O’zbekiston imijini rivolantirshda oav ro’li reja Kirish 1- bob Imij tushunchasi va uning davlat ishtimoiy muxitiga tasiri


Markaziy telekanallarda imij mavzusini yoritilishi



Download 322,33 Kb.
bet13/25
Sana14.06.2023
Hajmi322,33 Kb.
#951123
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
O’ZBEKISTON IMIJINI RIVOLFNTIRSHDA OAV RO’LI

2.2 Markaziy telekanallarda imij mavzusini yoritilishi
O‘zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri – fuqarolik jamiyatini o‘zida aks ettiradigan bamisoli bir ko‘zgu ekanligi hayotda o‘z isbotini topmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo‘llagan tabrigida ta’kidlanganidek, “Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz”1.
O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunida (1-ilova) Axborot xizmatlarining huquqiy asosi mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 125-qarorida (2-ilova) davlat va xo‘jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas’uliyatini ta’minlash vazifalari belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (3-ilova) mazkur sohani yanada rivojlantirishda g‘oyat muhim qadam bo‘ldi.
Demak, yuqorida qayd etilgan qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari axborot xizmatlarining huquqiy asosi hisoblanadi.
Mazkur qonun va qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida, Qoraqalpog‘iston davlat universiteti Jurnalistika bo‘limida “Axborot xizmatlari” fani o‘qitilmoqda. Mazkur oliy ta’lim muassasalariga 2019-2020 o‘quv yilidan e’tiboran Axborot xizmatlari yo‘nalishida ham abituriyentlar qabul qilina boshlagani, shu sohada kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan fakultetlar tashkil etilayotgani muhim voqelikdir.
Bo‘lg‘usi jurnalistlar jamoatchilik bilan aloqalar (PR) fani nazariyasi va amaliyotini, Axborot xizmatini maxsus kurs orqali o‘rganish bilan bir qatorda respublika yetakchi tashkilotlari, vazirliklar, siyosiy partiyalar va boshqa idoralarning Axborot xizmatlarida mahorat sirlarini o‘zlashtirmoqdalar. Respublikamizdagi qator tashkilotlarning Axborot xizmatlarida hozirgi vaqtda mazkur o‘quv dargohidan yetishib chiqqan kadrlar samarali faoliyat ko‘rsatishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevral kuni qabul qilingan “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida “Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligi yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan”i qayd etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi zimmasiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta’minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy o‘zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning Axborot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta’minlash orqali ko‘maklashish vazifasi ham yuklatildi. Bu vazifalar to‘la-to‘kis bajarilishi uchun avvalo har bir vazirlik, idora, muassasa va tashkilotning Axborot xizmatlari ham mas’uldirlar.
Axborot xizmatining asosiy vazifalaridan biri – tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirishdan iborat ekan, bunda ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik hamda parlament nazoratini ta’minlash, davlat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Yurtimizda OAVning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish, fuqarolarning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirish, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Sohadagi izchil islohotlar jarayonida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, barcha vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarida axborot xizmatlari tashkil etilib, ular faoliyati davr talabi asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Turli idora va tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda dolzarb mavzularda matbuot konferensiyalari, brifinglar o‘tkazilishi, bunda jamoatchilik bilan muloqotning interfaol usullaridan keng foydalanish, tegishli ma’lumotlarning maxsus veb-saytlarda joylashtirilishi aholining axborot olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, davlat va jamoat birlashmalari axborot xizmatlari, media-tuzilmalar ishini faollashtirish, soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini muttasil oshirib borish dolzarb ahamiyatga ega.
Axborot xizmatlarida asosan shu soha siru-sinoatlaridan boxabar jurnalistlar faoliyat ko‘rsatishadi. Ular ham OAV xodimlari kabi asosan axborot to‘plash va tarqatish bilan shug‘ullanadi. Axborot xizmati xodimi o‘qimishli bo‘lishi zarur. Ya’ni, aytmoqchi, yozmoqchi bo‘lgan har bir fikrini avvalo ishonchli manbalardan o‘qib-o‘rganishi maqsadga muvofiqdir.
Axborot xizmatida faoliyat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim qaysiki mavzuda so‘z yuritmasin avvalo uning quyidagi uchta muhim asosi hisoblanmish ishonchli manbalarni o‘z ko‘zi bilan o‘qib ko‘rmog‘i lozim:

  1. Metodologik asosi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va nutqlarida bayon etilgan fikrlar);

  2. Huquqiy asosi (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarda bayon etilgan fikrlar);

  3. Nazariy asosi (ilmiy asoslangan kitoblar, darsliklar, qo‘llanmalar, maqolalar va boshqa yozma manbalarda bayon etilgan fikrlar).

Ushbu manbalarni o‘qimasdan gapirgan mas’ul xodim xatolikka yo‘l qo‘yishi hech gapmas. Tashkilot rahbari nomidan gapirishga haqli bo‘lgan Axborot xizmati rahbari xatolikka yo‘l qo‘yishi kechirilmas holdir. U o‘sha asossiz, xato gapi bilan tashkilotning obro‘siga putur yetkazadi…
Mazkur o‘quv qo‘llanmani nashrga tayyorlashda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzalarida ilgari surilgan g‘oyalar, tegishli qonunlar va qarorlarda belgilangan normalar metodologik hamda huquqiy asos qilib olindi. Mamlakatimizda xalq bilan muloqot jarayonlarini tadqiq etgan holda bu borada to‘plangan bilim va tajribalar, ilmiy xulosalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Kreativ industriya vakillari Yangi O‘zbekiston imijini yuqori saviyada targ‘ib qilish maqsadida global PR-aksiyasini o‘tkazish uchun birlashdi. Aksiya o‘tkaziladigan ilk joy Fransiyaning Kann shahri bo‘lib, u may oyida dunyoning turli burchaklaridan kelgan taniqli shaxslar va yulduzlarni jalb qilish markaziga aylandi. “Uzbekistan’s club” ijodiy jamoasi ulkan g‘oyani hayotga tatbiq etib, Kann shahrida O‘zbekiston Milliy pavilyonini yaratdi.
Pavilyonga tashrif buyuruvchilar va “Marché du Film” yarmarkasi rahbarlarining fikricha, O‘zbekiston Milliy pavilyoni eng yorqin va esda qolarli maydonchaga aylandi. Milliy pavilyon faoliyatini yoritish uchun O‘zbekistondagi yetakchi ommaviy axborot vositalari, blogerlar, aktyorlar, shuningdek, “O‘zbekiston-24” va “MY5” telekanallarining tasvirga olish guruhlaridan iborat delegatsiya yetib keldi. “Euronews” kanali O‘zbekistonning turistik salohiyati va Milliy pavilyon faoliyati haqida maxsus reportaj tayyorladi.
Pavilon mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Uning faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Milliy PR markazi tomonidan O‘zbekiston imijini xorijda targ‘ib etishga qaratilgan yangi ijodiy loyihalar bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Mazkur loyihalar keng doiradagi chet elliklar, sayyohlar va xorijiy jamoat arboblarining e’tiborini O‘zbekistonga qaratishga xizmat qiladi.
Kann shahridagi O‘zbekiston Milliy paviloni O‘zbekistonning xorijdagi ijobiy imijini yangi formatda targ‘ib etishga qaratilgan global kampaniyalar turkumidagi ilk loyihadir. “Uzbekistan’s club” ijodiy jamoasi yaqin kelajakda Yevropada “New Uzbekistan” va “Aral Dream” forumlarini tashkil etish va O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida yaratilayotgan “O‘zbekistonlik” filmining epizodlarini suratga olish ishlarini davom ettirishni rejalashtirmoqda.
“Shuningdek biz ‘7/24’ axborot teleko‘rsatuvining identifikatsion plashkalari va rang majmuini ham yangiladik. Bunda zamonaviy informatsion telekanallar qiyofasi, kanalimizning o‘ziga xos jihatlari, xususan, kun mobaynida yangilanib boruvchi yangiliklar, ko‘rsatuvimizning tezkorligi ortib borayotganligi, va, albatta, teletomoshabinlarimizga ko‘rinishi yoqimli va zamonaviy televizon kontent taqdim etish maqsadi kabi jihatlar hisobga olindi”, – deydi UzReport TV telekanali bosh rejissori Aziz Nabixonov.
Bundan tashqari, Aziz Nabixonovning aytishicha, dasturlararo teleko‘rsatuvlar va telekanalning hujjatli filmlar yaratuvchi ijodiy guruhi tomonidan tayyorlanadigan filmlarga ham yangi imij uslubi tatbiq etiladi.
Ma’lumki, oq rang ochiqlik va pozitiv timsolidir. Metallik kulrang esa yuqori salohiyat belgisi hisoblanadi. Ushbu ranglar uyg‘unligi tomoshabinga, mazkur kanal haqiqatan ham o‘z faoliyatida ilg‘or ish uslublari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanadigan yangi formatdagi kanal ekanligini tushunish imkonini beradi.
“Biz telekanalimizning yangi dizayni haqidagi tomoshabinlar fikri va bahosini olishga hamda bildirilgan mulohazalarga muvofiq uni takomillashtirib borishga tayyormiz. O‘z takliflarini tomoshabinlarimiz elektron pochta orqali info@corp.uzreport.com manziliga yoki maxsus aloqa shaklidan foydalanib UzReport informatsion agentligining sayti (http://uzreport.uz) ga jo‘natishlari mumkin. Biz, shuningdek, UzReport’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tomoshabinlarimizning sharhlarini kutin qolamiz”, – deya ta‘kidladi UzReport TV telekanali bosh rejissori Aziz Nabixonov.
Mamlakatimizda axborot sohasini isloh qilish, aholining erkin axborot olishini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Har yili O'zbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida»gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori talablaridan kelib chiqib, «ochiqlik indeksi» reytingi o'tkaziladi. Ushbu reyting bo'yicha Ichki ishlar vazirligi 2017 yilning birinchi yarmidagi holatga ko'ra, 52 ta vazirlik va tashkilotlar ichida 40-o'rinni egallagan bo'lsa, 2018 yilning birinchi yarmida 45 ta vazirlik va tashkilotlar ichida 15-o'rinni egallab, mazkur ko'rsatkich sezilarli darajada yaxshilandi.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi, vazirlikning tarkibiy va hududiy bo'linmalaridagi mavjud axborot xizmatlari, mul`timedia markazlari, matbuot va media guruhlari birgalikda IIV Axborot xizmati sifatida faoliyat yuritishi yo'lga qo'yildi. Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati zamonaviy jihozlangan tasvirga olish studiyasi, brifing va matbuot anjumanlari o'tkazish zali, ovoz yozish studiyasi, montaj xonalari, elektron ommaviy axborot vositalari bilan ishlashda internet tarmoqlariga ulangan so'nggi rusumli komp`yuter xonalari va xodimlar uchun qulay sharoitlarga ega xonalar, zamonaviy foto va video yozib olish vositalari bilan ta'minlandi.
Shu bilan birga, vazirlikning rasmiy nashrlari «Rostda—Na postu» gazetasi, «Qalqon—Щit» jurnali hamda «rostda.uz» veb-saytida o'zbek va rus tillarida «Jinoyatga jazo muqarrar», «Pora — yuzni qilar qora», «Bir jinoyat tafsiloti», «ehtiyot bo'ling: firibgar!», «Jinoyat muhokamasi», «Qilmish — qidirmish» kabi ruknlarda chop etilayotgan maqolalar orqali sodir etilgan qoidabuzarliklar, jinoyatlar haqida ma'lumot berilib, fuqarolarning ogohligini oshirish, ularga har qanday qonunbuzarlikning oxiri ayanchli yakun topishi muqarrarligi uqtirilmoqda.
«Buyuk ajdodlarimiz» ruknida chop etilayotgan materiallarda ulug' bobokalonlarimizning ibratli hayot yo'li va ijodi haqida batafsil ma'lumot berilayotgani ham e'tiborlidir. Bu esa, shubhasiz, tizim xodimlarining ma'naviyatini boyitishga xizmat qiladi, ularni tariximizni o'rganishga, ajdodlarimiz matonati va jasoratidan ibrat olishga undaydi.
Yillar o'tgani sayin nashrlarning mazmunini yanada boyitish, soha vakillarining fidoyilarcha xizmatini ko'rsatish maqsadida, zamonga mos bo'lgan ruknlar tashkil etilmoqda.O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan qo'shma qaror, «UzReport TV», «Mahalla», «Yoshlar» telekanallari bilan kelishuvlar tuzilgan. Buning samarasi o'laroq, markaziy telekanallarning o'zida 14 dan ortiq maxsus ko'rsatuv va dasturlar faoliyati yo'lga qo'yilgan. «O'zbekiston 24» telekanalidagi «Vaziyat 24», «Fakt 24», «UzReport TV» telekanalidagi «Navbatchilik qismi», «Tezkog xabarlar», «Jinoyat qidiruv bo'limi», «No somment!», «Uoshlag» telekanalidagi «Avtopatrul», «Mahalla» telekanalidagi «Reportyor», «Voqea joyi», «Zo'g TV» telekanalidagi «25-soat» dasturlari shular jumlasidandir. Markaziy telekanallarning «Axborot 24», «Yangiliklar 24», «Markaziy studiya», «Nudud», «Zamon», «Vu kun», «Diuog» informatsion dasturlari orqali ham muntazam ravishda tizim faoliyatiga oid lavhalar namoyish etib borilmoqda.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish