Qoraqalpog'iston. Beruniy tumani. Sulton Uvays bobo maqbarasi
XVII - XIX asrlar. Sulton Uvays asl ismi Suhayl ibn Omir ibn Rumon ibn Nohiya ibn Qaran ibn Murod. U Yaman mamlakatining Qaran qishlog'i Murodiy qabilasida milodning 625 yili tug'lgan. 657 yili (hijriy 37 yili 17 shavvol kuni) Hazrati Ali va Muoviya askarlari o'rtasida yuz bergan Siffin jangida 32 yoshida shahid bo'lgan. Payg'ambar (a.s.) bu bo'lg'usi avliyo zot haqida xabar berganlar. Sulton Uvays Bobo maqbarasida u kishining jasadlari yo'q. O'sha davr odatiga ko'ra, avliyoning izdosh-muxlislari XVII asrda ramziy qabr yasab, bir ziyoratgoh bunyod etishgan. So'ngra keyingi asrda Xiva xonining o'g'li Olloqulixon Peterburg safaridan qaytib kelayotganida o'sha joyda tunaydi. Avliyolar Sultoni Uvays Qaraniy uning tushiga kirib, yaqinda xon bo'lishi haqida bashorat qiladi. Shu bashorat ro'yobga chiqqach, uning suyunchisiga Olloqulixon shayxga katta masjid va alohida o'nta chillaxona qurdiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |