Konstitutsiya – (lotincha “constutio” – tuzilish, tartib) – Davlatning asosiy qonuni. Ma’lumki , har bir davlatda, uning ichki va tashqi hayotini tartibga solish uchun, davlat mexanizmi rejali ishlab turishini ta’minlash maqsadida yuzlab turli qonunlar ishlab chiqiladi. Ammo, bu qabul qilingan qonunlar va qonun osti aktlari davlat hayotining ayrim sohalariga tegishlidir. Bu qonunlarning barchasini bir maqsad, bir g‘oya va bir tartibga bo‘ysundiradigan yagona umumdavlat asosiy qonun kerak, anu shu muhim qonun Konstitutsiya deyiladi. Konstitutsiya barcha boshqa qonunlar, qarorlar, ko‘rsatmalar va yechimlardan yuqori turadi, ularga nisbatan eng Oliy manbadir. Konstitutsiya davlatdagi tartib-qoidalarining huquqiy asosidir. Konstitutsiya aksariyat davlatlarda oldindan tayyorlanib, yozilib muhokamadan so‘ng qabul qilinadi. Tarixda birinchi Konstitutsiya 1778 yilda AQShda qabul qilingan va hozirgacha u kuchda. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |