O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi



Download 330,09 Kb.
bet72/163
Sana02.01.2022
Hajmi330,09 Kb.
#310300
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   163
Bog'liq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish

Ijtimoiy xatarli holatlar deganda, ijtimoiy tavsifi tufayli vujudga keladigan va ulardan yuqori darajada ishonchli individual himoyalanish imkoniyati bo‘lmagan holatlar tushuniladi. Chunki ular ob’yektiv ijtimoiy-iqtisodiy tavsifga ega shart-sharoitlarning murakkab majmuasi bilan izohlanib, amalda deyarli alohida shaxs ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmaydi. Kishilarning jamiyat va davlatdagi faoliyati uchun o‘zaro javobgarligiga oid ushbu nuqtayi nazar ma’lum turdagi ijtimoiy xatarlar yuzaga kelganida, ularning normal, maqbul ijtimoiy holati mezonlarini belgilash zaruratini keltirib chiqaradi. Aksincha, xatarlardan biri tufayli vujudga kelgan normal holatdan jiddiy og‘ish g‘ayri - oddiy deb hisoblanadi, biroq u himoyalanish, ijtimoiy kafolatlarni talab etadi. Shu munosabat bilan ijtimoy xatarlar va ijtimoiy kafolatlar dixotomik juftlik deb hisoblanadi, bunda ijtimoiy xatarlar manfiy, ijtimoy kafolatlar esa ijobiy kattalikdir.

Shu tarzda ijtimoiy xatarlar odamlarning salomatligiga zarar yetganda, mehnatga layoqati yo‘qolganda yoki mehnatga talab yo‘q bo‘lgan hollarda (ishsizlik), normal ijtimoiy holatining buzilishi omillari bo‘lib, ular ish bilan band bo‘lgan aholining ish haqi yo‘qolishi, davolash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy ta’minlanmaganligi bilan birga kechadi. Oilalar uchun esa boquvchisi yo‘qolgan hollarda daromad manbayidan mahrum bo‘lishni anglatadi.

Ijtimoiy xatarlar ob’yektiv tavsifga ega bo‘lgani bois ularni himoyalash mexanizmi ham shunday tavsifga ega bo‘lishi kerak, ya’ni ulardan sug‘urtalanish majburiy bo‘lishi (qonunga ko‘ra), barcha ishlovchilarni qamrab olishi, moliyaviy yuklama uchun esa asosiy ijtimoiy sub’yektlar - ish beruvchi va ishlovchilar birgalikda javobgar bo‘lishi lozim.

Bunda ijtimoiy sheriklarning moliyaviy ishtiroki ulushi turlicha bo‘lishi mumkin, ammo har bir taraf muayyan iqtisodiy, ijtimoiy shart-sharoitlar, madaniy va psixologik an’analarni hisobga olgan holda moliyaviy javobgarlikning mutanosib nisbatini topishga intiladi.

Ijtimoiy xatarlar har qanday jamiyatda uchraydi. Shunga qaramay, sotsialistik jamiyatda ular tan olinmas edi. Buning sababi shunda ediki, faoliyatning barcha sohalariga oid iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar oldindan topshirilgan va belgilangan. Markazlashtirilgan rejali xo‘jalik yuritish usulida xatarlar ma’muriy- rejali boshqaruv usuliga zid kategoriya sifatida amal qilar edi. Shu sababli sug‘urta xatarlariga, odatda, tabiat bilan bog‘liq voqealar kirar edi: tabiiy ofatlar, yong‘inlar va h.k. Shu bilan birga, ijtimoiy xatarlar ham mohiyatiga ko‘ra o‘zgacha, umuman olganda, kichikroq bo‘lar edi. Markazlashtirilgan rejali tizim ijtimoiy turmush faoliyati sharoitlarini standartlashtirar, ya’ni minimallashtirar edi. Ayni paytda barqarorligini saqlar edi. Sotsialistik davlat asosiy ish beruvchi va ishlab chiqarish vositalarining egasi bo‘lgani holda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik kafolatlarini ta’minlar edi, ya’ni iqtisodiy va ijtimoiy xatarlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olar edi. Mulkchilik va xo‘jalik yuritishning xususiy shakllari rivojlanishi barobarida davlat ijtimoiy ta’minot sohasi va uning imkoniyatlari muqarrar ravishda qisqarib boradi. Iqtisodiy va ijtimoiy sohada xatarlar darajasi o‘sishini bizning shart-sharoitimizdagi tabiiy, qonuniy jarayon deb, iqtisodiy erkinlikning “teskari tarafi” deb ta’riflash mumkin.

Bunday sharoitda davlatning ijtimoiy himoya borasidagi roli va imkoniyatlari boshqacha xarakterga ega bo‘ladi. Davlat xatti-harakati aholining kam himoyalangan qatlamlari - nogironlar, bolalar va qariyalarga yo’naltiriladi. Mehnat bilan band aholiga kelsak, ularni ijtimoiy himoyalash ularning o‘zlari va ish beruvchilarga bog‘liq bo‘lib qoladi. Bunga ishlovchilar va ish beruvchilarning moliyaviy resurslarini shakllantirishda ishtirok etishi, ushbu resurslarni tasarruf etish bo‘yicha vazifalarni ishchilar va ish beruvchilarning vakolatli vakillariga o‘tkazish, shuningdek, sug‘urta to‘lovlari miqdorining sug‘urta badallari miqdori va to‘lash davri (hajmi)ga bog‘liqlini belgilash orqali erishiladi.

Bunday yondashuv bozor iqtisodiyoti rivojlangan ijtimoiy tizimga, ijtimoiy siyosat tabiatiga xos bo‘lib, u quyidagi tamoyillar asosida shakllanadi:

  • yollanma ishchilar, ularning ish beruvchilari, ish bilan band bo‘lgan aholi boshqa toifalarining ijtimoiy himoyaning maqbul darajasini moliyaviy ta’minlash uchun javobgarligi;

  • ish bilan band aholi va ish beruvchilarning kamroq darajada ijtimoiy himoyalangan ishchilar va ularning oilalarini birgalikda qo‘llab-quvvatlashi (sog‘lom odam kasal odam uchun haq to‘laydi, yuqori daromadli xodimlar kam daromadli xodimlarga birgalikda yordam ko‘rsatadi);

  • optimal qo‘llab-quvvatlash, ya’ni u solidar qo‘llab-quvvatlash darajasini

belgilaydi va uning miqdorini qat’iylashtirib qo‘yadi.

Bu borada yuz yildan ortiq jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy xatarning aniq turlarini himoyalash ijtimoiy sug‘urtaning alohida yo‘nalishlari (sektorlari) doirasida samarali tashkil etilishi mumkin:

  • pensiyaga oid (keksalikka ko‘ra, nogironlik, boquvchisini yo‘qotish);

  • tibbiy (tibbiy yordam haqini to‘lash), shu jumladan, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik;

  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa (ishlab chiqarishda jarohatlanish), kasb kasalliklari, ishlab chiqarishda halok bo‘lganlar qaramog‘idagilarga pensiyalar;

  • ishsizlik holati (ishsizlik bo’yicha nafaqa, qayta o’qitish va ishga joylashtirish).

Ijtimoiy sug‘urtaning bu tarzda taqsimlanishining maqsadga muvofiqligi ijtimoiy xatarlarning himoyalanishi lozim bo‘lgan turli tabiatiga,

sug‘urtalanuvchilarning qondiriladigan ehtiyojlariga, shu bilan birga, sug‘urta qilish turlarining huquqiy tartibga solinishiga bog‘liq.

Yuqoridagilardan quyidagicha xulosa chiqadi: ijtimoiy sug‘urta predmeti deganda, sub’yektlarning ish bilan band bo‘lgan aholini ijtimoiy xatarlardan himoyalashga mo‘ljallangan moliyaviy mablag‘larni shaklllantirish va tasarruf etish, shuningdek, tibbiy va reabilitatsiya yordamini tashkil etish bo‘yicha iqtisodiy va huquqiy munosabatlar tushuniladi.

Ijtimoiy xatar mazmuni (tabiati) va uning yuzaga kelish ehtimoli darajasi uni kamaytirish (minimallashtirish) bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish, kompensatsiya tadbirlari turlari va ko‘lamini baholash (tibbiy xizmatlar, yo‘qotilgan ish haqi o‘rnini qoplovchi kompensatsiya to‘lovlari) imkonini beradi.

Ijtimoiy xatarni quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida o‘lchash mumkin:

  • xatar holatlarining kelib chiqishi davriyligi;

  • xatar holati yuzaga kelganda, ijtimoiy kafolatlar darajasi;

  • sug‘urta tashkilotlari uchun kompensatsiya to‘lovlari moddiy xarajatlarining hajmi, shuningdek, barcha sug‘urtalanuvchilar ish haqi kattaligiga nisbati bo‘yicha ulushi;

  • xatar holatining o‘rtacha davomiyligi, ya’ni uning kelib chiqishi bilan faoliyatning normal sharoitiga o‘tishgacha bo‘lgan davr.

Ijtimoiy xatar alohida ijtimoiy guruhlar va xodimlar uchun xavfliligi darajasiga ko‘ra tasniflanishi mumkin. Agar xavf darajasi past bo‘lsa, tashkiliy- huquqiy shakli ixtiyoriy xarakterga ega bo‘ladi. Agar yuqori bo‘lsa, odatda majburiy (qonuniy) tavsifga ega bo‘ladi. Ixtiyoriy va majburiy sug‘urtalash orasida bir necha o‘tish shakllari mavjud bo‘lib, odatda ular fakultativ-majburiy yoki shartli-majburiy deb ataladi.

Xatar tabiatini aniqlashda mehnatga layoqatlilik yo‘qolishi darajasi, miqdor va sifat tavsiflarini baholash, ya’ni salomatlikka yetkazilgan zarar turlari va ehtimoli, oqibatlari jiddiyligini aniqlash muhimdir. Jumladan, agar ishlab chiqarish muhitining zararli omili kasb kasalliklarini keltirib chiqarsa, turli yosh va jinsdagi kishilarning kasallanish ehtimoli, ish staji davomiyligi, kasallik muddati va uning og‘irligiga oid ob’yektiv ko‘rsatkichlarni aniqlash kerak. Agar xavfli omil odamlarning halok bo‘lishiga olib kelsa, halok bo‘lganlarning miqdorini vaqt va aholi toifalari bo‘yicha taqsimlanishini bilish, vafot etganlarning miqdoriga nisbatan ularning qaramog‘idagi kishilarning standartlashtirilgan sonini (har ming kishiga) bilish kerak.

Xatarning aynan bir turi ta’sir ko‘rsatayotgan ob’yektlar sonini uzoq vaqt oralig‘ida kuzatish paytida tasodifiy voqealar (kasallanish, nogironlik va h.k.) qonuniyatlari aniqlanadi. Shu maqsadda ehtimollik nazariyasi, demografik statistika va uzoq muddatli moliyaviy taxminlash nazariyalari qo‘llanilib, ular birgalikda aktuar hisob-kitoblar metodologiyasi yordamida birlashtiriladi.


Download 330,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish