Tez kaltakesakcha - Eremias velox (Pallas, 1771)
Maqomi: Ko‘p sonli va keng tarqalgan tur.
Tarqalishi: Ustyurt, Orol dengizi, Nukus va uning atroflari, Xorazm vohasi,Qizilqum, Zarafshon vodiysi, Mirzacho‘l, Farg‘ona vodiysi, Toshkent vohasi,Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi.
Yashash joylari: Adirlar , ko‘chib yuruvchi qumlar, o‘zlashtirilga erlar, paxta va boshqa ekin maydonlaricchekkalari va to‘qayzorlarda kuzatiladi.
Biologiyasi: Adirlarda kichik qo‘shoyoq, qizil dumli qumsichqon, qumliklarda katta qumsichqonlarning inlaridan himoyalanish maqsadida foydalaniladi. Yumshoq tuproqli erlarda o‘zi in qaziydi. Butalar ildizining chirmashib ketgan joylari, o‘tlar yig‘ilib qolgan uyumlar vaqtinchalik in sifatida xizmat qiladi. Janubiy hududlarda fevralda qishki uyqudan uyg‘onib er yuzasiga chiqadi, martning o‘rtalari va ikkinchi yarmida yoppasiga chiqadi. Boshqa hududlarda mart-aprelning birinchi yarmida sekinlik bilan paydo bo‘ladi. Yoshlari bir oy va undan ham ko‘proq vaqt kechikib qishlashdan uyg‘onadi. Kunning o‘rtalarida havo harorati ko‘tarilgandan so‘ng faol harakatga o‘tadi. Yoz oylarining ertalabki va kechki soatlarida faol hayot kechiradi. Lekin kunning issiq paytida ham faolligini buta soyasi ostida ozuqa qidirishida kuzatish mumkin. Sentabroktabr oylarida butun kun bo‘yi er ustida hayot kechiradi. Oktabrning oxiri noyabrning boshlarida qishki uyquga ketadi. Aprelning oxiri-mayda juftlashadi, bu jarayon iyulda ham davom etadi. Juftlashish davrida erkagi ancha agressiv harakatda bo‘ladi. Yil davomida bir necha marta tuxum qo‘yadi. To‘liq tuxumlarining minimum soni 2-3, maksimum 5-6 ga etadi. Birinchi tuxum qo‘yish may-iyun oylarida, ikkinchisi-iyun-iyulda kuzatilib, avgustda ham davom etadi. Iyul oyining boshlaridan boshlab tabiatda yoshlarini ko‘rish mumkin. Tuxumdan chiqqan kaltakesakchalar tanasining uzunligi 25 mm, og‘irligi 0,33 g ni tashkil etadi. Tez kaltakesakcha asosan hasharotlar bilan oziqlanadi. Ozuqasining asosiy komponentlari to‘g‘riqanotlilar, qattiqqanotlilar va pardaqanotlilar hisoblanadi. Hashsarotlarning tarkibiy va miqdoriy nisbati mavsumiy o‘zgarib turishi tabiiydir. Aprelning boshlaridan tullashga kirishadi, yoppasiga tullash aprel-may, sentabr oylarida o‘tadi va oktabrning oxirigacha davom etadi. Sudralib yuruvchilardan o‘qilon, sharq bo‘g‘ma iloni, naqshdor, rang-barang, qizil yo`lli, ko‘ndalang yo`lli chipor ilonlar, kapcha ilon (kobra), ko‘lvor ilon, charx ilon, echkemar, qushlardan sor, ko‘k qarg‘a, sutemizuvchilardan tipratikanlar tez kaltakesakchaning tabiiy dushmanlari hisoblanadi. Bu turda kannibalizmga moyillik borligi qayd etilgan.Oila. Echkemarlar- Varanidae. O‘zbekistonda 1 turi uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |