Farg’ona Davlat Universiteti
Tabiiy fanlar
fakulteti Kimyoni o’qitish metodikasi
18.47 guruh talabasi Sobirjonov Sayidjonning
mart oyi uchun Manaviyat soatidan Mahalla- qadriyatlar maskani mavzusiga doir tayyorlangan materiali.
МARKAZGA
MUROJAAT
Ma’lumki, VII asr oxiri – VIII asr boshlariga kelib O‘rta Osiyoda islom dinining keng tarqalishi bilan shaharlar va qishloqlarning o‘troq aholisi yashaydigan qismiga nisbatan “mahalla” atamasi ishlatila boshlangan. “Mahalla” so‘zi arabcha “mahal” so‘zidan olingan bo‘lib, “istiqomat qiladigan joy”, “hudud”degan ma’nolarni anglatadi.
Mahalla atamasi ilk bor o‘rta asr mualliflaridan biri, X asrda yashab o‘tgan Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida VIII asr boshlaridagi Buxoroning ichki dahalarini belgilash uchun qo‘llanilgan.
Shuningdek, “mahalla” atamasiga Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Rizouddin Faxuriddinning “Oila” kabi asarlarida ham izoh berilgan.
G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) asarida quyidagi satrlar uchraydi.
Topg‘ali ta’yini mahallot bahr,
Ahli mahallot oyirib, shahr-shahr.
Shahrlar otini mahollot egib,
Bo‘ldi uch yuz shahr hiri ot etib.
Yuqoridagi tashbehdan ko‘rinib turibdiki, mahallaning “joy” degan mazmuni o‘rta asrlarda Hiri deb atalgan. Hirot shahri yuzta kichik “shaharcha” – mahallalardan tashkil topgan ekan. Shuning uchun ham mahalla deganda, avvalambor, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan va uni rivojlantiradigan, shu bilan birga kelajak avlodlar qanday bo‘lib voyaga yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i hamda hayot va ma’naviy ozuqa maktabi deb tushunmog‘imiz kerak.
Tarixda mahalla dastlab shaharlarda, keyinchalik kattaroq qishloqlarda aholi yashaydigan ma’muriy-hududiy birlik, ma’lum hududda yashovchi kishilar, qo‘ni-qo‘shnilar uyushmasi sifatida shakllangan.
Xalqimiz qadimdan mahallani milliy qadriyatlar, ezgu amallar maskani sifatida ardoqlab kelgan. Farzand tarbiyasi, mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, to‘y-tomosha, hasharu ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish, yaxshi-yomon kunda birga bo‘lish kabi ezgu fazilatlar aynan mahalla muhitida shakllangan.
Azaldan o‘zbek mahallalarida insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovatpeshalik kabi fazilatlar xalq milliy mentalitetining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. O‘zbeklarda farzand dastlab oilada, so‘ngra mahallada ulg‘ayadi, ya’ni qo‘ni-qo‘shnilar orasida unib-o‘sadi. Bu o‘z navbatida, kishilar ongida uyushqoqlik, bir-birini qo‘llab quvvatlash, atrofdagilarga qarab ish tutish, kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lish kabi fazilatlarni tarkib toptirgan.
Fuqorolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallaning o‘rni beqiyosdir. Chunki boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini o‘zaro birlashtirib turadigan ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’ana qadriyatlarini saqlab qolish, yoshlarimizni jipslashtirish, ular o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini kuchaytirishda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Bugungi kundagi jadal o‘zgarishlar barcha sohalar qatori mahalla va uning boshqaruv tizimini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy faoliyatini yangicha mezonlar asosida tahlil etishni taqozo etmoqda. Zamon talablariga javob bera oladigan, o‘zini o‘zi boshqarish organining yangicha tuzilmasini shakllantirish, uning ish yuritish tizimini samarali tashkil etish muhim vazifalardan biriga aylanmoqda.
Buni biz joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan “Fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) saylovi misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
Saylovda fuqarolar yig‘inlari amaldagi raislarining (oqsoqollari) va maslahatchilarining vakolatlari yangi muddati 3 yilga qadar uzaytirildi.
“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (15.10.2018 yildagi O‘RQ–498-son) va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri (15.10.2018 yildagi O‘RQ–499-son) e’lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |