Ikkinchi model. Sug‘urtalanuvchilar va sug‘urtalovchilar badal to‘lashadi, ammo ular bilan qilinadigan hisob-kitoblarda u yoki bu sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi ehtimoli e’tiborga olinmaydi. Sug‘urtalash amalda uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladi va moliyaviy mablag‘larning jamlanishi majburiyatlar o‘sishi bilan bog‘liq emas. Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolarning pensiya ta’minoti ana shu tarzda tashkil etilgan. U sug‘urta badallarini undirishga asoslangan bo‘lsa-da, pensiya ta’minoti bo‘yicha joriy xarajatlarni qondirishgagina yo‘naltirilgan, bunda uzoq kelajakdagi xarajatlar e’tiborga olinmaydi. Bu shunga olib keladiki, zarur pul mablag‘larini izlab topish, odatda, pensiya oshirilishi arafasida yoki undan so‘ng amalga oshiriladi. Ijtimoy sug‘urtalash bo‘yicha chakana nafaqalar ham shu tarzda tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |