Asrimizning 60-yillariga kelib qadriyatlar muammosi sovet
mutaxassislari tomonidan tahlil qilina boshlangan bo‘lsa-da, u 90-yillargacha hatto
falsafiy qo‘llanma va darsliklarda alohida mavzu sifatida uz o‘rnini topamaydi.
Markscha-lenincha falsafaning tarkibiy qismiga kirmaganligi,
mavzularining juda kam tadqiq qilinganligi va nihoyatda oz ahamiyat berilganidan,
aksiologiya sobiq ittifoqda maxsus falsafiy bilimlar sohasiga aylana olmadi.
Xullas yakka mafkura hukmronligi aksiologiyani alohida fanga aylanishiga yo‘l
qo‘ymadi.
Aksiologiya nomi bilan sobiq ittifoqda birorta ham darslik yoki ukuv
qo‘llanmasi chop etilmadi. hatto universitetlarning faylasuf, jamiyatshunos,
tarixchi va ijtimoiy mutaxassislar tayyorlaydigan boshqa gumanitar fanlar
bo‘limlarida ham aksiologiya bo‘yicha maxsus kurslar o‘qitilmas edi.
Mavzuga aloqador bo‘lgan va onda-sonda uchraydigan tadqiqot, dissertatsiya,
risola va kitoblarda ham aksiologiya iborasiga urg‘u berilmas, masala ko‘proq
qadriyatlar nazariyasi, deb ataladigan kichik ilmiy yo‘nalishga taalluqli, deb qaralar
edi.
Umuman olganda, sobiq ittifoq davridagi, hatto qadriyatlar mavzusiga
bevosita tegishli asarlarda ham aksiologiyaning juda ko‘p muhim masalalarining
tahlilini topa olmaysiz. Masalan, aksiologiya qonunlar, aksiologiya jarayonlar
dialektikasi, aksiologik profilaktika, aksiologiya prognoz, aksiologik ekspertiza,
aksiologiya baholash, aksiologik ziddiyat qonuni va hokazo. Ayniqsa, tarixning
burilish davrlarida, eng muhim aksiologik muammolardan biriga aylanadigan
qadriyatlarning qadrsizlanishi va qayta baholanishi kabi masalalar ham sobiq
ittifoqda juda kam o‘rganilganligi nihoyatda achinarli holdir.
Hozircha qadriyatlar mavzusining mustaqil respublikamizdagi taqdiridan
mamnun bo‘lish mumkin. Bunda sobiq ittifoqdagi mavzuga nisbatan munosabatdan
butunlay farq qiladigan tomonlar quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda:
4
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qadriyatlar mavzusiga mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov juda
katta e’tibor bermoqda. Prezidentimizning nutq, maqola, kitoblarida bu
mavzuning juda ko‘p qirralari ochib berilgan. I.A.Karimov mustaqillikni
mustahkamlashda qadriyatlar omilidan foydalanish, ma’naviy taraqqiyotimizning
qadriyatlarga asoslangan mezonlari, reformalar va bozor munosabatlarining yangicha
iqtisodiy qadriyatlar tizimiga olib kelishi, ijtimoiy o‘zgarishlarning demokratik
umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilish tomon yo‘naltirilganligi kabi bir qator
masalalarni ijodiy asoslab bergan. Sobiq ittifoq hududidagi boshqa birorta
davlatda qadriyatlar mavzusiga, bunchalik ko‘p e’tibor berilayotgani yo‘q.
Mustaqil O‘zbekistonda aksiologiyaning rivojlanish jarayoni boshqacha
kecha boshladi, ya’ni mustaqillikni mustahkamlash, respublikada umuminsoniy
qadriyatlarga asoslangan yangi demokratik jamiyat qurish jarayoni qadriyatlar
mavzusini dolzarblashtirib yubordi. O‘tish davrida qadriyatlarni qayta baholash,
azaliy sharqona qadriyatlarni tiklash, asrab-avaylash va kelajak avlodlarga meros
qoldirish, reforma va o‘zgarishlarning qadriyatli mezonlarini aniqlash, muammolarni
hal n ilishning ana shu mezonlarga mos usullarini qo‘llash kabi masalalar paydo bo‘ldi.
Ulari echish aksiologik mavzularni kun tartibiga qo‘ya boshladi.
Mustaqillik yangi qadriyatlar tizimini taqozo qiladi. Ana shu zaruriyat
qadriyatlarni qayta baholash, yurtimizda sharqona azaliy qadriyatlar va
umuminsoniy jihatlar aks etgan hayot tarzini shakllantirish jarayoni bilan
uyg‘unlashib ketdiyu ushbu hol ijod a^li, olim va tadqiqotchilar uchun ilhom va
izlanishlar manbai bo‘ldi, bu borada maqola, risola, kitoblar va djissertatsiyalar
yozila boshlandi. hozirgi davrda respublikamizda qadriyatlar mavzusida ancha ishlar
qilindi.*
Bugungi kunga kelib qadriyatlar iborasi nihoyatda mashhur bo‘lib ketdi. Ammo,
alohida ta’kidlash kerakki, keyingi yillarda qadriyat iborasini juda keng ma’noda
ishlatish, ayniqsa, madaniy-ma’naviy hodisalar, urf-odatlar, an’analar va
boshqalarga nisbatan bu tushunchani umumiy atama sifatida qo‘llash hollari ko‘p
uchramoqda. Kundalik muloqotda qadri bor narsa, voqea, hodisa, xususiyat va
boshqalarga nisbatan qadriyat iborasini qo‘llashga ko‘pchilik ko‘nikib qoldi. Ammo
aynan ana shu ma’noni ilmiy adabiyotlarga ko‘chib qolayotganligi kishini achintiradi.
Negaki, o‘zbek tilida har bir so‘z, atama va tushunchaning o‘z o‘rni, mazmuni, mohiyati,
«yuki» bor. U yoki bu tushunchadan ana shu mazmunga sig‘maydigan ko‘lamni talab o‘ilish,
unga o‘z yukidan ko‘ra ko‘proq yuk ortishning keragi yo‘q. An’ana yoki urf-odatni o‘z nomi
bilan atash, ularni boshqa tushunchalar bilan aralashtirmagan ma’qul. Qadriyat
tushunchasining ommalashib, mashhur bo‘lib ketganligi juda yaxshi. Ammo uni yanada
kengroq ma’noda ishlatishga intilish bu tushunchaning mazmunini xiralashtiradi,
uning mohiyatini ifodalaydigan sifat chegarasini sarobga aylantirib qo‘yadi, qadrini
tushiradi.
Ushbu kitob aksiologiyaning hamma masalalarini qamrab ololmaydi. U bu
boradagi ilk urinishlardan biri xolos. Endigina boshlanayotgan bu jarayon
qadriyatshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar doirasini kengaytirishni,
mavzuning turli qirralarini ilmiy, nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishni
zaruriyatga aylantiradi. Aynan ana shu zaruriyat qo‘lingizdagi kitobni yozishga undagi
asosiy sabablardan biridir. Kelajakda bu boradagi tadqiqot va izlanishlar
mavzuning yangi qirralarini ochib berishiga imkon yaratadi, deya umid qilamiz.
* Bu to‘g‘rida kitobning 30-31 betlariga qarang.
5
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |