Tavsif
va
tasvir
so‘zlarining ma’nolari,
ulardagi farqli jihatlar va qo‘llanish o‘rinlarini yodda tuting.
Ba’zan nutqda ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlarning biri o‘rnida ikkin-
chisini ishlatish hollari uchrab turadi. Bu nutqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ba’zilar
tavsif
so‘zi o‘rnida
tasvir
so‘zini ishlatadilar. Vaholanki,
tavsif
va
tasvir
so‘zlarining orasida ma’no farqi va ularning har qaysisining o‘z
ishlatilish o‘rni bor.
Bir narsa sifatlarining og‘zaki yoki yozma bayoni –
tavsif
, surati,
shakli, rasmi esa
tasvir
bo‘ladi. Tavsifdan kishida tushuncha hosil bo‘ladi,
tasvirdan tasavvur vujudga keladi. Masalan, bir mashinaning tuzilishi va
ishini bayon qilish – bu o‘sha mashinaning tavsifi, shu mashinaning rasmi
yoki tuzilish chizmasi uning tasviridir. Yana bir misol: miya tuzilishini
so‘z bilan tushuntirish –
Do'stlaringiz bilan baham: |