«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


-mashq.    Gaplarni o‘qing.  saboq



Download 265,61 Kb.
bet31/122
Sana20.09.2021
Hajmi265,61 Kb.
#179832
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   122
Bog'liq
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»-fayllar

31-mashq. 
  Gaplarni o‘qing. 
saboq
 va 
dars
 so‘zlarining ma’nolaridagi 
farqni izohlashga harakat qiling, shu asosda yozma matn 
tuzing.   
1. Anvarjon ukam, – dedim unga. – Siz o‘sishingiz kerak. Tosh-
kentda ustozlardan 
saboq
 olasiz, poytaxtdagi adabiy muhit, o‘z tengi 
yosh yozuvchilar bilan bo‘ladigan muloqotlar fikr doirangizni kengaytiradi. 
(Said Ahmad) 2. Umidaning axloqi, o‘zini tutishi, 
dars
larni o‘zlashtirishi 
universitet rahbariyatiga ma’qul edi. (Said Ahmad)
32-mashq.
  Matnni o‘qing. Muhabbat tushunchasi ifodasiga daxldor 
so‘z 
larning rango-rangligiga diqqat qiling, ulardagi ma’no 
nozikliklarini namoyon qiluvchi gaplar tuzishga harakat 
qiling.
O‘zbek tilida muhabbat  degan so‘z shu qadar rango-rang ma’nolarga 
egaki, hayratda qolasiz! Yoqtirib qolmoq, ko‘ngil bermoq, moyil bo‘lmoq, 
xushtor bo‘lmoq, oshufta bo‘lmoq, dil bermoq, bedil bo‘lmoq, mubtalo 
bo‘lmoq, maftun bo‘lmoq, mahbub bo‘lmoq, oshiq bo‘lmoq, yaxshi ko‘rmoq, 
ishqi tushmoq, ishqi foniy, ishqi boqiy, sevgi, muhabbat, mehr va hoka-



32
zolar. Tabiiyki, bular orasida boshqa tillardan kirganlari ham bor. Biroq 
ularning barchasi – teng huquqli o‘zbek so‘zlari!
Mumtoz adabiyotda ishq  so‘zining o‘zi ikki xil ma’noni ifodalaydi. 
Ishqi foniy – mahbubaga nisbatan sevgi. Ishqi boqiy – Tangrining diy-
doriga yetish... 
Bugungi kunimizga kelsak... Boshqa tillarda uchrashi mushkul bo‘lgan 
g‘alati holatlarni ko‘ramiz. Vatanga moyil bo‘lmoq degan ibora kulgili 
tuyuladi.  Vatanni sevmoq deyiladi.  Ota-ona mehri, farzandning ota-onani 
yaxshi ko‘rishi, farzand mehri deyiladi...
Shunday qilib, yoqtirib qolmoq bilan  ko‘ngil bermoq, ko‘ngil bermoq 
bilan  oshiq bo‘lmoq, oshiq bo‘lmoq bilan  sevmoq, sevmoq bilan  muhabbat, 
muhabbat  bilan  yaxshi ko‘rmoq, yaxshi ko‘rmoq bilan  mehr  orasida uzoq 
masofa bor...
Tilimiz naqadar rango-rang! Tilimiz naqadar boy! (O‘. Hoshimov)
33-mashq.
  Ma’nodosh va paronim so‘zlarni noto‘g‘ri qo‘llash bilan 
nutq aniqligiga putur yetgan o‘rinlarni aniqlang, ularni 
muvofiq muqobillari bilan almashtiring.
1. Bilaman, uzoqning ishi qiyin. Lekin bir og‘iz mujda yuborish 
shunchalar mushkul edimi? (Murod Mansur) 2. Boshqa shaxsning kechir-
malarini tushunish, o‘zingni uning o‘rnida his qilish masalasiga kelganda 
esa fan buni inkor etmaydi. (M. Nasibullin) 3. Keyin, Qo‘chqor aka, 
bu robotlar juda arzonga tushadi, yoqilg‘i kerak emas – batareyalardan 
oziqlanadi.  (Sh. Boshbekov) 4. Juman bobo hamisha bitta gapni takror-
laydi: – Meni shoshirmanglar, nevara-chevaralarimni narigi ming yillikka 
o‘tqazib qo‘yay, ana undan keyin haydamasanglar ham o‘zim ketaman. 
(Said Ahmad) 5. Sovuq terga botgan ona tun bo‘yi ingrab, behalovat 
bo‘lib chiqdi. Nihoyat, u horg‘in ko‘z qobiqlarini ochdi. (M. Nasibullin)
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik 
lug‘ati»dan olingan paronim iboralarning izohlarini esda tuting. 
Ular ishtirokida gaplar tuzing.

Download 265,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish