Samarqand. Xoja Abdu Berun majmuasi
XVII asr. Xoja Abdu Berun xonaqohi Samarqand qal'a devorining janubida joylashgan. XVII asr tarixiy yodgorligi. Ko'hna qabr yoniga toqu ravoqli xonaqoh-masjid, o'rtasiga jamoatxona, atrof burchaklariga hujra va zinalar qurilgan. Qo'shqavat sirkor gumbaz, poygumbaz va devorlar sirkor g'ishtlar va koshinkor naqshlar bilan bezatilgan. Jamoatxonaning uch tomonidan eshiklar ochilgan. Mehrob oddiy, xonaqoh ham xushbichim, sodda va fayzlidir. Uning yonboshida avliyo Xoja Abdu Berun qabri bor. Katta hovli sahnida supa, hovuz va darvozaxona ko'zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |