Changsimon va gilli jinslar
. Changsimon va gilli zarralar qumloq tuproq,
kumloq tuproq va gil tuproq jinslarining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Gilli jinslar
tabiatda keng tarqalgan bo`lib, cho`kindi jinslarning 50% dan ortig`ini tashkil etadi.
Lyoss va lyossimon jinslar
tuzilishi jixatidan o`ziga xos fizik va mexanik,
kimyoviy mineral tarkibli xamda yer yuzasining ma`lum sharoitdagi ulkalarida hosil
bo`lgan cho`kindi tog` jinsidir. “Lyoss” so`zi nemischa yumshoq uvalanadigan ma`noni
bildiradi.
Lyoss sergovak, sariq yoki bo`z-sariq rangda, qatlamlanmagan, qulda siqilganda
tez uvalanadigan jins bo`lib, uning 70% 0,05 - 0,001mm li zarralardan tashkil topgan.
Lyosslar quyidagi xususiyatlariga qarab ajratiladi: 1. Rangi sarg`ish, och malla
sarg`ish. 2. Serg`ovak. G`ovaklarini oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin, diametri 3mm
gacha. G`ovaklik jins xajmining 45-50% ni tashkil etadi 3. Kaltsiy va magniy karbonat
tuzlari jins massasining 5% dan ko`prog`ini tashkil etadi. 4. Lyoss qatlamida qum va
shag`al linzalari bo`lmasligi kerak. 5. Jinsni tashkil qiluvchi zarrachalarning 50% dan
ko`pi 0,05mm dan 0,001mm gacha bo`lishi, 0,001mm dan kichik zarrachalar 10% gacha
bo`lishi va 0,25mm li zarrachalarning bo`lmasligi. 6. Jarliklarda vertikal tarzda ajralish
xususiyatiga ega. 7. Uzoq vaqt suv ta`sir etganda o`z massasi ta`sirida cho`kishi. 8. uqori
darajada suv o`tkazuvchanligi. 9. Quruq xolda qattiq, namlanganda tez ivib loy xoliga
kelishi. 10. Tarkibida tez eriydigan tuzlarning ko`p miqdorda bo`lishi.
Lyoss va lyossimon jinslar paydo bo`lish va olib borib yotqizilishi sharoitiga
qarab eol, prolyuvial, elyuvial, delyuvial, allyuvial va flyuvio-glyatsial turlarga ajratiladi.
Tsementlangan cho`kindi jinslar
.
Tabiatda chaqiq yumshoq jinslar faqat
qatlamlanib, zichlashib tarqalmasdan, balki yer ostida siljiyotgan suvlar eritib olib kelgan
oxak, magniy, temir, kremniy va gil moddalar ta`sirida tsementlanishi xam mumkin. Bu
xolda moddalar yumshoq jinslar oralariga kirib cho`kishi, natijasida jins zarrachalarini
bir-biriga biriktirib tsementlaydi. Natijada konglomerat (shagaltosh), brekchiya (qirrali
tosh), qumtosh, alevrolit, argillit va boshqa jinslar hosil bo`ladi.
Konglomyerat
(shag`altosh) - silliqlangan shag`al, brekchiya - qirrali (sheben)
jinslarining temir, fosfor, oxak, kremniy yoki gilli moddalar bilan tsementlanib
birikishidan hosil bo`ladi. Xajmiy og`irligi 1500 - 2900 kgG`m3. Mustaxkamligi 5 dan
160 MPa gacha.
Qumtoshlar
qumlarning tsementlanishi natijasida paydo bo`ladi. Ayniqsa,
kremniy oksidi yordamida birikkan, tsyementlangan qumtoshlar mustaxkam va nurash
jarayoniga chidamli bo`ladi. Xajmiy ogirligi 1800 - 2500 kgG`m3, mustaxkamligi 5...200
MPa.
Alyevrolitlar
qumoq tuproqning tsementlanishidan hosil bo`ladi. Alevrolitlar
jichlashgan jins bo`lib, suvda ivimaydi va o`z xossalariga ko`ra qumtoshlarga yaqin
turadi.
Argillitlar
- tsementlangan gil tuproq bo`lib, suvda ivimaydi. Tsementlanish va
yangi jins hosil bo`lish jarayonida birlamchi gilli moddalarning bir qismi xlorit, muskovit
va boshqa minerallarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |