kunga bo‘lgan e’tiqodi yo‘qola boradi; g) umuminsoniylik talablari sifatida
qarab kelingan va mafkuraviy targ‘ib qilingan»proletar internatsionalizmi».
«kommunistik vatanparvarlik», «sotsialistik millatlar hamdo‘stligi», «sovet xalqi»
kabi mavhum qadriyatlar va ular bilan bog‘liq qadriyat shakllari o‘z mavqeini yo‘qota
boshladi. Ana shunday jarayonlar oqibatida mavjud qadriyatlar tizimining tarkibiy
qismlari orasida nomutanosibliklar ko‘payib ketdi, umuminsoniy qadriyatlar bilan
bog‘liq xususiy tizimning amaliyotda esa zaruriy o‘zgarilarga ehtiyoj kuchayib bordi.

2. Milliy qadriyatlar borasida: a) «millatlarning gullab-yashnashi qoidasi»
amalga oshmaganligi, ularning yaqinlashish va «yangi etnos» - «sovet xalqi»ni
vujudga keltirish jarayonining sun’iy tezlashtirilganligi oqibatida, millat va
elatlarning o‘z genefondini, tabiiy-taraxiy betakrorligini va hatto etnik makoni
bilan bog‘liq vata tuyg‘usini yo‘qotish xavfi vujudga keldi; b) millat, elat, va
xalqlar ustidan hamda ularning tarixiy-etnik makonlarida turli «tajriba»larning
t o‘ xto‘vsiz olib borilishi natijasida, muayyan millarda nafaqat vatan tuyg‘usi, balki

z etnik makonini yo‘qotib qo‘yish ehtimoli paydo bo‘ladi. Bu xavf ekologik


tangliklar oqibatida yanada kuchayib ketdi; v) umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi
e’lon qilingan 80-yillar o‘rtalari va oxirlarida ham milliy siyosatda aytarli
o‘zgarishlar bo‘lmadi, bir qancha respublikalar, ayniqsa, Boltiqbo‘yi va Kavkazorti
davlatlaridagi xalq harakatlarining kuch bilan bostirilishi va boshqalar ittifoqda
milliy siyosiy sohasida umuminsoniylik talablarning ustuvorligi haqidagi fikrlar
quruq shiorlar bo‘lib qolayotganligini namoyon qila boshladi; g) ittifoq xududida
yashayotgan xalq va millatlar orasida milliy o‘z-o‘zini anglash, tarixiy merosini
o‘rganish, milliy respublikalarni xalqaro munosabatlarning haqiqiy sub’ektiga
aylantirish uchun harakatning kuchayib borishi, milliy ruhning o‘zgarishi, milliy
mustaqillik g‘oyalarining kuchayishi, milliy respubliklarda predidentlik
saylovlari va mustaqillik to‘g‘risidagi umumxalq referendumlari o‘tkazilishi
umumsovet milliy qadriyatlar tizimining butunlay buzib yubordi. Bu sohadagi mazkur
holatlarittifoqdagi milliy qadriyatlar tizimini yangi zamon realliklariga mos
kelidigan tarzda o‘zgarishi jarayonini dialektik zaruriyatga aylantirdi.

3. SHaxsiy qadriyatlar borasida: a) sinfiy, partiyaviy, mafkuraviy
qadriyatlarga, ya’ni ko‘proq umumiy va xususiy jihatlarga ortiqcha e’tibor berish,
inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga yuzaki qarash oqibatida shaxsning
qadri umumjamiyat miqiyosida o‘zining haqiqiy maveiga ega bo‘lmadi; b) mamlakatning
«ekstensiv» rivojlanishi sharoitida turli umumiy, ommaviy harakatlarga ehtiyoj va
e’tibor ko‘proq bo‘lganligidan, alohida shaxslarning o‘z qadriyatlarini to‘la-to‘kis
namoyon qilishi uchun umumjamiyat miqyosidagi imkoniyatlar kam yaratildi; v) asosiy
e’tibor KPSS g‘oyalarga ishonadigan, bu boradagi shiorlar, da’vatlar, ko‘rsatmalarga
so‘zsiz amal qiladigan kishilarga ehtiyoj ko‘proq bo‘lganligi, faol, ijodiy va
individual jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘proq saqlab qolgan kishilarni emas,
balki umumiy talablarga mos keladigan (muayyan, masalan qadriyatlarga va o‘z taqdiriga
ham jiddiy e’tibor bermaydigan) shaxslar vujudga kelishiga sabab bo‘ldi; g)
jamiyatda va kishilar frtasidagi mavjud munosabatlarda so‘z bilan ishning bir
emasligi, asosiy qonunlarda (konstitutsiyalarda) e’lon qilingan umuminsoniylik
talablarga jamiyatning asosiy bo‘g‘inlariga amal qilinmasligi shaxslarning
ijtimoiy qiyofasi, ma’naviy kamolotida salbiy xususiyatlar kasb etishiga,
kishilarni birlashtirib turgan qadriyatlarga befarq munosabat paydo bo‘lishiga olib
keladi. Ana shunday holatlar shaxs qadri va qadriyatlarini barqaror qilishning
zaruriy ehtiyojlari bilan bu boradagi jamiyatda mavjud bo‘lgan imkoniyatlar
o‘rtasidagi nomutanosiblikka sabab bo‘ldi.

75

www.ziyouz.com kutubxonasi

Qadriyatlar tizimining namoyon bo‘lishi va amaliyotida ro‘y bergan bunday
ziddiyatli hollar jamiyatdagi ijtimoiy tanglik bilan uzviy bog‘liq edi. V.P.
Lapinning fikricha, sobiq ittifoq hayotining so‘nggi yillarida jamiyatning asosiy
sohalarida ro‘y bergan ijtimoiy tanglik quyidagicha namoyon bo‘lgan edi:

- siyosiy sohada davlat faoliyatining hamma shahobchalari va barcha


darajalarida boshqarish imkoni yo‘qolganligi, ziddiyatlarning kuyaayib, qurolli
to‘qnashuvlar darajasiga etganligi;

  • iqtisodiy sohada davlatning ichki va tashqi qarzi nihoyat darajada oshib
    ketganligi, aholi mablag‘larining qadrsizlanishi, hamma turdagi sanoat va qishloq
    xo‘jaligi mahsulotlarining juda kamayib ketganligi;

  • ishlab chiqarish tizimida samarasiz xarbiy sanoat sohasining ustunligi, bu
    sohaga mablag‘larning haddan ziyod sarflanishi, tabiiy mexnat reserslarining
    nihoyatda kamayib ketganligi va ulardan foydalanish o‘zini oqlamay qo‘yganligi;

- ijtimoiy sohada jamiyatning tuzilishi va asosiy guruhlari orasidagi
kelishuv va hamjihatlikninng to‘la yo‘qolganligi (anarxiya), ilgargi davlat
tartiblarishga va ijtimoiy tizimlarga bo‘lgan ishonch va e’tiqodning barbod bo‘lishi.

Bulardan tashqari ma’naviy sohada ham tanglik yaqqol ko‘zga tashlanar va u


quyidagi jabhalarda yaqqol namoyon o‘lar edi:

- ma’naviy-axloqiy sohada, iqtisodiy tanglik va kundagik zarur vazifalari


o‘z vaqtida echa olmaslik oqibatida, jamiyatning madaniy hayotida va kishilarning
ma’naviy-axloqiy qiyofasida turli buzilish hollari kuchaydi;

- mehnat sohasida ijtimoiy faollik ko‘rsatish e’tibordan chetda


qolganligidan, kishilarning foliyatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga yuzaki
qaralganligidan mehnat tarbiya vositasi mezoni sifatidagi ahamiyatini yo‘qotib qo‘ya
boshladi;

  • ekologik sohadagi nomutanosibliklar natijasida katta-katta mintaqalarda
    yashashning tabiiy sharoitlarining butunlay yo‘qolish xavfi vujudga keldi;

  • etnik-milliy sohada juda ko‘p etnoslar, ayniqsa kam, sonli etnoslarning
    o‘ziga xos rivojlanishi bilan bog‘liq ob’ektiv imkoniyatlarning barbod bo‘lishi
    ularning yo‘qolib ketishi xavfini vujudga keltirdi.25

Xullas, jamiyatning ijtimoiy tuzilishda nomutanosiblik kuchayganida,
tanglik namoyon bo‘lganida umumiy qadriyatlar tizimi, uning milliy jarayonlar bilan
bog‘liq amaliyotida ham ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Bu ziddiyatli holatlar
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tizimi beqaror bo‘lib qolgan davrda odamlarning
qadriyatlar to‘g‘risidagi fikrlarida ham o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ldi. Demak,
jamiyatda umumijtimoiy va umumaksiologik jihatlar dialektik uyg‘unlikda va
aloqadorlikdadir. Bir tizimdagi o‘zgarish ikkinchisida namoyon bo‘ladi va eng umumiy
o‘zgarishlar tasodifiy emas, balki zaruriy jarayon sifatida yuzaga keladi. Aynan ana
shu jarayonlar sobiq SSSRning parchalanib ketishini zaruriyatga aylantirdi.
YUqoridagi jarayonlar va ularga mos ravishda qadriyatlar tizimida ro‘y bergan
o‘zgarishlarni tahlil qilish bunda kutilmagan emas, balki qonuniy hodisa ro‘y
berganligini ko‘rsatadi. Bu hodisa yangi qadriyatlar tizimiga o‘tish imkoniyati
voqelikka aylana boshlaganini, eski qadriyatlar tizimida chuqur va sifatiy o‘zgarish
ro‘y berganini bildiradi. Sobiq ittifoqning parchalanib ketishi, ittifoqdosh
respublikalarning mustaqillikka erishishi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining
vujudga kelishi - bu xududda eski qadriyat tizimlari o‘rniga yangilari vujudga
kelayotgan murakkab jarayon borayotganligini anglatadi.

Jamiyat va u bilan bog‘liq qadriyatlar tizimidagi bu o‘zgarishlar yuqorida tilga
olingan ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi tangliklar bilan uyg‘unlashib

25 Lapin V.P. Sotsialnыe sennosti i reformы v krizisnoy Rossii // Sotsiologicheskie issledovaniya. 1993. № 9, s. 18-19.

76

www.ziyouz.com kutubxonasi

ketdi, umumiy qadriyatlar tizimida sifatiy o‘zgarishlarbo‘lishi uchun zamin
tayyorlanib, umumijtimoiy va umumaksiologik nomutanosibliklar yaqqol ko‘zga
tashlana boshladi. Jamiyatning tuzilishi va qadriyatlar tizimidagi tarkibiy
qismlarda, ularning bir-biriga nisbatan hamda umumiy tizim bilan munosabatida
ziddiyatlar kuchayib ketdi, nomutanosib holatlar umumjamiyatga oid qadriyatlar
tizimini qamrab oldi.

Jamiyatda, ya’ni sobiq SSSRda barqarorlikni saqlab turuvchi asosiy ijtimoiy
sub’ektlar orasidagi hamjihatlik va kelishuv yo‘qola boshladi. Ittifoqdosh
respublikalarda prezidentlar saylanishi, ularning mustaqil davlatga aylanishi uchun
harakati, ittifoqdagi boshqarish va siyosiy qadriyatlar tizimida butunlay yangicha
holatni vujudga keltirdi. Bu holat umumiy boshqarish tizimidan darz
ketganligining ifodasi edi. Xullas:


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish