7-amaliy mashg’ulot non mahsulotlariga tegishli tibbiy-toksikologik ko’rsatgichlarini aniqlash



Download 38,62 Kb.
bet1/4
Sana07.12.2022
Hajmi38,62 Kb.
#880482
  1   2   3   4

7-AMALIY MASHG’ULOT

NON MAHSULOTLARIGA TEGISHLI TIBBIY-TOKSIKOLOGIK KO’RSATGICHLARINI ANIQLASH.
Nonning tashqi ko’rinishi va ta`mi dastlabki xom ashyo (un) sifati hamda non yopishdagi texnologiya protsessga bog’liq bo`ladi. Chunonchi, un noto’gri saqlab qo’yilgan (kuchli xidi bor moddalar bilan birga) yoki noqulay sharoitlarda saqlanayotgan bo’lsa, bu un va undan yopilgan non yot hidlarni - dimiqqan hid, kerosin, benzin hidi va boshqalarni o’ziga olib qolgan bo’lishi mumkin. Non yopish vaqtida yaxshi tozalanmagan mineral moylar bilan moylangan qoliplardan foydalanilgan bo’lsa, bunda nonga neft mahsulotlari hidi urib qolishi mumkin. Xamir qorish vaqtida unni yetarlicha aralashtirmaslik ko’pincha unning qorilmagan qolishiga olib keladi, bunday nonda un kesak-kesak bo’lib turadi. Un zarralari yaxshi hazm bo’lmaydi, shuning uchun ko’rilmay qolgan unni bor nonning oziqlik qimmati pasayib ketadi.
Un yaxshi iylanmaganida nonga yot aralashmalar - qop iplari va boshqalar o’tib qolishi mumkin.
Yaxshi oshmagan xamirdan non yopilsa yoki non yopish vaqtida temperatura haddan tashqari yuqori bo’lsa, non yuzida yirik-yirik yoriqlar paydo bo’lishi, non po’sti mag’zidan ko’chib qolishi va nonning yuzi ancha ko’tarilib chiqishi mumkin. Ana shunday nuksonlari bor non ko’zga yoqimsiz ko’rinadi va saqlab qo’yilganida tez mog’or bosib qoladi, chunki yoriqlarining ichida mog’or paydo bo’lishi uchun qulay sharoitlar yuzaga keladi. Non yopish vaqtida temperaturaning haddan tashqari yuqori bo’lishi yoki nonning pechkada turib qolishi ba`zan po’stining kuyib ketishiga olib kelishi mumkin. Past temperaturada yopilgan yoki pechda yetarlicha turg’izilmagan non, aksincha, oppoq bo’lib chiqadi, chunki bunday sharoitlarda uglevodlardan tus rangli dekstrinlar hosil bo’lmay qoladi.
Non yopish vaqtida temperatura past bo’lsa, non xom bo’lib chiqishi mumkin. Xomsizlik ko’pincha nonning pastki po’sti yaqinida kuzatiladi va pishmay qolgan xamir ko’rinishidagi barcha non mag’zidan iborat bo`ladi.
Non saqlab qo’yilganida nami qochib, qotib boradi nonning qotib qolishi murakkab fizik-kimyoviy o’zgarishlarga aloqador bo`ladi va kraxmal kolloidining eskirish protsessi (sinerezisi) deb hisoblanadi, bunda kraxmal bilan bog’langan suvning bir qismi kleykovinaga o’tadi. Bu protsess ma`lum bir davrida qaytar bo`ladi va ba`zi sharoitlarda, masalan, non qizdirib olinganida suvi qochib qolgan non tagi boyagidek bo’lib qoladi.

Download 38,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish