81
92-mashq.
Gaplarni o‘qing. Ularda metonimiya va sinekdoxa yo‘li
bilan hosil bo‘lgan ko‘chma ma’nolarni izohlang.
1. Undan keyin sizning dasturxoningizni solib, qo‘lingizga suv berib,
qizingizning choklarini tikishib, xizmatingizni qilib yotardim! (Cho‘lpon)
2. Toki g‘olib ekan muzaffar o‘lka, Sha’niga she’r aytmoq shoirga odat.
(A. Oripov) 3. O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla
bo‘lgani shudir. (E. Vohidov) 4. Balki, tush ko‘rganday qolursiz hayron,
Eshitib Toshkentning sabr-u toqatin. (A. Oripov) 5. Sevgidan yetim-u
umr
dan yarim, Qurigan ko‘ksida yolg‘iz belanchak. Abadiy firoqni, hay-
hot, do‘stlarim, Abadiy visol deb bildi kelinchak. (A. Oripov) 6. Bashirjon
yoniga ag‘darildi: «Rahmatli chol to‘g‘ri aytarkan. Undan-ku, bir tirnoq
– men qoldim. Yaxshimi-yomonmi, har qalay, ismini familiya qilib yu-
ribman». (N. Aminov)
Do'stlaringiz bilan baham: |