O’zbеkistоn хаlq tа’limi vаzirligi



Download 1,67 Mb.
bet80/145
Sana21.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#31650
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   145
Bog'liq
Она тили ва адаб. УМК

Tilning tuzilishi. Til tuzilishiga ko‘ra murakkab hodisa bo‘lib, u bir-biri bilan uzviy bog`langan quyidagi qismlardan iborat:
1. Tovushlar tizimi.
2. Lug`at boyligi yoki leksika.
3. Grammatik qurilishi.
Ma’lumki, inson tili tovush tilidir. Har bir tilning o‘z tovushlar tizimi mavjud. Tovushlar so‘zlarni, iboralarni, grammatik shakl va ko‘rsatkichlarni shakllantiradi. Tovushlardan iborat bo‘lgan so‘z va iboralar yig`indisi tilning lug`at boyligini tashkil qiladi. Lug`at boyligidagi so‘z va iboralar fikrni ifodalovchi gap uchun qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. Gap, uni qurish qonun-qoidalarini tilning grammatik qurilishi belgilaydi.
Demak, tilning tarkibiy qismlari sanalmish tovushlar tizimi, lug`at boyligi, grammatik qurilishi o‘zaro chambarchas bog`langan bo‘lib, biri ikkinchisining bo‘lishini talab qiladi. Har bir konkret til o‘zining ana shu uzvlari bilan bir butun tizimni, sistemani, til tizimini tashkil etadi.
Til – taraqqiy qilib, o‘zgarib boruvchi hodisa. Til to‘xtovsiz ravishda o‘zgarib turuvchi, taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy hodisadir. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog`liq. Tilning taraqqiyoti birinchi navbatda uning lug`at boyligida o‘z aksini topadi. Kishilar hayotidagi o‘zgarishlar, ilm-fan va madaniyatning taraqqiyoti leksikani boyitib boradi. Tilning tovushlar tizimi va grammatik qurilishi esa juda sekinlik bilan o‘zgaradi. Buni til tarixini o‘rganish orqaligina sezish mumkin.
O‘zbek tili - o‘zbek millatining tili, o‘zbek tili-O‘zbekiston Respublikasining davlat tili. Davlat tili sifatida o‘zbek adabiy tilining mavqei beqiyos darajada o‘sdi, xizmat doirasi kengaydi, lug`at tarkibi boyidi, fonetik tizimi, grammatik qurilishning takomillashuvida katta o‘zgarishlar yuz berdi.
O‘zbek milliy tili hozirgi o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan barcha kishilarning umumiy va yagona tilidir. U o‘zbek millatining shakllanishi bilan bevosita bog`liq. O‘zbek millati shakllangunga qadar u urug` tili, qabila tili va xalq (elat) tili tarzida yashab, rivojlanib keldi. O‘zbek adabiy tili ijtimoiy vazifasining kengayishi natijasida uning lug`at tarkibida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tilning leksikasi ichki imkoniyatlar bilan yangi yasalgan so‘zlar va boshqa tillardan qabul qilingan so‘zlar hisobiga boyib borishi ko‘zga tashlanmoqda. Kishilar ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi, xalq xo‘jaligidagi, madaniyat, fan-texnika sohasidagi ko‘pgina o‘zgarishlar yangi tushunchalarni, yangicha munosabatlarni keltirib chiqardi. Bularning hammasi o‘zbek tili leksikasining ko‘pgina yangi so‘zlar hisobiga hamda boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar hisobiga boyishiga sabab bo‘ldi. Masalan: broker, diler, makler, kompyuter, menejer, fermer, biznes va h. Ayrim o‘zbekcha so‘zlarning ma’nosida o‘zgarishlar ro‘y berib, ular boshqa ma’nolarda qo‘llana boshladi. Masalan: ishbilarmon va tadbirkor so‘zlari ilgari sifat turkumiga mansub bo‘lib, belgi ifodalagan bo‘lsa, hozirgi paytda bu so‘zlar ot turkumiga o‘tdi va shaxs ma’nosini ifodalaydigan bo‘ldi. Bu jarayonlarning barchasi o‘zbek tili lug`at boyligini yangi pog`onaga ko‘tardi.
O‘zbek tilining fonetik tizimida, grammatik qurilishida ham ma’lum o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Jumladan, fonetik tizimda, o‘zlashma so‘zlarda o‘zbek tiliga xos bo‘lmagan bo‘g`inning yangi turlari (so‘z boshida va so‘z oxirida ikki yoki undan ortiq undoshning qator kelishi) paydo bo‘ldi: sport, stol, traktor, shkaf, magistr, kongress kabi. Shuningdek, o‘zlashma so‘zlarda ikki unlining o‘zbek tili uchun xos bo‘lmagan ketma-ket kelish holatlari kuzatiladi: aeroport, bionika, geologiya, teatr, poema kabi.
Grammatik qurilishda kelishik shakllari, ayrim ko‘makchilarning ma’nosi va vazifasi kengaydi, kelishikli boshqaruv va ko‘makchili boshqaruv me’yorlari belgilandi. Ot boshqaruvi asosida tuzilgan so‘z birikmalari ko‘proq qo‘llana boshladi.
O‘zbek tilining bundan keyingi taraqqiyoti leksikaning yana ham boyishi, grammatik qurilishning ichki qonuniyatlar asosida takomillasha borishi bilan bog`liq ravishda davom etadi.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish