Bo‘z echkemar- Varanus griseus (Daudin, 1803)
Maqomi: Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan tur toifasi bilan O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”ga kiritilgan. Sitesning I-ilovastarkibiga kirgan.
Tarqalishi: Janubiy Orolbo‘yi, Qizilqum, Qarshi cho‘li, Sirdaryoning o‘rta oqimi, Farg‘ona vodiysi tekisliklarida uchraydi.
Yashash joylari: Cho‘lning qumli va tuproqli erlari, tog‘larning pastki qism teksiliklarida va daryo vohalarida kuzatiladi.
Biologiyasi: XX asrning 70-yillarida lokal populyattsiyalarda har gektariga 3-6 echkemar hisobga olingan. 1990-yillarning boshlarida O‘zbekistonda umumiy soni 45 mingga, alohida farg‘ona populyasiyasi soni esa 200 ga yaqin bo‘lgan. Hozirda aksariyat yashash joylarida yo`q bo‘lib ketgan, qolganlarida esjuda kam sonli hisoblanadi. Mustahkamlangan qumlarda o‘z inining chuqurligi 4-5 m, bo‘z tuproqlarda 2 m ga etadi. Undan tashqari katta va tushki qumsichqonlarning inlarini kirish yo`laklarini kengaytirib va tulkilar tashlab ketgan inlarini band qilib jon saqlaydi va o‘sha erda qishlaydi. Janubiy hududlarda martning ikkinchi dekadasi qishki uyqudan keyin er yuzasiga chiqadi, keyin soatlab quyosh nuri ostida yotadi. Shunday qilib, bir necha kundan so‘ng ozuqa qidirishga tushadi. Aprel-oktyabrda faol hayot kechiradi. Aprel-may oylarida butun kudavomida faol harakat qiladi. Iyun oyida ko‘proq ertalab va kechki paytlarda faolligi oshadi. Iyulda kam harakatchan bo‘ladi. Avgustda soni kamayib, bir muncha kam uchraydi. May-iyun oylarida juftlashadi. Iyun-iyulda 6-20 va undan ortiq tuxum qo‘yadi. Urg‘ochisi 10 kun davomida 28 tagacha tuxum qo‘yganligi ma’lum. Tuxumdan chiqqan bolalari er yuzasiga bir qishlovdan so‘ng chiqadi. Yoshlari 3 yoshdan oshganda jinsiy voyaga etadi. Hasharotlar, falanga, sudralib yuruvchilardan o‘rtacha kaltakesakcha, yosh toshbaqa, qushlar va ularning tuxumlari, mayda sutemizuvchilardan-qumsichqonlar, ko‘rsichqonlar bilan oziqlanadi. Echkemar oshqozonidan quyoncha ham topilgan. Cho‘l zonalarida qo‘riq erlarning o‘zlashtirilishi, ayniqsa shudgorlash va sug‘orish yashash joylarining qisqarishiga, inson tomonidan ta’qib qilinishi, yo`llarda avtotransport vositalaridan nobud bo‘lishi sonining kamayishiga olib keladigan omillar qatoriga kiradi. Dalvarzin, Mirzacho‘llarning o‘zlashtirilishi tufayli u erlarda echkemar butunlay qirilib ketdi. Hozirgi vaqtda Farg‘ona vodiysida qariyib yo`qola borgan.Avtotransport g‘ildiraklari ostida halokatga uchragan echkemarlar tulki, tipratikan, jo‘rchi kabi umurtqali hayvonlarga bir kun ozuqa bo‘lib xizmat qiladi. Bu turda kannibalizm xususiyati borligi qayd etilgan. Echkemar Qizilqum, Nurota qo‘riqxonalari va Quyi Amudaryo rezervatida muhofazaga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |