O’zbеkistоn хаlq tа’limi vаzirligi



Download 1,67 Mb.
bet10/145
Sana21.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#31650
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   145
Bog'liq
Она тили ва адаб. УМК

Kitobning varag'i
Uyning eshigi
Salimning savoli
Qog'ozning qalinligi
Ruchkaning qopqog'i
kabi so'z birikmalari alohida — alohida YAHVOlar bo'lib, ular umumiy [qaratqich kelishigidagi mustaqil so'z + egalik shaklidagi mustaqil so'z = qaratuvchi va qaralmishning turli munosabatlari] qolipi — UMISi (biz mustaqil so'z atamasi uchun qulaylik maqsadida tilshunosflar tomonidan qabul qilingan inglizcha word so'zining bosh harfi bo'lgan W shartli belgisidan foydalanamiz: [Wq.k.-We.q.) tarzida) voqelanishlaridir. O'zbek tilida barcha gaplar esa YAHVOlar sifatida [kesimlik qo'shimchalari bilan shakllangan atov birligi], ya'ni[WPm] (bunda W— yuqoridagidek mustaqil so'z, atov birligi, Pm esa kesimlik ko'rsatkichi bo'lib, predikat, marker so'zlarining bosh harflari) UMISining voqelanishidir. (Bu haqda «Hozirgi o'zbek adabiy tili» kursining «Sintaksis» bo'limida batafsil ma'lumol olasiz.)
Shuni esda tutish kerakki, UMIS zot sifatida hech qachon muayyan bir YAHVOda — tajallida to'la —to'kis voqelana olmaydi, unda o'zining ma'lum bir qisminigina yuzaga chiqaradi. Masalan, [WPm] UMISi Men keldim gapida boshqa, Ketadimi? gapida boshqa bir qirrasini narnoyon qilgan. Gapning darak va so'roq belgilari bir butun holda birdaniga voqelana olmaydi. Biroq YAHVO zot, ya'ni UMISdan tashqarida ham bo'la olmaydi. Har qanday sodda gap baribir [WPm] UMISi doirasidan tashqariga chiqa olmaydi. Buni So'fi Olloyor HAQ (UMIS) va sifat (tajalli, YAHVO) munosabati misolida mahorat bilan tasvirlaydi:
Subutidir aning (HAQning) sakkiz sifoti
Sifot zoti emas, na g'ayri zoti
Mazmuhi: HAOning sakkizta sifati barqarordir, biroq ulardan birortasi (o'z —o'zichaf yakka holda) uning zoti (UMIS)ni tashkii eta olmaydi.


TIL, LISON VA NUTQ MUNOSABATI

UMIS (zot) va YAHVO (tajalli) butun dialektikaningf yam butun borliq — tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosiy munosabat qonunlaridan biri bo'lganligi sababli, u har bir fanda o'ziga xos tarzda xususiylashadi. UMISning tildagi tajallisi lison, YAHVOniki esa nutq deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui til deyiladi.


Yuqorida aytilganidek, tilshunoslar uzoq zamonlar davomida tildagi o'rganish manbaining UMIS va YAHVO yoki lisoniy va nutqiy jihatlari ixtilofi (dialektikasi) mohiyatiga yetolmay, cheksiz xususiyliklar doirasida o'ralashib qoldilar.
Tilshunoslikda lisoniy va nutqiy jihatlarni farqlashga intilish ushbu fan bilan tengqurdir. Chunki har qanday fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni ko'rishga intilish bilishning har ikkala bosqichi (fahmiy va idrokiy) da ham mavjud. Shu boisdan aytish mumkinki, bilishning fahmiy bosqichi mutlaq xususiyliklar bilan o'ralashib qolmaganligi kabir idrokiy bosqich ham mutlaq umumiylikni — UMISni tiklay olmaydi. Biroq har bosqich o'z vazifalariga ega. Chunki har bir davr o'z fani oldiga muayyan maqsad va aniq talablarni qo'yadi. «Fanlarning taraqqiyoti shu davrning ilg'or falsafiy fikri, davr uchun yetakchi bo'lgan fan sohalarining yutuqlari
bilan uzviy bog'liq. Turli fanlarning manbalari ko'p qirrali bo'lganligi sababli, davrning yetakchi falsafiy fikri aniq fanlardan o'rganish manbaining qaysi tomonlariga alohida e'tibor berish lozimligini, borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda qay usulda aks ettirish yo'llarini belgilab beradi» (H.Ne'matov). Shu asosda aytish mumkinki, o'zbek tilshunosligining birinchi bosqichi dialektika nuqtai nazaridan tildagi UMIS va YAHVOni bir — biridan farqlamay tasnif etish bosqichidir. Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o'rganish awalo tilshunoslar V. fon Humboldt va F.de Sossyur nomi bilan bog'liq. Lison va nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida inqilobga teng hodisa sifatida baholanadi. Chunki bu hodisa tilshunoslikdagi mavjud qarashlarni tubdan o'zgartirib yubordi. Tilga, xususan, o'zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki yillarida lison o'rnida til atamasi qo'llanilib, u ko'p ma'nolilik tabiatiga ega bo'lganligi sababli, ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. Chunonchi, insonning nutq so'zlash qobiliyati ham, nutqi ham ushbu atama bilan yuritilar edi. Atamalarga esa bir ma'nolilik xos bo'lib, ko'p ma'nolilik ilmiy aniqlikka putur yetkazadi. Shu boisdan nazariyotchi tilshunoslar UMISning tildagi voqelanishiga nisbatan lison atamasini qabul qildilar. Natijada til, lison, nutq munosabati quyidagicha tushunildi:

TIL
3


lison nutq


Yuqorida UMIS va YAHVOning tildagi tajallisi misolida lison va nutqning o'zaro munosabati haqida kirish xarakterida so'z yuritildi. Endi unga batafsil to'xtalinadi.


lison deyijganda ma'lum bir jamiyatning barcha a'zolari uchun awaldan (oldingi avlodlar tomonidan) tayyor holga keltirib qo'yilgan, hamma uchun umumiy va majburiy, fikrni ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan birliklar hamda bu birliklaming o'zaro birikish qonuniyatlari yig'indisi tushuniladi.
Demak, lisonda birliklar va birikish qonuniyatlari farqlanadi. Har qanday lisoniy birlik psixofizik tabiatli bo'ladi. Shu bilan birga ular ikki tomonning bir butunligidan iborat bo'ladi:
a) lisoniy birlikning shakliy, tashqi tomoni;
b) lisoniy birlikning ma'lum bir vazifasi, ma'noviy qiymati. Lisoniy birliklar UMIS sifatida mavjud ekan, u moddiylikdan xoli bo'lmog'i lozim. Bunda «lisoniy birlikning tashqi tomoni» ko'rinishga, rnoddiylikka ishora qilmaydimi, degan savol tug'ilishi tabiiy. To'g'riramz sifatida saqlanadi. Masalan, [a] fonemasining talaffuz xususiyatlari haqida umumlashma tasawur o'zbek tilida so'zlashuvchi barcha jamiyat a'zolari tilida birdir. Bu [a] fonemasining shakli, tashqi tomoni bo'lsa, uning ma'no farqlash, chegaralash tomoni ichki jihati sanaladi. [a] fonemasi xususiyatlari va ma'no farqlashning o'ziga xos birligi, yaxlitligi sifatida ongda mavjud bo'ladi. Har bir fonemaning ma'no farqlash va talaffuz xususiyatlari umumlashmasi o'ziga xos bo'lib, biriniki ikkinchisinikidan farqlanadi va mustaqil fonemaga qo'yilgan talab ularning aynan o'xshash bo'lishiga yo'l qo'ymaydi.
Lisoniy birliklarning bu tashqi va ichki tomonini bir-biridan ajratish uchun ulardan birini rhutlaqlashtirish mumkin emas. Ichki va tashqi tomon bir varaqning ikki betiga o'xshaydi va ularni ajratish mumkin emas. Nutq esa yuqorida ta'riflangan lisoniy so'zlashish qobiliyati asosida ayrim shaxs tomonidan ma'lum bir xabar berish maqsadi uchun ishga solinishi yoki qo'llanishi natijasidir,
Bir-birini shartlovchi, bir-biriga bog'liq bo'lgan «lison - nutq qobiliyati - nutq» zanjirida faqat nutqqina tashqi (moddiy) shaklda (og'zaki, yozma) namoyon bo'ladi va bizning sezgi a'zolarimizga ta'sir qiladi.
F.de Sossyur lison —nutq munosabatini shatranj o'yini qoidalari asosida tushuntirib berishga harakat qilgan.
Shaxmat donalari va har bir donaning yurish qoidasi ongimizdagi lisoniy birliklar va ularning birikish imkoniyatlariga o'xshaydi. O'yinchi• barnisoli so'zlovchi bo'lib, shaxmat o'yinini bilishi esa so'zlovchining nutq qobiliyatiga o'xshaydi. Donalarning harakatlantirilishini nutqqa qiyoslash mumkin. Qiyoslang:
shaxmat — o'ynash qobiliyati — o'yin
lison — nutq qobiliyati — nutq

Shaxmat donalari va ularning yurish imkoniyatlari o'ynovchilarning barchasi uchun umumiy bo'lganligi kabi lisondan foydalanish ham shu tilda so'zlashuvchilar uchun tengdir.


Lison va shatranj qurilmalari o'zaro qiyoslanadigan bo'lsa, awalo, ularning birliklari orasida umumiy o'xshashliklar borligini ta'kidlash lozim. Har ikkala qurilma ham birliklar sistemasi (tizimi) va bu birliklarning o'ziga xos vazifalari bilan ish ko'radi. Bunda ma'lum qoida va qonunlarga tayaniladi. Har ikkala holatning ham ishtirokchilari insonlar bo'lib, ular har ikkala faoliyatda ham ma'lum bir imkoniyatlarni ishga soluvchilardir. Shu boisdan shaxmat taxtasi, uning donalari shaxmat o'yinming tashqi, moddiy tomonini lisoniy birliklarning tashqi tomoniga, shaxmat o'yini qoidalari — donalarining joylashuvi, harakat qoidalari, ya'ni shatranj o'yinining ichki tomoni haqidagi tasavvurlarni lisoniy birliklarning mazmun mundarijasiga qiyoslash mumkin.
Лисон ва нутқ муносабатига диалектик, диалектика категориялари нуқтаи назаридан ёндашилганида, у ҳақидаги тасаввур ва билимларимиз тўлақонли бўлади.
Лисон ва нутқ munosabatiga dialektikaning umumiylik va va hodisa, imkoniyat va voqelik sabab va oqibat yondashilsa, masala yanada ravshanlashadi:
BORLIQ

TIL




Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish