o‘tirmoq – bezovta bo‘lmoq, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan
– mo‘min, yuvosh; tegganga tegib, tegmaganga kesak ota-
digan – tegajoq, xira
juftliklaridagi iboralarning ifodalilik
darajasi haqida fikrlashing.
88-mashq.
Berilgan parchadagi iboralarni toping. Ularning matn
ifodalili
gini ta’minlashdagi ishtirokini izohlang.
Uyat eng shafqatsiz qonundan ham kuchliroq, qudratliroqdir. Qonun
faqat ko‘zi tushganda, shubha paydo qilgandagina jinoyatchining qo‘lini
ushlaydi, yo‘lini to‘sadi. Uyat esa hamisha odobsiz, axloqsiz jinoyatchining
tepasida turib, nojo‘ya ish qilish uchun qo‘l ko‘targani yo‘l qo‘ymaydi.
Har qanday qonunga ham chap berish mumkin, lekin uyatga chap berib
bo‘lmaydi, chunki qonun odamdan tashqarida, uyat esa odamning ko‘ksi-
da bo‘ladi. (Abdulla Qahhor)
89-mashq.
Berilgan she’rdagi iboraning badiiy qimmatini baholashga
harakat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |