3. Morfema va qo'shimcha. Morfema leksemadan ajralgan holda o'z mohiyatini namoyon qila olmaydigan, shakl va denotativ bo'lmagan mazmunning birligidan iborat bo'lgan kichik lisoniy birlikdir, Qo'shimcha esa ana shu psixofizik mohiyatning nutqda namoyon bo'lishidir. Morfema ham tashqi (moddiy) va ichki (ma'no, vazifa) jihatlar yaxlitligidan iborat. Atov mustaqilligiga, mustaqil sintaktik mavqega ega bo'lmagan bu birliklar o'zida leksik va grammatik mohiyatlami uyg'unlashtirgan bo'ladi:
a)yangi so'zlar hosil qiladi;
b)so'zlarga qo'shimcha leksik — semantik qiymal beradi.
Наг bir tilga xos birliklar boshqa tillarnikidan o'zaro farqlanadi. Masalan, amorf, agglyutinativ va flektiv tillardagi leksemalar mohiyatan o'ziga xosdir.
4.Qolip va hosila. Lisoniy birliklarning navbatdagi turi qurilma — qoliplardir. Oolip deganda yasama so'z, so'z birikmasi va gaplar hosil qilish sxemalari tushuniladi. Qoliplar ikki xil bo'ladi:
a) so'z yasash qoliplari;
b) sintaktik (so'z birikmasi va gap) qoliplari.
Qoliplar ham boshqa lisoniy birliklar kabi UMIS tabiatli bo'ladi. Masalan, nutqimizdagi cheksiz yasama so'zlar (masalan, (sutchi), (nisholdachi) kabi bitta bevosita kuzatishda berilmagan lisoniy birlik (masalan, [narsa — buyum oti+chi^shu narsa — buyum bilan shug'ullanuvchi kishi] ya'ni so'z yasash qolipining nutqiy hosilalaridir. kitobni o'qimoq nutqiy hosilasi boshqa o'ziga o'xshash cheksiz so'z birikmalari (qog'ozni yirtmoq, uyni sotmoq va h.k.) bilan birgalikda [Ottk.+Fe'l] = vositasiz to'ldiruvchili fe'lli birikma] lisoniy sintaktik qolipidan chiqqan nutqiy hosilalardir.
Qoliplar miqdoran cheklangan bo'lib, masalan, o'zbek tilida so'z birikmasi hosil qilishning 18 ta ustuvor qolipi ajratilgan va nutqimizda ulardan son —sanoqsiz so'z birikmalari hosil qilamiz.
Qoliplar ham boshqa lisoniy birliklar kabi shakl va mazmun yaxlitligidan iborat. Yuqorida keltirilgan qoliplarning tenglikdan chap qismi shakliy, o'ng qismi esa mazmun tomoni deb yuritiladi. Qoliplarning [Sifat+Ot] tarzida mazmuniy tomonsiz berilishi ham xato emas. Chunki, masalan, [ — mi] morfemasi misol sifatida olinganda, uning grammatik ma'nosi, [kitob] leksemasi haqida fikr yuritilganda, har doim uning sememasi ham berilishi [masalan, [ —chi=so'roq, taajjub bildiruvchi morferna], [kitob — varaqlaridan tashkil topgan, muqovalangan, bosma yoki qo'lyozma holdagi o'qish quroli] urf emas. Shu boisdan qoliplar haqida gap ketganda, ularning mazmun tomonini qayd etib o'tirishning hojati yo'q.
Shunday qilib fonema, morfema, leksema va qolip lisoniy birliklar bo'lib, tovush, qo'shimcha, so'z, so'z birikmasi va gaplar nutqiy birliklar sanaladi. Ularning o'zaro munosabati va o'ziga xos belgilariga doir fikrlarni jadvalda quyidagicha xulosalash mumkin:
BORLIQ
TIL
LISON NUTQ
fonema tovush
morfema qo'shimcha
leksema so'z
qolip yasama so'z,
so'z birikmasi, gap
Lisoniy va nutqiy birliklar o'zaro quyidagi dialektik munosabatda bo'ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |