Ijtimoiy xizmatlar mavjud bo‘lgan mamlakatlarda ijtimoiy xodimlar
tasarrufidagi vositalar majmuyi quyidagilardan iborat:
pul yordami tizimi mehnatga qobiliyatsiz kishilar, muhojirlar va qochoqlarga doimiy, vaqtinchalik, bir yo‘la va maqsadli moddiy yordamlarni o‘z ichiga oladi;
o‘qitish va qayta tayyorlash kurslari (asosan, muhojirlar uchun).
Bu vositalardan samarali foydalanish tegishli tashkiliy tuzilma bo‘lgandagina mumkin.
Ta’kidlash lozimki, ijtimoiy xodim xizmatlarni loyihalashtirish jarayonida bevosita ijtimoiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi xizmat bo‘linmalari: “ijtimoiy homiylar” lavozim jadvali, ruhiy yordam xizmati xodimi, ishga joylashtirish xodimi; ijtimoiy yordamga muhtojlar haqida ma’lumot to‘plash xizmati va shunday yordam samarasini baholash; umumiy qarorlar qabul qilish, mutaxassislar moddiy resurslarini taqsimlash vazifasini bajaruvchi boshqarish xizmati kabi modellardan foydalanishi mumkin.
Aholiga xizmat ko‘rsatishda ijtimoiy xodimning odobi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash joizki, ijtimoiy xodim odobi odob me’yorlari majmuyi hisoblanib, ijtimoiy xodimlar va ular faoliyatini tartibga soluvchi jamiyat 97
tomonidan tuziladi. Bu me’yorlar olti guruhga ajraladi: Ijtimoiy xodim xulqi va qiyofasi (xulqning oliy namunalari, ijtimoiy xodimga munosib bo‘lganlariga amal qilish; o‘z kasbiy malakasini takomillashtirish; ijtimoiy xodim kasbiy majburiyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z majburiyatlari sifatida qarash; o‘z xulq-atvorini kasbiy vijdonlikning yuqori namunalari bilan qiyoslash; ilmiy tadqiqotlar olib borishda tegishli shartnomalarga amal qilish).
O‘z mijozlariga bo‘lgan munosabati (mijozlarga munosabat bo‘yicha mas’uliyatni o‘zining to‘g‘ridan to‘g‘ri mas’uliyati sifatida qarash; ularda yuqori darajada mustaqillikning yuzaga chiqishiga ko‘maklashish; mijozlardan olingan ma’lumotlarni tarqatmaslik; ko‘rsatilayotgan yordam va mijozlar imkoniyatidan kelib chiqib, gonorar belgilash).
Hamkasblariga bo‘lgan munosabati (o‘z hamkasblariga hurmat va ishonch bilan munosabatda bo‘lish; ularning mijozlari bilan kasbiy to‘la safarbar holda ish olib borish).
Hamkorlik qiladigan tashkilotlariga munosabati (tegishli tashkilotlar oldidagi majburiyatlariga sodiq bo‘lish).
O‘z kasbiga bo‘lgan munosabati (o‘z kasbi ijtimoiy ahamiyatini tushunishga ko‘maklashish; o‘z ijtimoiy yordamini aholi keng qatlamiga yetib boradigan tarzida bo‘lishiga erishish; o‘z kasbiy faoliyatida bilimlardan faol foydalanish).
Jamiyatga bo‘lgan munosabati (umumiy farovonlik oshishiga hissa qo‘shish).
Nazorat va muhokama uchun savollar Ijtimoiy xizmatning asosiy maqsadini ayting.
Ijtimoiy xizmatlarning asosiy vazifalarini sanab bering.
Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning asosiy tamoyillarini aytib bering.
O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi qonunini mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.
Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj deb topilgan shaxslarga kimlar kiradi?