Ko‘ziga issiq ko‘rinmoq
1. Tanishdek tuyulmoq. 2. O‘ziga tort-
moq, yoqimli bo‘lmoq. Varianti:
ko‘ziga o‘tday ko‘rinmoq.
Zidi:
ko‘ziga sovuq ko‘rinmoq.
yuzi shuvut bo‘lmoq
Uyatli holatda qolmoq. Varianti:
beti shuvut
bo‘lmoq; yuzi shamgin bo‘lmoq.
Zidi:
yuzi yorug‘ bo‘lmoq.
4-topshiriq.
Gaplarni ko‘chiring. Turg‘un o‘xshatishlarning nutq ifo-
daliligiga ta’sirini baholang.
1. Bo‘ldi-da endi, voy-bo‘! Bitta gapni achchiq ichakday cho‘zavera-
dimi! (Sh. Boshbekov) 2. Olomon ichidan bir kosib yigitcha bo‘ynini
xo‘rozday cho‘
zib, baralla qichqirdi. (Oybek) 3. Avvallari bunday holga
tushgan odamni ko‘rganda, xuddi jismiga paykon sanchilgan sherdek
o‘kirib dunyolarni buzadigan Yusuf hozir miq etmasdi. (Ulug‘bek Hamdam)
4. Butun shahar arining uyasidek qaynaydi. (Sh. Boshbekov) 5. Rangi
uniqqan chit ko‘ylak ustidan nimcha kiyib olgan Umri xola sharpaday
unsiz yurib keldi-da, zinadan ayvonga ko‘tarildi. (O‘. Hoshimov)
Do'stlaringiz bilan baham: |