O’zbekiston hududida ilk tibbiyot



Download 135,59 Kb.
Sana05.06.2022
Hajmi135,59 Kb.
#637978
Bog'liq
Begimov Suhrob 121tarix

O’zbekiston hududida ilk

tibbiyot

  • Reja:
  • Reja:
  • O‘zbekiston hududida ilk tibbiy bilimlar;
  • O‘rta asrlarning buyuk Sharq allomalari;
  • Xorazm davlatining buyuk tabiblari.
  • O‘rta asrlarning buyuk Sharq allomalari.
  • Qadimgi O‘rta Osiyo hududida yashagan xalqlar (bizning ajdodlarirn.iz) tibbiyoti ham boshqa Sharq xalqlari tibbiyotiga o‘xshash bo‘lgan. Ayniqsa Eron tibbiyoti bilan O‘rta Osiyo xalqlari tibbiyoti o'rtasida umumiylik sezilarlidir. Bu mamlakatlarning tabiiy-jug‘rofiy sharoiti, hayot tarzi, an’analari, diniy e’tiqodlari (zardushtizm) bir-biriga juda yaqin bo'lgan. Shuning uchun ularning tibbiyoti ham umumiy xarakterga ega edi.
  • O‘rta Osiyoda, xususan, O‘zbekiston hududida qadim zamonlarda yashagan xalqlarning tibbiyoti haqidagi birinchi yozma ma’lumotlarni biz zardushtiylarning diniy-muqaddas kitobi "Avesto" dan topamiz.
  • «AVESTO» - QADIMGI TARIXIMIZNI O'RGANISHDA NOYOB MANBA
  • O'z mazmuni, mohiyatiga ko'ra yakkaxudolik, insonparvarlik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, yurtparvarlik g'oyalarini tarannum etib, odamzod ahlini bunyodkorlik, yaratuvchilikka undagan muqaddas «Avesto» olis tariximizning asl durdona asarlari sirasiga kiradi'. «Avesto» kitobi miloddan avvalgi so'nggi ming yillik boshtari va o'rtalarida hududimizda yashagan qadimgi xalqlarning o'ziga xos turmush tarzi, xo'jalik mashg'uloti, ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odatlari-yu ma-rosimlari haqida ma'lumot beruvchi muhim tarixiy manbadir.
  • Modomiki, «Avesto» ona tariximizning muhim tarkibini tashkil etar ekan, bu noyob manba qachon, qayerda, kim tomonidan yaratilgan, degan savol ko'pchilikni qiziqtiradi. Tarixiy manbalarni chuquro'rganish, eng avvalo, «Avesto»da tilga olingan asosli jug'rofiy hududlar, yurtlar nomlarini, aholining mashg'ulot turlarini, urf-odatlarini, dafn marosimlarini sinchiklab o'rganish asnosida olimlar bu buyuk ta'Iimotning haqiqiy Vatani O'rta Osiyo o'lkasi, uning Xorazm vohasi ekanligini isbotlagan. «Avesto»da tilga olingan 16 ta yirik hududiy nomlarning ko'pchiligi ham O'rta Osiyoga taalluqlidir.
  • O‘rta asrlarda tabobat ilmi Sharqda, jumladan, O‘rta Osiyoda rivojlana boshladi. Yunon, sanskrit va boshqa qadimiy sharq tillarida yozilgan tibbiy asarlarni ko‘pchiligi, jumladan, Aristotel, Dios- korid va Galenning dorishunoslikka oid asarlari shu davrda suryoniy va arab tiliga tarjima qilindi. Abu Hanifa ad-Dinavoriy, Abu Mansur Somoniy, Muhammad ibn Yusuf Iloqiy, Muhammad ibn Bahrom Kolonisiy, Ali ibn Umar Najibuddin Samarqandiy kabi mashhur tabib va hakimlar turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davosiga hamda dorishunoslikka oid ilmiy asarlari va amaliy ishlari bilan Sharqda tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar.
  • Sharqning mashhur tabibi, ensiklopedist olimi Abu Bakr ar- Roziy (865—925)ning tabobat sohasidagi asarlari, umuman, jahon tibbiyotining rivojlanish va boyishida g‘oyatda ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tabobat qobusnomasi hisoblangan 25 jildli «Al-Hoviy» nomi bilan tanilgan katta to‘plam («Al-Jomi’ al-Kabir va qad urifa bi-l Hoviy») kitobi hozirgacha G‘arb va Sharq tibbiyotida mashhurdir. Abu Rayhon Beruniy (973—1048)ning «Tibbiyotda dorishunoslik» («Kitob al-saydana fi-t-tib») asari esa o‘sha davr tabobatining eng katta yutug‘idir. Bu asar O‘rta Osiyo dorishunoslik ilmiga asos bo‘ldi.
  • O‘rta asrning buyuk tabibi, qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali) (980—1037) G‘arbda Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sinoning tabo- batda qilgan ishlari uning nomini bir necha asrlarga shu fan sohasi bilan chambarchas bog‘ladi. Olimning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, u o‘zigacha o‘tgan turli xalq namoyandalari tomonidan asrlar davomida tib ilmi sohasida to‘plangan ma’lumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va ularni o‘z tajribalari bilan boyitgan holda ma’lum nazariya va qonun-qoida asosida umumlashtirdi. Bunga uning «Tib qonunlari» va bu asarning jahon tib ilmi tarixida tutgan mavqeyi hamda qozongan shuhrati yorqin dalildir.

HUSAYN AL –JURJONIY

  • Zayniddin Abul Fazoyil Ismoil ibn Husayn al-Jurjoniy al-Xorazmiy — taniqli shifokor.
  • 1042 yil Jurjonda (Kapiy dengizi qirg‘og‘idagi Gurgon shahri) tug‘ilgan, so‘ngra, Xorazmga ko‘chib o‘tadi va uzoq yillar davomida shu yerda yashaydi.
  • O‘zinnig tabobatga oid “Zahira-i xorazmshahi” asosiy mehnatini Jurjoniy Qutbiddinga bag‘ishlaydi. O‘g‘li Otsizning farmoniga ko‘ra, 1113 yil u “Zahirlar”ning qisqartirilgan, ya’ni, tibbiyot qo‘llanmasining yon daftarchasiga xos ko‘rinishini tuzadi.
  • O‘zining asosiy asari “Zahira-i xorazmshahi”da Jurjoniy zamonasining butun tibbiyotini (unga shaxsiy kuzatuvlarini qo‘shgan holda) forsiy tilda ifoda etgan.
  • Jurjoniy asarlarining o‘ziga xos xislatlari shundaki, ularda u yoki bu kasalliklarning kelib chiqishida mahalliy ob-havo va boshqa sharoitlarning Xorazmga ta’siri kabi ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar, shuningdek, Xorazm bilan bog‘liq dorivor o‘simliklar, davo usullari ham keltirilgan.
  • “Zahira-i xorazmshahi” o‘z davrida juda mashhur bo‘lgan va tibbiyotga oid asosiy mehnatlardan biri hisoblangan. Turli kutubxonalarda uning ko‘plab nusxalari saqlanib kelishi buning isbotidir.
  • XII asr muallifi Aruzi Samarqandiy Jurjoniyning “Zahir”ini Galen, Roziy, Ibn Sino va boshqa atoqli olimlarning asarlari bilan bir qatorga qo‘yadi. Asar ivrit tiliga tarjima qilingan, XVI asrda turk tiliga tarjima qilingan; XVIII yilgi eski o‘zbek tiliga o‘girilgan qisman tarjimasi mavjud. XX asrda “Zohiriy” matni Eronda nashrdan chiqarilgan.
  • Jurjoniy xorazmshoh Qutbiddin Muhammad ibn Anushtagin saroyida (1097-1127) hamda uning o‘g‘li Aloudavla Otsiz (1127-1156) hukmronligi davrida ishlagan. Jurjoniy Galen, Gippokrat, Abu Bakr Roziy va Ibn Sino kabi qadimiy yunon va sharq shifokor-olimlarning mehnat namunalarini o‘rgangan.

Download 135,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish