Xotira haqida tushuncha



Download 31,06 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi31,06 Kb.
#192666
Bog'liq
kasb


MAVZU:Xotira va kasbiy maslahot. 

REJA:

1. Xotira haqida tushuncha.

2. Xotiraning nerv fiziologik asoslari.

3. Xotira turlari.

4. Xotira jarayonlari.

5. Xotiraning individual farqlari.

6. Xotira tasavvurlari.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

XOTIRA HAQIDA TUSHUNCHA


Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin egallaydi. Bu yo’nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta’sirida shakllantiradi. Kishi o’zining shu faoliyati uchun muhim bo’lgan voqiya hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun ham ahamiyatga ega bo’lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu o’rinda xotira borasidagi ta’riflarga qaytsak, ularni ko’pgina adabiyotlarda xotira tushunchasiga nisbatan «Indvidning o’z tajribasida esda olib qolishi esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin mazkur ta’riflarni tahlil qilgan professor E.O’ziyev tomonidan quyidagicha ta’rif beriladi. «Xotira atrof-muhitdagi voqiylik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda , verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash , qayta esga tushirish, unutish hamda tanish xissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik faoliyatdir».

Shuni ta’kidlash joizki, kelitirilgan mazkur ta’rif xotiraning murakkab keng qamrovli jihatlarini to’la ta’kidlash imkoniyatiga ega.Shaxsning yo’nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta’sir ko’rsatadi, ya’ni yaxshi esda olib qolishni ta’minlaydi. Biz ko’pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz bu xotirani yomonligini emas balki ularga qiziqish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilar hamma fanlarni bir xil o’zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklarini emas, balki o’qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emosional munosabati ham katta ta’sir ko’rsatadi. Kishi uchun yaqqol xayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldirib puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta’sirlansak, o’sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog’liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o’zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga uning aqliy saviyasiga bilimiga o’quviga fikrlash qobiliyatiga, ko’nikmaa va odatlariga ham bog’liqdir. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shaxs o’z oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari asosida o’zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi.

Xotira sohasida quyidagi aso siy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma’lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya’ni shaxsiy tajribani turlash bilan bog’liqdir. To’plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma’lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi.

XOTIRANING NERV FIZIOLOGIK ASOSLARI

Esda olib qolish nerv tizimining miya egiluvchan, ya’ni o’zgaruvchanlik qo’zg’atuvchilar ta’sirida o’zida go’yo bir iz tarzda qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, uning darajasi har xil bo’ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli faoliyatga to’g`ridan–to’g`ri bog’liq ravishda rivojlanadi. Atrofni o’rab olgan borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha pasayishiga xotira samarasining susayishiga ba’zi paytda odamning toliqishi sabab bo’ladi. Dam oldgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh o’tishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari gapirganlari esdan chiqib o’sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining ko’rsatkichi bosh miya po’stlog’ida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga kelishi davomli saqlanishi va ularning tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi. Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarini hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir. Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqyea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. Bu o’rinda akademik I.P.Pavlovning quyidagi so’zlari juda xarakterlidir. «Muvaqqat nerv bog’lanishlari – deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o’zimizda ham bo’ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli tuman harakat taassurotyo bo’lmasa harflar, so’zlar va fikrlar o’rtasida paydo bo’ladigan bog’lanishlardiki, bu bog’lanishlarni psixologlar abssosiasiya deb ataydilar».

Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o’rtasida ma’lum o’xshashlik o’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi hosil bo’ladi. Hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o’rtasida qarama qarshi belgilar va xususiyatlar bo’lsa, bunday narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyasi yuz beradi. masalan yosh-qish, issiq-sovuq kabi narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyalari hosil bo’ladi.Shunday qilib xotiralarning nerv-fizologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assosiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin odam esda olib qolish paytida assosiasiyalarni hosil bo’lganligini mutaqo sezmaydi. Har xil assosiasiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalk biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi.

Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo’lish shakillari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko’rinishga egadirlar. Odatda xotiraning turlariga va ularning muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib uning tavsifnomasini esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, eslash singari jarayonlarning amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga bog’liqligi olinadi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turlari turlicha klassifikasiya qilinadi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida quyidagi klassifikasiya uchraydi:

Faoliyatda ko’proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab: harakat, emosional, obrazli va so’z mantiq xotira.

Faoliyatning maqsadlariga ko’ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira.

Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko’ra qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira.

Harakat xotirasi – inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko’rinishlari ustunlik qilishi kuzatiladi. Masalan, harakat hissiyot, idrok, aql-zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko’rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o’z ifodasini topib harakatlarda,hissiy kechinmalarda , tuyg’ularda, obrazlarda, timsollarda, fikr va mulohazalarda aks etadi.

His – tuyg’u yoki hissiyot xotira. Bu xotira xis-tuyg’ular ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turishi imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi.

Obrazli xotira. Obrazli xotira tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, ta’mlar ranglar shakllar bilan bog’liq bo’lgan xotira nuridir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni binobarin narsa xodisalarning aniq obrazlarini ularning xususiyatlari, va bog’lanishlari esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tuqilganida esga tushirishdan idorat xotira turiga aytiladi. So’z, mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ularni irodalash faqat o’zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma’nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so’zma-so’z ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo’lishi mumkin. Agar ma’lumot, axborot xabar material ma’no jihatidan qayta ishlanmasa u holda materialni so’zma-so’z o’zlashtirish, mantiqiy o’rganish bo’lmasdan, balki aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.

Ixtiyotiy xotira deganda ma’lum maqsadni ro’yobg chiqarish uchun muayyan davrlarda, aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirishdan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi. Ko’pincha psixologiya fanida ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qo’yiladi. Bu jarayon ma’lum kerakli topshiriq yoki vazifa qo’ysa esda olib qolishga yetaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan taqdirda yuzaga keladi. Biz matematika topshiriqlarni yechayotganimizda masaladagi sonlarni esda olib qolishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz. Mazkur so’z mantiq holatda asosiy maqsad faqat masala yechishga qaratiladi. Buning natijasida sonlarni esda saqlashga, hyech qanday o’rin ham qolmaydi. Shunga qaramay biz ularni qisqa muddat bo’lsada esda saqlashga intilamiz. Bu holat faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi.

Operativ xotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi lenilek holat operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyon qilish uchun ushbu misol keltiriladi. Matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz biz uni muayyan bo’laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo’yamiz. Shu boisdan oraliq natijalarni yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi.

XOTIRA JARAYONLARI.

Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarini miya po’stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po’stida muvaqqat nerv bog’lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o’zining o’zining faolligi jihatidan ikkiga bo’linadi:

a) ixtiyoriy esda qoldirish;

b) ixtiyorsiz esda qoldirish.

Ixtiyorsiz esda qoldirish oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. O’zining go’zalligi, hissiy ta’sirchanligi hajmini, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi.

Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo’yib mavzu belgilanadi. Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:



  • maqsad qo’yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;

  • o’quv materiallarini tushunib esda qoldirish;

  • esda qoldirishning rasional usullaridan foydalanishi, masalan, esga tushirish yo’li bilan esda qoldirish.

Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rol o’ynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bog’liq narsa va hodisalar beixtiyor oson qoladi. Biz ba’zi bir faktlarni bilsak, ular haqida tushuncha bo’lsa, shu faktlarga tegishli bo’lgan hamma narsalar oson esda qoladi.

Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, undan ortiqcha harakat talab qilmagan holda uning hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi. Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez bo’lsa ham ko’pincha noaniq bo’ladi, bunday esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi.

Ixtiyoriy esda qoldirish ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o’zining kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma’noli esda saqlash bilan qo’llanilishi foydalidir.

Esga tushirish va uning turlari.

O’tmishda idrok qilingan narsalarning his-tuyg’u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning ners fiziologik asoslari bosh miya po’stida ilgari hosil bo’lgan nerv bog’lanishlarning qo’zg’alishidir. Esga tushurishning tanish eslash bevosita eslash oradan ma’lum vaqt o’tkazib eslash ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud. Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarning takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisaning esga tushirishidir. Tanish aniq va noaniq bo’lishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz xolos. Masalan, bir odam ko’zimizga issiq ko’rinadi, lekin uni qayerda kurganimizni eslay qolmaymiz. To’liq aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol o’ynaydi. Masalan, biz bir kishining ko’rib uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz.

Esda saqlash deyilganda ilgari tuqilgan taassurot fikr, his-tuyЂu va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushiniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. Shuning uchun asab tizimi ilgari bo’lib o’tgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit bo’lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo’lmagan zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi. Shunday qilib esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qoli zarur bo’lgan narsani shu onda esga tushira olmaymiz. G.Ebbingauz unitishning vaqtga bog’liqligin tajriba orqali aniqlangan. To’plangan natijalarning ko’rsatishicha materialni yod olgandan so’ng unitish sur’ati tez keyinchalik u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma’nosiz ayrim bo’Ђinlarni unitish ustida olib borgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning ko’rsatishiga qaraganda o’rganilgan narsalar bir soatdan keyin unitiladi. Materialni o’zlashtirish jarayoni maboynida xotirlash natijasida unitish sekinlashib boradi. Muvaqqat asab boЂlanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bo’lgan narsa va hodisalarning o’zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo’qolib boradi. Vaqtning o’tishi bilan birmuncha unitilib ketilayotgan vaqtni, boЂlanishlarni ya’ni assosiasiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti-harakatlarni talab qiladi.

Unitishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari proporsional xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning mustahkamligi o’zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega yoki ega emasligiga bog’liqlikdan tashqari yana bir nechta omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi va uning faoliyat mazmuniga aylanishiga ham bog’liq. Shuningdek, ular kimning shaxsiy , yakkahol xususiyatlariga ham bevosita bog’liqdir.

XOTIRADA INDIVIDUAL FARQLAR

Xotira jarayonlaridagi individual farqlar esda qoldirishning tezigida, aniqligida, mustahkamligida va qayta esga tushurishdagi tayerligida ifodalanadi. Bu farqlar malum darajada nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari bilan qo’zg’alishi va tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligi bilan bog’liqdir, individual farqlar yana shunday hollarda namoyon bo’ladiki, har xil odamlar obrazli mateiallarni, rang tasvir, narsa tovushlarni samarali va mustahkam esda olib qoladilar.

Boshqa bir odamlar o’z so’zlarni yaxshi eslab qoladilar. Uchinchi bir toifa odamlarda esa malum bir materialni esda olib qolishida yaqqol ustunlik sezilmaydi. Psixologiyada xotiraning quyidagi tiplari farqlanadi: ko’rgazmali obrazli xotira, so’z mantiqiy xotira va oraliq tipdagi xotira. Masalan ko’rgazmali obrazli xotira tipi ko’proq rassomlarda, so’z mantiqiy tipi nazariyachi olimlarda uchraydi. Bundan tashqari xotiralash va esda qoldirish jarayonlari analizatorlarning qatnashishiga qarab, xotira quyidagi tiplarga ajraladi:

a) ko’rish;

b) eshitish;

v) harakat;

g) aralash xotira.

Bir xil kishilar ko’rish orqali, ikkinchi xillari eshitish orqali, uchinchi xillari harakat yordamida , to’rtinchi xillari esda qoldirishning birga qo’shilgan usulida yaxshi esda qoldiradilar. Xotiraning aralash tiplari eng ko’p tarqalgan.

Xotiraning individual farqlari kishi faoliyatining xususiyatiga bog’liqdir. Esda olib qolish va unutish tezligiga ko’ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud:

1) tez esda qoldirib sekin unitish;

2) tez esda qoldirib tez unitish;

3) sekin esda qoldirib sekin unitish;

4) sekin esda qoldirib tez unutish;

XOTIRA TASAVVURLARI

Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarning ongimizda qaytadan gavdalanishiga xotira tasavvurlari deyiladi.Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasavvur obrazlari orqali amalga oshiriladi. Xotira va xayol tasavvurlari bir-biridan farq qiladi. Xotira tasavvurlari ilgari idrok qilingan ammo hozir ko’z o’ngimizda bo’lmagan narsalarning obrazlarini ongimizda gavdalanishdan iborat. Masalan, yoshlik vaqtimizdagi hodisalarni eslashimiz, ongimizda qayta tiklashimiz xotira tasavvurlari bo’ladi. Xayoliy tasavvur xotira tasavvuriga qaraganda murakkab bo’lib ongimizdagi bilimlar tajribalarimiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shu paytgacha uchramagan narsalarning obrazlarini yaratishdan iboratdir. Xayoliy tasavvur ijod qilish bilan bog’liq.

Masalan: Ertaklar, romanlar umuman biror asarni o’qiyotganimizda undagi qahramonlarning ko’z o’ngimizda gavdalanishi xayoliy tasavvurdir.

Tasavvurlar paydo qilishda so’zning ahamiyati katta. So’z bilan nomlashi tegishli obrazning yaratishiga yordam beradi. Masalan: «ildiz» «o’t» so’zlarining to’rt kishiga berib qanday tasavvur qilishlarini so’rasak ularning tasavvurlari bir-biridan farq qilishini ko’ramiz chunki, har bir kishi tajribasiga ko’ra, kasbiga ko’ra tushunadi. Masalan: matematik ildizni algebra belgisi deb, botanik o’simlik qismini uning ildizini, tish doktori esa tish ildizini tushinadi. Tasavvur qilishning fiziologik asosi shartli reflekslarning hosil bo’lishida bosh miya po’stida paydo bo’lgan izlarning jonlanishidir. Tasavvur birorta tutki tasirida jonlanadi, masalan, biror odam haqida tasavvurlarning tuqilishi uchun birorta so’z yoki hodisa turtki bo’ladi. Asosan maxsus qo’zg’ovchi so’zdir, shuning uchun so’z bilan tasvirlash orqali tasavvurlar tuqiladi.

Kasb xodimlari faoliyatida «kasbiy xotira - xodimning ilgari idrok etib amalga oshirgan, boshidan kechirgan, tezkor xizmat faoliyatiga aloqador va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma‘lumotlarni eslab qolish, esda saqlash va keyinchalik yana xotirada qayta tiklash xususiyatlarini ifodalovchi xislat» . Kasb xodimlaridan faoliyatini tashkil etishda xotiraning muvaffaqiyatga erishtiruvchi asosiy jarayonlarini bilish talab etiladi. Xotirada axborotni eslab qolish, keyin esga tushirish jarayoni subyekt faoliyatida katta ahamiyat kasb 166 etadi va bu axborotdan qanday maqsadda foydalanishga bog’liq. Faoliyatning maqsadi bilan bevosita bog’liq material ko’proq esda qoladi, u hatto astoydil esda saqlash jarayonidan ham kuchli bo’ladi. Shuni ta‘kidlash joizki, esda saqlash jarayonida his-tuyg’ularning ham ta‘siri kuchli bo’ladi. Kuchli hissiyot ta‘sirida axborot esda yaxshi saqlanadi. Voqea-hodisalar his-tuyg’ularni qo’zg’atsa (ya‘ni kechirilgan hissiyotlarning qayta-qayta qo’zg’alishi natijasida), fikr yuritish qobiliyati yoki aqliy faoliyat yanada faollashadi. «Shaxs ongidagi qabul qilingan yoki qabul qilinmagan axborotlar ko’p hollarda ahamiyatga ega bo’lmay qolganda turli muddat ichida yoddan ko’tarilishi kuzatilgan. Bu holat axborotning shaxs faoliyatidagi ahamiyati bilan emas, balki hayoti yoki faoliyatida vujudga kelgan yangi sharoitlar, o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lib, uning birlamchi ahamiyatini susaytirib yuborishi mumkin»



Foydalanilgan adabiyotlar


Nishonova Z.T. Psixodiagnostika. Darslik. Toshkent: 2008. – 238 b.


http://www. psixologiya.ru


http://www. psixologiya.uz


www. tdpu. uz


www.Ziyonet. Uz




w.w.w.google.uz
Download 31,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish