LEKSIKOLOGIYA VA SEMASIOLOGIYA
Leksikologiya va semasiologiya haqida tushuncha
Leksikologiya (ot. grek. lexikos so'zga oid va logos — ta'limot) tilning lug'at tarkibini, leksikasini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limidir.Leksikologiyaning o'rganish manbai til bo'lsa, uning o'rganish predmeti til lug'at tarkibining quyidagi aspektlaridir:
a)tilning asosiy birligi sifatidagi so'z muammosi, leksik birliklar tiplari:
b) til lug'at tarkibi strukturasi:
v) lug'aviy birliklarning qo'llanilishi:
g) lug'at tarkibining boyishi va taraqqiyoti:
d)leksik birliklarning tildan tashqaridagi borliq bilan o'zaro munosabati:
So'z umumlingvistik muarnmo bo'libr shu boisdan umumiy so'z nazariyasi doirasida ham o'rganiladi. Leksik birliklar doirasiga nafaqat alohida so'zlar (tugal shakllangan birliklar), balki so'zga teng barqaror birliklar, murakkab, tarkibli so'zlar ham kiritiladi. Lekin so'zlar asosiy lug'aviy birliklar sanaladi.
Shakl va mazmun birligidan iborat so'zlar lisoniy birlik sifatida uch yo'nalishida o'rganiladi:
a)struktur jihatdan (so'zning qurilish xususiyatlari) ;
b)semantik jihatdan (so'zning lug'aviy ma'nosi);
v)funksional jihatdan (so'zning lison va nutq strukturasida tutgan o'rni).
Struktur yondashuvda so'z leksikologik nazariyasining asosiy vazifasi uning alohidaligi va o'ziga xosligi mezonlarini tiklashdir. Birinchi holatda so'z so'z birikmasi bilan qiyoslanib, uning tugal shakllanganlik va alohidalik belgilari ochiladi. So'z nutqdagi analitik shaklining lisoniy asoslari yoritiladi. Ikkinchi holatda so'zning turli grammatik shakllaridan hosil qilingan lisoniy invariantini tiklash xususida so'z boradi, Shu munosabat bilan gramatik shakl olgan leksema — so'zshakl tushunchasi muayyanlashtiriladi. Shuningdek, leksemaning turli nutqiy variantlari — fonetik, morfologik, leksik-semantik variantlari tadqiq qilinadi.
Lug'aviy birliklarning semantik tahlilida, ular (lug'aviy birliklar) leksik semantika — semasiologiya tadqiq manbaiga aylanadi. Bunda so'zning tushuncha (signifikat) va borliqdagi atalmish (denotot)ga munosabati o'rganiladi. Semasiologiya so'zlarning semantik tiplarini bir ma'nolilik va ko'p ma'nolilik, umumiy va xususiy, mavhum va muayyan, keng va tor (giperonim va giponim), bosh va hosila, to'g'ri va ko'chma ma'nolari tadqiq qilinadi. Bunda asosiy e'tibor ko'p ma’noli so'zlarning semantik strukturasiga, so'z ma'nolari tiplari va ularni ajratish mezonlariga, so'z ma'nolarining o'zgarishi va »Uf so'zning ma'nosini yo'qotishi va grammatik formantga — desemantizatsiya hodisasiga qaratiladi.
Funksional yondashuvda so' z lisonning nutqda r eallashuvi rolir shuningdek, boshqa lisoniy sathlar birliklari , ular umumiy ma'nolarining parchalanishiga qo'shgan . Masalan, odamcha so'zshaklida odam leksemasi «kichraytirish — kamsitish» ma'nosini qizcha erkalash» ma'nosidan farqlagan, morfologik sath birligi bo’lgan -ga morfemasining «kichraytirish» UGMsini talab, uning bir parchasini ikkinchi parchasidan ajratgan.
Leksikologiya leksikani til tizimidagi ichki tizim (sistema) Shuningdek, o'zaro ma'noviy umumiylikka ega Lg aviy birliklar yanada kichik, ichki tizimcha sifatida Shu asosda katta va kichik, ichki tizimlarning pog'onali, mini tashkil etuvchilik munosabatlari ochiladi. Masalan, olma nok kabi ho'l meva nomlari bir tizimni tashkil etadi. Sabzavot uomlari boshqa bir tizimni tashkil qiladi. Ular yuqoriroqda yana birlashadi — kichik tizimchalardan tashkil topgan «meva — sabzavot nomlari» tizimini tashkil qiladi va umumlashtirish yuqoriga qarab, fish quyiga qarab davom etaveradi. Uni chizmada quyidagicha erish mumkin: Buni A. Salkalamanidze о'z tadqiqotida quydagicha umumlashtirgan (89 — betdagi chizma).
So'zlarning guruhlari (tizimi) hajm ko'lam jihatidan farqlanishi inkin. Eng kichik lug'aviy guruhlar so'zlarning shakliga (omonim), iuniy zidligicha (antonimlar), teng ma'nolilikka (sinonimlar) asoslanadi.
Leksikologiya nisbatan yirikroq tizim bo'lgan leksik — semantik onlarni ham o'rganadi. Masalan, «shaxs» leksik — semantik oni shaxsni atovchi barcha lug'aviy birliklarni qamrab oladi. Tilning lug'aviy tarkibi bir xil emas. So'zlar turli asoslarga ko'ra э kategoriyalarga ajratiladi. Masalan, qo'llanish darajasiga umumiy iste'mol va chegaralangan (yoki xususiy) leksika, qo’llanish davriga ko'ra eskirgan so'zlar, zamonaviy so'zlar va neologizmlar, qo'llanish doirasiga ko'ra dialektizmlar, professionalizmlar, jargonlar kabi turlarga bo'linadi.
Leksikologiya til lug'at tarkibining boyishini o'rganganda uning 3 tipini ajratadi. Bulardan 2 tasi (yangi so'z yasash, so'zni yangi nianoda qo'llash) ichki boyish imkoniyati bo'lsa, bittasi tashqi (so'z o'zlashtirish) imkoniyatdir.
Lug'aviy birliklarning borliqqa munosabatini o'rganish eksikologiyaning muhim aspektlaridan biri sanaladi. Bunda ularning kishilar hayotiga, amal qilayotgan davrga munosabati ochiladi. Masalan, Sobiq sho'ro tuzumi davrida savdogar so'zida salbiy ottenka to'laan bo'lsa, bugungi kunda ijobiy bo'yoqli so'z sifatida keng iste'mollidir.
Leksikologiyaning urnumiy, xususiy, tarixiy, qiyosiy, nazariy, amaliy leksikologiya kabi turlari ajratiladi.
Umumiy leksikologiya leksikaning qurilish, amal qilish va taraqqiy etishining umumiy qonuniyatlarini ochsa, xususiy lejcsikologiya ma'lum bir tilning lug'at tarkibini o'rganadi.
Tarixiy leksikologiya so'zlarning tarixiy shakliy va ma'noviy holatini, ularning taraqqiyotini tekshiradi.
Qiyosiy leksikologiya qarindosh va qarindosh bo'lmagan leksik birliklarini taqqoslash bilan shug'ullanadi. Masalan, so'zi o'zbek tilida narsalarning yuzaga chiqishini ifodalaydi lining turk tilidagi varianti ma'nosi («kishining o'rnidan turishi» ) anadi (Saat kachda kalkiyursunuz? — Qachon uyqudan turasiz?) qarindosh bo'lmagan o'zbek va rus tillaridagi yabloko (meva) va a (meva va daraxt) leksemalarining lisoniy qiymatlari har xildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |